Makroiqtisodiyot fanidan O’zbekiston Respublikasi valyuta siyosati
O’qituvchi:Sobirov
Bajardi:Sunnatova Muqaddas
REJA:
Valyuta siyosatining mohiyati va xususiyatlari
O’zbekiston Respublikasining Valyuta siyosati va uni takomillashtirish
O’zbekiston Respublikasida valyutani tartibga solish bosqichlari
O’zbekiston Respublikasivalyuta siyosatining hozirgi holati va taraqqiyot istiqbollari.
Shundan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Valyuta bozorini liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni e’lon qilinishidan ko‘p o‘tmay O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Pul-kredit siyosatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori qabul qilindi va Pul-kredit siyosatini 2017-2021 yillarda rivojlantirish va inflyatsion targetlash rejimiga bosqichma-bosqich o‘tish bo‘yicha chora-tadbirlar Kompleks tasdiqlandi.

Inflyatsion targetlash rejimiga o’tish jarayonida samarali pul-kredit siyosatini amalga oshirish, o’z navbatida, pul-kredit siyosati instrumentlari ta’sirchanligini oshirish muhim ahamiyatga ega.
2. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining valyuta siyosati doirasida amalga oshiradigan asosiy vazifalaridan biri - mamlakatda tijorat tusidagi valyuta operatsiyalarini rivojlantirish uchun qulay muhit yaratish hisoblanadi. Hozirgi kunda muddatli operatsiyalarni rivojlantirish juda dolzarb va murakkab masala bo‘lib turibdi. Buning uchun esa, joriy bozorni rivojlantirish zarur. Avvalo, Respublika Valyuta Birjasini likvidli-ligini to‘liq ta‘minlash zarur. Chunki, har qanday turdagi muddatli valyuta operatsiyasi - «svop», «Forvard», valyutaviy optsionlar va fyucherslar bilan bog‘liq operatsiyalar pirovard natijada SPOT bozorining likvidliligiga bog‘liq.

Markaziy bank «GOLD-SVOP» operatsiyalari vositasida SPOT bozorining likvidliligini ma‘lum vaqt mobaynida ta‘minlab turishi mumkin. Ammo, bunda SPOT bozoridagi likvidlilik doimiy tusga ega bo‘lishi lozim. Aks holda «GOLD- SVOP» operatsiyalari jiddiy zarar keltirishi mumkin. Bunda SPOT bozorining likvidliligi yanada pasayib ketishi mumkin.