1-rasm. Model nimani ko’rsatadi.
Model iqtisodiy ko’rsatkichlar o’rtasidagi asosiy bog’liqliklarni soddalashtirilgan nazariy asoslanishi hisoblanadi Ekzogen o’zgaruvchilar - bu tashqaridan kiritiladigan o’zgaruvchilar. Endogen o’zgaruvchilar – bu ushbu model bilan tushuntiriladigan o’zgaruvchilar. Model ekzogen o’zgaruvchilardan birining o’zgarishi endogen o’zgaruvchilarga qanday ta’sir etishini ko’rsatadi.
Masalan, non bozori modeli qanday qurilishini ko’rib chiqamiz. Iqtisodchi nonga bo’lgan talab hajmi Qd non narxi Pb va yalpi daromad Yga bog’liq deb faraz qiladi. Bu bog’liqlik quyidagi tenglama bilan ifodalanadi:
Qd =D(Pb , Y)
Xuddi shunday iqtisodchi nonvoyxonalartomonidan taklif qilinadigan nonlar miqdori Qs nonning narxi Pb va nonni ishlab chiqarishda foydalanilayotgan unning narxi Pf ga bog’liq deb faraz qiladi:
Qs =S(Pb , Pf)
Nihoyat, iqtisodchi talab va taklif muvozanati ta’minlanishi uchun nonning narxi shunday o’zgarashini faraz qiladi:
Qd = Qs
Bu uchta tenglama non bozori modelini tashkil etadi.
Non bozori modeli talab va taklifning 1-3 rasmda ko’rsatilgan diagrammasi bilan namoyon etiladi. Talab egri chizig’i yalpi daromadning doimiy darajasida nonga bo’lgan talab bilan non narxi o’rtasidagi nisbatni ko’rsatadi. Talab egri chizig’i pastga yo’naltirilgan, chunki non narxi qanchalik yuqori bo’lsa, iste’molchilar shunchalik ko’p darajada boshqa oziq –ovqatlarni iste’mol qila boshlaydilar va shunchalik kam non sotib oladilar. Taklif egri chizig’i nonning taklif qilinayotgan miqdori va unning doimiy narxida non narxi o’rtasidagi nisbatni ko’rsatadi.Taklif egri chizig’i yuqoriga yo’naltirilgan, chunki nonning narxi qanchalik yuqori bo’lsa, nonvoyxonalar shunchalik ko’proq miqdorda non ishlab chiqaradi. Ikki egri chiziqning kesishish nuqtasi bozor muvozanati holatiga mos keladi, bunda nonga muvozonatli narx o’rnatiladi va taklif qilinayotgan non miqdori talabga mos keladi.
Modelda bir ekzogen o’zgaruvchining o’zgarishi ikkala endogen o’zgaruvchilarga qanday ta’sir etishini ko’rsatadi. Masalan, yalpi daromad oshganda 1-4 rasmda ko’rsatilganidek nonga talab oshadi. Xuddi shunday, 1-5 rasmda ko’rsatilganidek un narxi oshganida non taklifi kamayadi. Modelda ushbu holatda non narxining muvozanatli darajasi oshishi, non miqdorining muvozanatli darajasi kamayishi ko’rsatiladi. Shunday qilib, model yalpi daromadning yoki un narxining o’zgarishi non bozoriga qanday ta’sir etishi mumkinligi yaqqol namoyon etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |