VII. Fan bo`yicha kurs ishi (loyihasi) Zamonaviy iqtisodchi keng qamrovli bilimlarga ega bo’lishi, nazariy bilimlarni amaliy vazifalar bilan bog’lay olishi lozim. Bu maqsadga erishish talabadan o’z ustida tinmay ishlashni, nazariy va amaliy bilimlarini doimiy ravishda boyitib borishi uchun mazkur fandan kurs ishini bajarish talab etiladi.
Kurs ishida talabaning oliy o’quv yurtida tahsil olishi davomida to’plagan nazariy va amaliy bilimlari yuzaga chiqadi, talabaning nazariy bilimlar bilan qurollanish darajasi, malaka va ko’nikmasi ilmiy-ishlab chiqarish vazifalarini yechishga qay darajada qo’llay olishi orqali namoyon bo’ladi.
Kurs ishida aniq bir amaliy vazifani yechish vazifasi qo’yilishi muhimdir. Tadqiqot obyekti sifatida muayyan bir bozor obyekti yoki firmalar olinishi mumkin. Kurs ishida bir yoki bir-biri bilan bog’langan bir nechta masalalarni nazariy va amaliy chuqur tahlil etilishi talabaning muammoni mustaqil anglay bilishiga va sababiy bog’liqlikda mantiqiy xulosalar yasay olish mahoratining shakllanishiga olib keladi.
Kurs ishlari muvaffaqiyatini aniqlaydigan muhim va mas’uliyatli vazifalardan biri – tadqiqot mavzusini tanlashdir. Mavzularga qo’yiladigan umumiy talab – ularning dolzarbligi, ishlab chiqarish ehtiyojlari va muammolari bilan bog’liqligidir. Ular hozirgi zamon talablari va qishloq xo’jaligini rivojlanish tendensiyalari istiqbollaridan kelib chiqishi zarur.
Kurs ish mavzusi keng qamrovli nazariy va amaliy xususiyatga ega bo’lishi va obyekt to’g’risida eng muhim vazifalarini qamrab olishi va ilmiy yo’nalishida taxlil qilinishini nazarda tutishi lozim. Kurs ish mavzusi muammoning zamonaviy holatini va iqtisodiyot, biznes, ishlab chiqarish, ijtimoiy sohalar, fan, ta’lim va madaniyatning istiqboliy rivojlanishini aks ettirishi kerak.
Kurs ishini bajarish quyidagi bosqichlardan tashkil topadi:
1. Kurs ishi mavzusini tanlash. Kurs ishlari muvaffaqiyatini aniqlaydigan muhim va mas’uliyatli vazifalardan biri – tadqiqot mavzusini tanlashdir. Mavzularga qo’yiladigan umumiy talab – ularning dolzarbligi, ishlab chiqarish ehtiyojlari va muammolari bilan bog’liqligidir. Ular hozirgi zamon talablari va mamlakat iqtisodiyotining rivojlanish tendensiyalari istiqbollaridan kelib chiqishi zarur.
2. Mavzuga doir bibliografiya va me’yoriy, qonuniy xujjatlar, yo’riqnomalar yig’ish.
3. Kurs ishining rejasini tuzish.
4. Kurs ishiga rahbarlik qiluvchi professor-o’qituvchi bilan ishlab chiqilgan rejani kelishish.
5. Kurs ishini belgilangan talablarga mos ravishda rasmiylashtirish.
6. Kurs ishini himoyaga tayyorlash.
Kurs ishining namunaviy mavzulari
Makroiqtisodiyotning fan sifatida shakllanishi va rivojlanishi
Asosiy makroiqtisodiy modellarning qiyosiy tahlili
Iqtisodiy tizimda xufya iqtisodiyotning o`rni va funksiyalari
Milliy hisoblar tizimida YaIM ko`rsatkichini hisoblash shartlari va usullari
O`zbekiston Respublikasining makroiqtisodiy ko`rsatkichlar tahlili
O`zbekiston respublikasida mehnat bozorining shakllanishi va ishsizlikning o`ziga xos xususiyatlari
Inflatsiyaning mohiyati va kelib chiqish sabablari
Inflatsiyaga qarshi siyosat
Inflatsiya jarayonlarining tahlili
Fillips egri chizig`i. Modelning zamonaviy talqini
Iste’mol va jamg`arish funksiyalari
Ratsional kutish nazariyasi
Investitsiya funksiyasi va omillari.
O’zbekiston Respublikasi investitsiya siyosati.
Yalpi talab-yalpi taklif modeli.
Yalpi talab va yalpi taklifni rag’batlantirish yo’llari.
Keynsning makroiqtisodiy muvozanat modeli.
Pul bozorida muvozanat.
Soliqlarning makroiqtisodiy mohiyati va roli.
Pulga talab
Pul taklifi
Soliq yuki va uning o`zgarishi oqibatlari
O`zbekiston Respublikasi budjet-soliq siyosati
Pul-kredit siyosati va ulardan foydalanish amaliyoti tahlili
Zamonaviy iqtisodiy o`sish modellari
O`zbekistonda barqaror o`sishni ta’minlashning omillari va yo`llari
Makroiqtisodiy barqarorlashtirish siyosati va iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish sharoitlarini shakllantirish
O`zbekiston Respublikasida makroiqtisodiy barqarorlashtirishning xususiyatlari
O`zbekiston Respublikasining tashqi savdo siyosati
Ozbekistonning eksport salohiyati va uning tavsifi
M.Porter uslubiyatiga ko`ra O`zbekistonning raqobat ustunliklari
O`zbekiston Respublikasi valuta siyosati
O`zbekiston Respublikasi to`lov balansi
Kichik ochiq iqtisodiyot modeli
Ochiq iqtisodiyotda budjet-soliq siyosati
Ochiq iqtisodiyotda pul-kredit siyosati
Erkin suzib yuruvchi valuta kursi sharoitida makroiqtisodiy siyosat
IS-LM modelida budjet-soliq va pul-kredit siyosati
O`zbekiston Respublikasining Butunjahon savdo tashkilotiga a’zo bo`lib kirish masalalari