Pulga talabning klassik va keynscha nazariyalari.
Pulning miqdoriy nazariyasi pulga bo’lgan talabni almashinuv tenglamasi yordamida aniqlaydi:
M · V = P · Y
Bu erda: M – muomaladagi pul miqdori; V – pulning aylanish tezligi; P – baholar darajasi (baho indeksi); Y – real YaIM.
Pulning aylanish tezligi, iqtisodiyotda bitimlar tarkibi nisbatan barqaror bo’lganligi uchun ham doimiy kattalik deb qabul qilinadi. Ammo bank tizimiga hisob-kitoblarni tezlashtiruvchi texnik vositalar joriy qilinishi natijasida u o’zgarishi mumkin. V doimiy bo’lgan sharoitda almashtirish tenglamasi quyidagicha bo’ladi:
M · V* = P · Y (Fisher tenglamasi), bundan:
Do'stlaringiz bilan baham: |