13.3. -rasm. Jamg`arish normasiningning iqtisodiy muvozanatga ta‘siri.51 Boshlang`ich holatda iqtisodiyot kapitalning barqaror zahirasi k*1 ga ega bo`lib, investitsiyalar amortizatsiyaga teng edi. Jamg`arish normasi oshganidan so`ng investitsiyalar (I‘1 - I1) miqdorga o`sdi, kapital zahirasi (k*1) va amortizatsiya (dk1) esa o`zgarmasdan qoldi. Bunday sharoitda investitsiyalar kapitalning chiqib ketishi (amortizatsiya)dan ortiqlik qiladi va kapital zahirasining yangi muvozanat darajasi (k*2) ga qadar o`sishini keltirib chiqaradi. k*2 esa fond bilan qurollanganlik va mehnat unumdorligining yuqoriroq darajalari bilan xarakterlanadi.
Solou modeli jamg`arish normasi kapital bilan qurollanganlikning barqaror darajasiga erishishning o`ta muhim omili ekanligini ko`rsatadi.
Jamg`arish normasining o`sishi investitsiyalar hajmining oshishini keltirib chiqaradi. Bu esa asosiy kapital miqdorining ortishiga, o`z navbatida kapital bilan qurollanganlik darajasining (k) ko`tarilishiorqali , pirovard natijaga, ya‘ni esa ishlab chiqarish hajmining (Y) ko`payishiga olib keladi.
Shunday qilib, jamg`arish normasining oshishi barqaror muvozanat sharoitida yuqoriroq ishlab chiqarish va kapital zahirasi darajasiga erishish imkonini beradi. Ammo jamg`arish normasining ortishi qisqa muddatdli davrda, iqtisodiyot yangi barqaror muvozanat nuqtasiga etgunga qadar , iqtisodiy o`sishni jadallashishiga olib keladi.
Jamg`arish jarayoni ham, jamg`arish normasining oshishi ham barqaror muvozanat holatida aholi jon boshiga ishlab chiqarish hajmining uzluksiz o`sishi mexanizmini tushuntirish uchun etarli emas. Ular muvozanatning bir holatidan ikkinchi holatiga o`tilishini ko`rsatadi xolos.
Solou modelini keyingi rivojlantirilishida navbat bilan ikki shart olib tashlanadi:
aholi soni va uning ish bilan band qismi sonining o`zgarmasligi hamda texnik taraqqiyotning mavjud emasligi.
Aholi doimiy (n) sur‘at bilan o`sadi deb tasavvur qilamiz. Ishchilar sonining ko`payishi boshqa teng sharoitlarda mehnatning kapital bilan qurollanishi darajasining qisqarishiga olib kelishi mumkin. Natijada, bir ishchiga to`g`ri keladigan kapital zahirasi o`zgarishini ko`rsatuvchi tenglama quyidagi ko`rinishga ega bo`ladi:
Δk=I-dk-nk yoki Δk=I-(d+n)k
Mehnatning kapital bilan qurolanganligi pasayishi tufayli uni oldingi darajada saqlab turish uchun investitsiyalarning kapital chiqib ketishini qoplaydigan hajmi zarur. Kapital jamg`arish normasi yuqori bo`lmasa kapitalning chiqib ketishi, aholi sonining o`sishi tufayli kapital bilan qurollanganlik darajasi o`zgarmasdan qolishi yoki pasayib ketishi mumkin.