bozor savati bazis yil uchun aniqlanadi va bir necha yil davomida o`zgarmaydi; - bozor savatiga faqat iste‘mol xarakteridagi tovarlar va xizmatlar kiritiladi;
bozor savatiga kiritilgan tovarlar va xizmatlarning hajmi iste‘mol xarajatlarining katta qismini tashkil etishi kerak.
INI ko`rsatkichining kamchiligi shundaki bozor savati tarkibi o`zgarmas bo`lganligi tufayli aholi iste‘moli tarkibida tovarlar va xizmatlar ulushining o`zgarganligini, shuningdek tovarlar va xizmatlar sifatida ro`y bergan o`zgarishlarni hisobga olish imkonini bermaydi Shu sabrbli bu indnks baholar darajasini biroz oshirib ko`rsatadi.
YaIM deflatori esa bozor savatiga joriy yida kiritilmay qolgan tovarlar baholarining oshishini hisobga olish imkonini bermasligi tufayli baholar darajasini biroz pasaytirib ko`rsatadi. Shu sababli bu ikki indeksning o`rtacha darajasini xarakterlovchi Fisher indeksi hisoblanadi:
If = Idef * Iini Sanoat ishlab chiqaruvchilar baho indeksi iste‘mol narxlari indeksi singari hisoblanadi. Lekin bozor savatiga sanoat mahsulotlarigina kiritilib ular ulgurji baholarda hisoblanadi.
Nazorat uchun savollar 1. Qanday ko’rsatkichlar makroiqtisodiy ko’rsatkichlar deb yuritiladi?
2. Makroiqtisodiy ko’rsatkichlar qanday guruhlarga ajratiladi?
3. Yalpi ichki mahsulot deb qanday mahsulotga aytiladi?
4. Milliy hisoblar tizimida qanday makroiqtisodiy ko’rsatkichlar hisoblanadi?
5. Yalpi ichki mahsulotni hisoblashning qanday usullari mavjud?
6. Yalpi ichki mahsulotni ishlab chiqarish usulida hisoblash boshqa usullardan nimasi bilan farqlanadi?
7. Yalpi milliy daromad qanday aniqlanadi?
8. Makroiqtisodiyotda yakuniy iste’molchilar sifatida kimlar qatnashadi?
9. Sof ichki mahsulot va milliy daromad o’rtasida qanday bog’liqlik mavjud?
10. Shaxsiy daromad va shaxsiy ihtiyordagi daromad ko’rsatkichlari nimasi bilan farq qiladi?
11. Iqtisodiyotda makroiqtisodiy ko’rsatkichlarni nima uchun natura holida o’lchab bo’lmaydi?
12. Nominal va real ko’rsatkichlar o’rtasida qanday farq mavjud?
13. Deflyator nima va u qanday aniqlanadi?
14. Iste’mol narxlari indeksi deganda qanday indekslar nazarda tutiladi?
15. Deflyator va iste’mol narxlari indeksi o’rtasida farq bormi?
16. Iste’mol narxlari indeksi yordamida qanday o’zgarishni aniqlash mumkin?