10.4. O‘zbekiston Respublikasi budjet-soliq siyosatining xususiyatlari va uni takomillashtirish yo‘nalishlar.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan fiskal siyosatni yanada takomillashtirish, soliqlar va budjet xarajatlaridan iqtisodiyotni barqaror o‘stirishni rag‘batlantirishning amaliy vositalari sifatida foydalanish borasida chora-tadbirlar belgilanayotganda bugun jahon iqtisodiyotida yuzaga kelgan va mamlakatimiz iqtisodiyotiga ham o‘z ta’sirini o‘tkazayotgan tashqi konyukturani hisobga olish zarur bo‘ladi.
Davlatning fiskal siyosati iqtisodiy rivojlanish va aholi turmush darajasiga ta’sirini muvofiqlashtirshi zarur. Chunki, budjet faqat mablag‘larni markazlashtirish, ularni to‘plash, jamg‘arishgina emas, balki to‘plangan moliyaviy resurslarni oqilona sarflashni ham o‘zida ifodalaydi. Buning samaradorligi esa davlat budjetiing xarajalari tizimida o‘zining ifodasini topadi.
Bu xarajatlar, eng avvalo, mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish uchun turli tarmoqlarga invistetsiya qilish uchun mo’ljallangan,aholining turmush darajasini ko’tarish uchun rejalashtirilgan, ijtimoiy vazifalarni bajarishga ajratilgan, davlatni boshqarish, mudofaani taminlash kabi aniq maqsadlarga qaratilgan xarajatlardan iborat bo’ladi.Ushbu umumdavlat xarajatlari budjet orqali moliyalashtiriladi. Budjet tizimining barcha xarajatlari turli budjetlar o’rtasida taqsimlanadi, bu esa u yoki bu xarajatni muayyan budjetga kiritilishini anglatadi.Bu birinchidan moliyalashtirilayotgan muassasaning respublika va mahalliy organlarga qarashli bo’lishi ,ikkinchidan moliyalashtiriladigan tadbirning ahamiyatidan kelib chiqadi.
Mamlakat iqtisodiyotini moliyalashtirish xarajatlari vazirliklar,idoralar va korxonalar bo’yicha rejalashtiriladi hamda bir vaqtining o’zida ma’lum maqsadlarga mo’ljallanganligi bo’yicha ko’zda tutiladi.Bunda budjet mablag’larining asosiy qismi iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlariga,yani sanoat,energetika,qishloq xo’jaligi va transportga yo’naltiriladi. Budjet mablag’laridan maqsadli foydalanish nuqtai nazaridan capital qo’yilmalarni moliyalashtirish iqtisodiyotni rivojlantirishda muhum ahamiyatga egadir. Ishlab chiqarish va noishlab chiqarish maqsadlariga mo’ljallangan asosiy fondlarning yangilarini yaratish va harakatdagilarni kengaytirish uchun pul mablag’larini taqdim etishga kapital qo’yilmalarni moliyalashtirish deyiladi.Budjet resurslari cheklanganligi uchun ular investitsiyalarning cheklangan doirasiga,ya’ni maqsadli dasturlarga kiritilgan yoki hokimyatning ijroiya organlari qarori bo’yicha amalga oshirilayotgan investitsiyalarga beriladi.
Iqtisodiyotni erkinlashtirish va iqtisodiyotda davlatning ulushini qisqartirish siyosatini olib borish birinchi navbatda, xususiy mulkka asoslangan institutlarni mustahkamlash va mulk egasi huquqini himoya qilishga yo‘naltirildi. YaIMda davlat budjeti ulushini kamaytira borib, 2016 yilda uning ulushini 20,6% idan oshirmasdan, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning yuqori raqobatbardoshlik darajasini ta’minlashga yo‘naltirilgan siyosat davom ettirildi. Soliq yukining kamaytirilishi xususiy investitsiyalarini rag‘batlantirdi va iqtisodiy o‘sishning yuqori sur’atlari uchun barqaror manba yaratdi.
Mamlakatimiz iqtisodiyoti jahon xo’jalik va iqtisodiy-moliyaviy tizimiga integratsiyalashgan bir sharoitda jahon moliyaviy inqirozi, avvalo uning oqibatlari bizga ham salbiy ta’sir ko’rsatmoqda.
Bu ta’sirlar quyidagilar:
jahon bozorida talabning pasayishi natijasida O’zbekiston eksport qiladigan mahsulotlarga talab vaularning narxi tushib ketishi( natieada eksport uchun mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalarning moliyaviy-iqtisodiy holati yomonlashadi;
mamlakatimizga investitsiya qilishi mumkin bo’lgan potensial xorijiy investorlar moliviy ahvolining yomonlashuvi natijasida xorijiy investitsiyalar miqdorining ehtimol tutilgan pasayishi.
Mamlakatimiz iqtisodiyotini tubdan tarkibiy o’zgartirish va diversifikatsiya qilish, qisqa muddatda biz uchun mutlaqo yangi, lokomotiv rolini bajaradigan tarmoqlarni barpo etish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash dasturlarini amalga oshirish, zamonaviy bozor infratuzilmasini shakllantirish borasida o’z vaqtida boshlangan, chuqur o’ylangan va uzoq istiqbolga mo’ljallangan ishlar natijasida keyingi yillarda eksport sohasida katta yutuqlar qo’lga kiritildi.
Investitsiyalar hajmining qisqarishiga yo’l qo’ymaslik iqtisodiyotning barqaror rivojlanishi shartlaridan biridir.
Bu chora tadbirlar sanoat tarmoqlarini barqaror rivojlantirish, sanoat ishlab chiqarishinig YAIMdagi ulushi orttirish, tejamkor texnologiyalar joriy qilish uchun moliyaviy resurslarni kengaytirish, mahsulot tarnnarxini pasaytirish imkonini beradi.
Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida milliy iqtisodiyotni barqaror rivojlantirishda ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturini kengaytirish katta o’rin tutadi. Respubliukamizda inqirozga qarshi dastur doirasidagi loyihalar hajmini 3-4 barobar ko’paytirish mo’ljallanmoqda.
2019 yilning 1 yanvarigacha ish haqidan daromad solig’i qo’yidagi to’rt shkala bo’yicha ushlab qolinmoqda.
Agar eng kam ish haqi yanvardan 202 730 so’m bo’lishini hisobga olsak, eski tizimda qolganida, quyidagicha ushlanmalar sodir bo’lar edi.
202 730 so’mgacha qismidan: (Daromad solig’i – 0 so’m (0 foiz)) + (Ijtimoiy sug’urtaga ajratmalar – 16 218 so’m (8 foiz)). Jami: 16 218 so’m.
202 730 so’mdan 1 013 650 so’mgacha qismidan. 810 920 so’mdan: 7.5 (daromad solig’i) + 8 (ijtimoiy sug’urtaga ajratma) = 15.5 foiz. Jami: 125 693 so’m.
1 013 650 so’mdan 2 027 300 so’mgacha qismidan. 1 013 650 so’mdan: 16.5 (Daromad solig’i) + 8 (ijtimoiy sug’urtaga ajratma) = 24.5 foiz. Jami: 248 344 so’m.
2 027 300 so’mdan ortiq qismidan: 22.5+8= 30.5 foiz ushlanib qolingan bo’lardi.
Mana shu formula yordamida hisoblangan ish haqi va undan ushlanmalarni qaraymiz:
Endi yangi tizim bo’yicha xuddi shu oyliklarni ko’rib chiqamiz.
Ko’rinib turibdiki, ayniqsa, kattaroq oyliklarda ish haqidan ushlanmalarning ulushi sezilardi darajada kamaygan. Masalan, o’rtacha oyiga 3 million so’m oylik hisoblanadigan xodim avvalgiga nisbatan 300 ming so’mdan ko’proq qo’shimcha sof daromadga ega bo’lmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |