KU_19 Suyunov Shoxruh
OʻzMU Iqtisodiyot fakulteti 5231700-Kadrlar menejmenti 2-bosqich talabalari uchun “Makroiqtisodiyot” fanidan yakuniy nazorat savollari
10-variant
1.Pul tushunchasi, uning funksiyalari. Pul agregatlari
2.Qayd etilgan valyuta kursi sharoitida pul-kredit va fiskal siyosat
3.Ochiq iqtisodiyotda isteʼmol funksiyasi quyidagi koʻrinishga ega: C = 300 + 0,65Yd, investitsiya funksiyasi I = 200 – 1500r, soliqlar T = 200, davlat xarajatlari G = 200, pulga talab funksiyasi M = (0,5Y – 2000r) P, pul taklifi M = 550, narxlar darajasi P =1, sof eksport funksiyasi Xn = 100 – 0,05Y – 500r. IS va LM egrilar tenglamasi, shuningdek, Y daromad va R foiz stavkasining muvozanat qiymatini aniqlang.
1-savol
Pul – bu umumiy ekvivalent sifatida qoʼllaniladigan universal tovarning alohida turi boʼlib, boshqa barcha tovarlarning qiymati u orqali ifodalanadi.
Pul ayirboshlash, toʼlov, qiymatni oʼlchash, boylikni toʼplash vositasi, jahon pullari funktsiyalarini bajaradigan noyob tovardir.
Universal hisob-kitob ekvivalentiga boʼlgan ehtiyoj eramizdan oldingi VIII asrdayoq kafolatlangan vaznli va tarkibli standartlashtirilgan pullarning paydo boʼlishiga olib keldi.
Qogʼoz pullar - toʼlaqonli pullarni taqdim etuvchi pul belgilaridir. Tarixiy jihatdan qogʼoz pullar metall pullar muomalasi asosida kelib chiqqan. Ilk qogʼoz pullar eramizning XII asrida Xitoyda, Yevropa va Аmerikada esa – faqat XVII-XVIII asrlarda paydo boʼldi.
Kredit pullar Xoʼjalik yuritish amaliyotida tovar munosabatlari umumiy tus olgan sharoitda tijorat va bank krediti qoʼllanilishining kengayishi shunga olib keldiki, oʼz funktsiyalari, muomala sohasi, kafolatlari kabilarga koʼra oddiy pullardan farq qiladigan va mutlaqo boshqacha qoidalar bilan boshqariladigan kredit pullar umumiy tovar boʼlib qoladi.
Kredit pullari evolyutsiyasi: veksel, banknota, elektron pullar, kredit kartochkalari.
Veksel - qarzdorning yozma majburiyati (oddiy veksel) yoki kreditorning qarzdorga vekselda yozilgan summani muayyan muddatdan keyin toʻlash toʻgʻrisidagi buyrugʻi (oʻtkazma veksel – tratta).
Banknota – . bu qarz majburiyatidir. Hozirgi vaqtda banknota Markaziy bank tomonidan veksellarni qayta hisoblash, turli kredit tashkilotlari va davlatni kreditlash yoʻli bilan chiqariladi.
Elektron pullar–bu banklarning kompyuteri xotirasidagi hisobvaraqlardagi pullar boʻlib, ularning tasarruf qilinishi maxsus elektron qurilma yordamida amalga oshiriladi
Do'stlaringiz bilan baham: |