Makroiqtisodiy tahlil


Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar axborot ob’ekti sifatida



Download 25,65 Kb.
bet3/5
Sana12.01.2022
Hajmi25,65 Kb.
#338111
1   2   3   4   5
Bog'liq
1-МАВЗУ. “MAKROIQTISODIY TAHLIL” FANINING MAQSADI VA VAZIFALARI

Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar axborot ob’ekti sifatida

Milliy hisoblar tizimi (MHT) makroiqtisodiy ma’lumotlarga ishlov berish va ularni makroiqtisodiy tahlil maqsadlari uchun tizimlashtirilgan ko‘rinishda taqdim etish imkonini beruvchi buxgalteriya hisobi sifatida ishlab chiqilgan. U milliy iqtisodiyot ko‘rsatkichlarini tahlil qilish, baholash va monitoringini amalga oshirishda zarur bo‘lgan axborotning uzluksiz oqimini tashkil etish uchun xalqaro hamjamiyat tomonidan tan olingan bazani o‘zida namoyon etadi.

Milliy hisoblar tizimi - muayyan davrda real ishlab chiqarish hajmini va barcha asosiy sektorlar va ishlab chiqarish omillarining mamlakatning umumiy ishlab chiqarishiga qo‘shgan hissasini ko‘rsatuvchi turli faoliyat turlarini hisobga oluvchi statistika tizimi.

Ta’kidlash lozimki, MHTning makroiqtisodiy tahlil uchun o‘ta muhim ahamiyatga egaligi quyidagilarda namoyon bo‘ladi.


  1. MHT makroiqtisodiy tahlil uchun zarur baza hisoblanib, o‘zining ancha moslashuvchanligi va qulayligi bilan ajralib turadi. Rivojlanishning turli bosqichlarida turgan mamlakatlar uchun hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun manba bo‘lib xizmat qiladi, hamda tahlil va prognoz uchun axborot bazasi hisoblanadi.

  2. MHT nafaqat muayyan davrda, balki dinamikada ham (muayyan vaqt qatori mobaynida) eng muhim makroiqtisodiy o‘rtacha ko‘rsatkichlar (masalan, ishlab chiqarish hajmi va bandlik darajasi) harakatini kuzatish imkonini beruvchi tizimni o‘zida namoyon etadi.

  3. MHT - xalqaro taqqoslashlar uchun eng muhim axborot manbai hisoblanadi, chunki xalqaro tashkilotlarga milliy hisobvaraqlar bo‘yicha ma’lumotlarni, xalqaro standartlarga mos keluvchi ta’riflar va tasniflarni taqdim etishda foydalaniladi. Ushbu ma’lumotlar ko‘plab holatlarda, masalan, imtiyozli yordam olish huquqini belgilashda, XVFga a’zo mamlakatlar kvotalarini hisoblab chiqishda, shuningdek, turli mamlakatlar milliy hisoblarini taqqoslashni amalga oshirish imkonini beradi.

MHTga muvofiq iqtisodiyot aktivlarga ega bo‘lib, majburiyatlarni qo‘lga kiritishga qodir bo‘lgan va boshqa iqtisodiy birliklar bilan iqtisodiy bitimlarni tuzuvchi iqtisodiy agentlarning institutsional birliklaridan tarkib topgan. MHT milliy iqtisodiyotni tashqi dunyodan rezidentlik mansublik tamoyili bo‘yicha ajratib turadi.

Milliy hisoblar tizimi bozor iqtisodiyotiga ega bo‘lgan mamlakatlarda bir necha o‘nlab yildan buyon foydalanilmoqda. Ilgari markazlashgan rejalashtirish qo‘llanilgan mamlakatlarda ishlab chiqarishning yakuniy hajmini o‘lchash uchun boshqa tizim - moddiy mahsulot tizimi (MMT) ishlab chiqilgan bo‘lib, uning doirasida ishlab

chiqarish umumiy hajmining ko‘rsatkichi bo‘lib moddiy ishlab

chiqarishning sof mahsuloti (MIChSM) xizmat qilgan.




  1. Download 25,65 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish