16.1-rasm.Tashqi muvozanatga erishish mexanizmi63 16.1. rasmda koordinata o`qlarida ichki va tashqi muvozanatga erishishni ta‘minlashni ko`zda tutuvchi siyosatning ikki instrumenti- davlat xarajatlari darajasi (G) va foiz stavkasi ( R) berilgan.
BB egri chizig`i davlat xarajatlari(G) va foiz stavkasi ( R)ning tashqi balans (BP=0)ni ta‘minlovchi turli kombinatsiyalarini aks ettiradi.
BB egri chizig`i ijobiy egilishga ega bo`lib, bu quyidagilar bilan izohlanadi:
Aytaylik, E nuqtasida ichki va tashqi muvozanat ta‘minlangan bo`lsin. Davlat xarajatlari E nuqtadan S nuqtaga qadar o`sishi daromadlar va importning oshishini keltirib chiqaradi. Natijada savdo balansi taqchilligi (BP<0)ro`y beradi.
To`lov balansining taqchilligini bartaraf etish uchun davlat cheklovchi pul-kredit siyosati vositasida kapital harakati balansining ijobiy qoldig`ini ta‘minlash choralarini ko`radi. Masalan, foiz stavkasining oshirilishi mamlakatga kapital harakati balansining ( joriy operatsiyalar balansining manfiy qoldig`ini qoplaydigan hajmdagi) ijobiy qoldig`ini ta‘minlashga etarli hajmda xorijiy kapitalning oqib kelishini rag`batlantiradi. Natijada to`lov balansi qoldig`i ( BB egri chizig`ining S nuqtasida) 0ga tenglashadi.
Aynan tashqi balansga erishish maqsadida G va R o`zgarishlarining ana shunday kombinatsiyasi mavjudligi BB egri chizig`ining ijobiy egilishini aks ettiradi.
BB egri chizig`idan pastda va o`ngda joylashgan nuqtalar to`lov balansi taqchilligini aks ettiradi. BB egri chizig`idan yuqorida va chapda joylashgan har qanday nuqta to`lov balansining, qat‘iy budjet-soliq va pul-kredit siyosati bilan ta‘minlanadigan ijobiy (musbat) qoldig`ini aks ettiradi.
To`liq bandlilik, potensial ishlab chiqarish hajmi va inflatsiya jarayonlarining mavjud emasligi bilan xarakterlanadigan ichki muvozanatni 19.2.-rasm ko`rinishida tasvirlash mumkin.
16.2-rasm. Ichki muvozanatga erishish mexanizmi64 Aytaylik E nuqtada ham ichki, ham tashqi muvozanat ta‘minlansin. Agar davlat xarajatlari G o`ssa, daromad multiplikativ samara bilan E dan A ga qadar ko`payadi. Daromad muvozanat (E) nuqtasidan ortiqcha talab holatiga (A) o`sishi natijasida ortiqcha daromad inflatsion bosimni yuzaga keltiradi. Ichki muvozanatni tiklash uchun talabni kamaytirish maqsadida foiz stavkasi R ni ko`tarish orqali pul massasini kamaytirish talab etiladi. 16.2.-rasmda bu holat A nuqtadan D nuqtaga qadar siljishi ko`rinishida aks etadi. Bu nuqtada daromad resurslarning to`liq bandliligiga mos keladi, ichki muvozanat esa tiklanadi. O`z navbatid, G va R ning ichki muvozanatni ta‘minlovchi kombinatsiyalari ijobiy egilishga ega YY egri chizig`ini yuzaga keltiradi.
YY egri chizig`idan o`ngda va quyida joylashgan nuqtalar ortiqcha talabni aks ettiradi. YY egri chiziqdan chapda va yuqorida joylashgan nuqtalar ortiqcha taklifni aks ettiradi. Bu nuqtalarda talab kamayadi va foiz stavkasi o`sadi.
16.2. –rasmdan ko`rinib turibdiki BB egri chizig`i YY egri chizig`iga nisbatan yotiqroq. BB egri chizig`ining tikligi kapital mobilligi bilan belgilanadi. Kapital qanchalik harakatchan bo`lsa joriy operatsiyalar schyotininng taqchilligini moliyalashtirish uchun zarur bo`lgan kapitalning oqib kelishini rag`batlantiruvchi foiz stavkasi R shunchalik kam miqdorga o`sadi. Bunda BB egri chizig`i yotiqroq bo`ladi.
Kapital kamroq harakatchanligi sharoitida BB egri chizig`i tikroq ko`rinishni oladi. Ammo kapitalning nisbatan kamorq mobilligi sharoitida ham BB egri chizig`i YY egri chizig`idan ko`ra tikroq bo`lmaydi. BB egri chizig`ining tikligi kapitalning mobilligi 0 ga teng bo`lgan sharoitda YY egri chizig`i tikligiga tenglashadi. Boshqa barcha holatlarda YY egri chizig`i BB egri chizig`iga nisbatan tik bo`ladi.
Shunday qilib fiskal va monetar siyosatni qo`shib olib borish ichki va tashqi muvozanatni ta‘minlash imkonini beradi. Navbatdagi muammo – fiskal va monetar siyosatning ichki va tashqi muvozanatga ta‘siri darajasini aniqlashdir. Bu nazariy masalani yechishga Robert Mandell va Markus Fleming urinib ko`rinishgan.