Qismlarni birlashtirish.Mandell-Fleming modeliga ko’ra, mukammal capital oqimiga ega kichik ochiq iqtisodiyot ikkita tenglama bilan tasvirlanishi mumkin:
Y = C(Y − T ) + I(r*) + G + NX(e) IS*, M/P = L(r*, Y ) LM*.
Birinchi tenglama tovarlar bozoridagi muvozanatni ko’rsatadi, ikkinchisi pul bozoridagi muvozanatni ko’rsatadi.
Egzogen o’zgaruvchilar bular fiscal siyosat G va T, monetar siyisat M, narx darajasi P, jahon foiz stavkasi r*. Endogen o’zgaruvchilar daromad Y va valyuta kursi e.
14-3 rasm shu ikkita bog’liqlikni ko’rsatadi. Iqtisodiyot uchun muvozanat nuqtasi IS chizig’I va LM egri chizig’i kesishgan joydir. Bu kesishgan joy ham tovarlar bozori ham pul bozoridagi muvozanat ta’minlangandagi daromad darajasi va valyuta kursini ko’rsatadi. Mandell-Fleming modelidan biz yalpi daromad Y va valyuta kursining e siyosiy o’zgarishlarga qanday javob berishini ko’rsatish uchun foydalanamiz.
Qayd etilgan valyuta kursi sharoitida pul-kredit va fiskal siyosat.
Oldingi savolda ta’kidlaganimizdek qayd qilingan valyuta kursi sharaoitida monetar siyosat ko’proq ichki balans muammosi bilan aloqador bo’ladi. Keltirilgan fikrlarni izohlab berish uchun quyidagi gepotetik misolni ko’rib chiqamiz.
Mamlakatning barcha tijorat banklari va Markaziy bankni barcha xorijiy aktivlar va passivlar to’plangan yagona bank deb tasavvur qilamiz. Pul taklifi esa naqd pul va depozitlardan iborat deb qaraymiz. Bunday gepotetik bankning passivida pul taklifining barcha komponentlari ( odatda M2 agregati), aktivida esa bank tizimining sof xorijiy aktivlari (aktivlar-passivlar, ya’ni xorijliklarning ularga bo’lgan barcha talablari so’ndirilgandan so’ng mamlakat ega bo’ladigan aktivlar) va sof ichki aktivlar ( yoki hukumatga, firmalarga va uy xo’jaliklariga sof ichki kreditlar) jamlangan bo’ladi.
Sof xorijiy aktivlar mamlakatning valyuta zahiralariga mos keladi. Bunday holatda aktivlar va pasivlarning tengligi shartini M=Res +DS ko’rinishida yozishimiz mumkin. Bu tenglik pul taklifi ( bank tizimining majburiyati) valyuta
rezervlari ( sof xorijiy aktivlar) va bank tizimining ichki kreditlari yig’indisiga tengligini anglatadi. Demak, pul taklifi ham ichki, ham tashqi omillarga bog’liq .
Pul taklifining o’zgarishini ΔM=ΔRes +ΔDS ko’rinishida tasvirlash mumkin. Bu erda ΔRes to’lov balansining taqchilligi yoki ortiqchaligiga mos keladi. Tashqi balansni tiklash, o’z navbatida valyuta kursini saqlab turish zaruriyati xorijiy aktivlarni sotish va sotib olishni talab qiladi. Bu esa valyutarezervlarining ko’payishi yoki kama yishini keltirib chiqaradi. Lekin, rezervlarni sotish barobarida Markaziy Bank muomaladagi pulning bir qismini chiqarib oladi. Rezervlarni sotib olish bilan esa pul taklifi hajmini ko’paytiradi. Shunday qilib, qayd qilingan valyuta kursi sharoitida M endogen o’zgaruvchi bo’lib, to’lov balansining yuzaga keladigan taqchilligi yoki ortiqchaligiga ( ya’ni almashinuv keursini pasaytirish yoki ko’tarish borasidagi harakatlarga) bog’liq bo’ladi. Bunday sharoitda iqtisodiyotni rivojlantirish prognozlari tuzilayotganda pulga talab iqtisodiy o’sish va inflyatsiyaning maqsadli (rejadagi) ko’rsatkichlaridan kelib chiqib aniqlanadi. Pul taklifi esa sof xorijiy aktivlar va ichki kreditlar hajmiga bog’langan holda aniqlanadi. Sof xorijiy aktivlvr to’lov balansini tuzish prognozlaridan kelib chiqib aniqlanadi. Ichki kreditlar hajmi esa qoldiq printsipipida aniqlanadi hamda hukumat va xususiy sektor o’rtasida taqsimlanadi. Xususiy sektorga ichki kreditlar miqdorini o’zgartirish uchun pul-kredit siyosatining uchala usuli ham qo’llaniladi.
Markaziy Bank to’lov balansining iqtisodiyotdagi pul taklifiga ta’sirini valyuta rezervlari o’zgarishini sterillash orqali neytrallashtirishi mumkin. Masalan, (to’lov balansi taqchilligini yoki almashinuv kursi pasayishini bartaraf qilish maqsadlarida foydalanilishi natijasida) rezervlar qisqarganida Markaziy Bank ichki aktivlarni pul taklifi hajmi o’zgarmasligini ta’minlaydigan darajada ko’paytirishi mumkin.
Ya’ni : M=↓Res +↑DS
Bunda u ochiq bozordagi operatsiyalar yoki pul-kredit siyosatining boshqa vositalaridan foydalanadi.
Ammo sterillash imkoniyatlari cheklangan. Agar to’lov balansining taqchilligi uzoq vaqt saqlanib qolsa, uni bartaraf qilishga intilish valyuta rezervlarini tugab qolishiga olib kelishi mumkin. Bunday holatda, mamlakat, almashinuv kursining pasayish tendentsiyasini bartaraf qilish hamda pulning xorijga oqib ketishini tugatish uchun yoki qayd etilgan kursdan voz kechishi, yoki pul massasining qisqarishiga yo’l qo’yib berishga majbur bo’ladi. To’lov balansining barqaror ijobiy qoldig’i sharoitida rezervlar hajmi shunchalik ko’p bo’lishi mumkinki, ichki kredit nolga teng bo’lib qoladi. Bu esa amalda mumkin bo’lmagan holatdir ( banklar ichki kreditlarni kamaytirmasligi, balki nobank sektoridan pul qarz olishi zarur bo’ladi).
Demak, hattoki sterillash ham pul masssasini to’lov balansi ta’siridan himoya qila olmaydi. Bu esa pul-kredit siyosatining ichki balansga ta’sirini keskin cheklab qo’yadi.
Qayd qilingan valyuta kursi sharoitida byudjet-soliq siyosatining samaradorligi kapitalning mobilligiga to’g’ridan-to’g’ri bog’liq.. Davlat xarajatlarining ko’payishi foiz stavkasining o’sishini keltirib chiqaradi ( fond bozorida qarzga mablag’ olib, davlat xususiy sektor foydalanadigan pul massasini kamaytiradi) . Bu esa o’z navbatida xorijdan kapital oqib kelishini rag’batlantirapdi. Kapitalning yuqori mobilligi sharoitida davlat xarajatlarining ko’payishi bilan bog’liq savdo balansi taqchilligi kapital harakati schyotining musbat (ijobiy) qoldig’i bilan amalda qoplanadi. Markaziy Bank esa yuzaga kelgan almashinuv kursining o’sish tendentsiyasini bartaraf qilish uchun xorijiy valyutani sotib olish va muomalaga milliy valyutani ko’p miqdorda chiqarishga, bu bilan esa pul taklifini oshirishga majbur bo’ladi. Bu tadbir (davlat xarajatlarining o’sishi bilan birgaldikda) daromadlarning kengayishi uchun qo’shimcha rag’bat yaratadi.
Shunday qilib, qayd qilingan valyuta kursi sharoitida byudjet-soliq siyosati pul-kredit siyosatidan farli ravishda daromad darajasiga, o’z navbatida ichki muvozanatga muvaffaqiyatli ta’sir ko’rsata oldadi. Tasir darajasi kapitalning mobilligi o’sishi bilan ortib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |