TO‘QIMACHILIK MAHSULOTLARI EKSPORTI DINAMIKASI (yanvar- may, mln. AQSh dollari)
Respublikamizda import o`rnini bosuvchi mahsulotlarni ishlab chiqarishni rag`batlantirish va ishlab chiqarishni mahalliylashtirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar shuni ko’rsatadiki, 2020-yil yanvar oyida import hajmi pasayishini kuzatish mumkin. Jumladan, hisobot davrida import hajmi 1660,1 mln. AQSh dollarni (2018-yilga nisbatan 98,7 % ni) tashkil etdi. Import tarkibida eng katta ulush, mashina va asbobuskunalar hamda ularning qismlari (41,2 %), kimyo mahsulotlari va undan tayyorlangan buyumlar (13,0 %) hamda xizmatlar (11,2 %) hisobiga to`g`ri keldi.
IMPORT TARKIBI (2020-yil yanvar,ulush % da)
Tovar va xizmatlar importi dinamikasi tahliliga ko`ra, 2020-yil yanvarida import qilingan tovarlar va xizmatlar hajmi, o`tgan yilning mos davriga nisbatan 22,2 mln. AQSh dollariga kamaydi va 1 660,1 mln. AQSh dollarini tashkil etdi. Xizmatlar importi esa 186,2 mln. AQSh dollariga yetdi. Importning eng katta ulushi, jumladan, energiya manbalari va neft mahsulotlari (95,8 %), qora metallar va ulardan yasalgan buyumlar (67,8 %), oziq-ovqat mahsulotlari (73,2 %) MDH mamlakatlariga to`g`ri keladi, boshqa xorijiy mamlakatlarga esa eng katta ulush mashina va asbob-uskunalar (85,9 %), kimyoviy mahsulotlar va undan tayyorlangan buyumlar (79,2 %) hissasiga to`g`ri keladi. Oziq-ovqat mahsulotlarining importi hajmlarining kamayishiga shakar xomashyosi (63,6 % kamayish), margarin (65,0 %), pista moyi (23,3%), un (20,0 %) importining kamayishiga ta`sir qilgan. Energiya tashuvchi va neft mahsulotlari importi kamayishiga esa, qayta ishlangan neft mahsuloti va bitumi importining kamayganligi (20,0 %) bevosita ta`sir etgan. 2020-yil yanvar oyi yakuni bo’yicha O`zbekiston Respublikasi tomonidan 102 davlat bilan tovarlar va xizmatlar importi amalga oshirildi. Yetti yirik hamkor davlatlar (Xitoy, Rossiya Federatsiyasi, Koreya Respublikasi, Qozog'iston, Turkiya, Germaniya va Italiya) jami importning 69,3 % ni tashkil qiladi, bu 1 449,7 mln. AQSh dollaridan ortiqni tashkil etadi. Mamlakatdagi sarmoyaviy muhit yaxshilangani sari va ushbu sohada amalga oshirilgan islohotlar natijasida mashina va uskunalar, shuningdek ularning qismlari importining o'sishi tabiiydir. Shunday qilib, Xitoy, Koreya, Rossiya, Germaniya tomonidan kiritilgan katta hajmdagi investitsiyalar natijasida ushbu mahsulotlar importi hajmida ushbu mamlakatlarning yuqori ulushi saqlanib qolmoqda. Umuman olganda, 2020-yil yanvar oyida jami 102 ta davlatlardan O`zbekiston Respublikasiga tovar va xizmatlar import qilingan.
XULOSA
Xulosa o’rnoda shuni takidlash lozimki mamlakatning iqtisodiy rivojlanishida tashqi savdoni o’rni beqiyosdir chunki tashqi savdo aloqalari qadim zamonlardanoq paydo bo’lgan osha davrlardayoq odamlar bir birlari oldi sotdi qilishgan chunki hamma o’z ehtiyojlarnini hammasini o’zlari yetishtira olishmagan masalan bir odam bug’doy yetishtirgan bo’lsa birisi sholi yetishtirgan malumki odamlarning yashashlari uchun bug’doyning ham sholining ham o’z o’rni bor bug;doy yetishtirgan odamga kiyim kerak kiymni esa tikuvchidan olishiga to’gri kelgan o’sh vaqtlarda pul bo’lmaganligi sabali dehqon yetishtirgan hosilidan bir qismini tikuvchiga kiyimga ayirboshlagan shu tariqa pul kashf etilgan pulga esa hamma narsani ayirboshlash mukinbo’lgan bora-bora bu savdo sotiqlar mikro darajadan makro dararajaga chiqib hozirgi kungacha yetib keldi va malakatlar o’z ehtiyojlaridan ortganini boshqa mamlakatlarga sotmoqda orniga esa o’zmamlakatlarida yoq mahsulotlarni olib kelishadi.Nima uchun tashqaridan ishkariga pul kirishi kerak yani export qilish kerak buni biz quyidagi bir misol tariqasida tushuntirib bermoqchimiz bir oilada malum bir miqdorda pul bor ota farzandiga biror bir yumushini bajarishi evaziga 100 ming so’m pul berishligini aytdi bola esa o’sha ota aytgan yumushni bajarib kelishilgan pulni oldi bola esa akasiga uy vazifasini qilib berishligi evaziga 100 ming so’m pul berishligini aytdi natijada esa o’sha pul miqdori oilada aylanib yuribdi bundan esa mutloqo oila budjetiga foyda yo’q yanahm soddaroq qilib aytganda bir chontagingdan olib ikkinchisiga solib qo’yapsan degani bundan esa seni puling ko’payib qolmaydi agar sen tashqaridan pul olib kiradigan bo’lsang budjetdagi pul ko’payadi pul aylanmasi ko’payadi bizning mamlakatimiz ham mustaqil bo’lganimizda huddi shu ishni qildi lekin bizda import ko’payib ketdi hozirgi davga kelib esa chet el investirlarini jalb qilgan holatda qochma korxonalar zavod fabrikalar qurmoqda bunda maqsad esa import o’rnini bosivchi tavarlar yaratib exportni kuchaytirishdir to’g’ri exportimiz sezilarli dajada o’sdi lekin qo’shimcha zavod favrikalar qurildi degan bu qoshimcha ho ashyo kerak degani hammaga malumki tabiy boyliklar abadiy emas bir kun kelib tugaydi bu esa endi bu mamlakatda umuman zavod fabrikalar ishlamasligidan dalolatdir bu esa bizda sotishga hech vaqo yo’q bizda pul yo’q deganidir bunda esa mamlakat tanazulga yuz tutdi deganidir bunday bo’lmasligini oldini olish uchun esa biz ichlab chiqarishni malum bir meyorda ushlab Yaponiya tajribasini qollashimiz kerak Yaponiyada ishlab chiqarish juda ko’p emas bor eng zo’rlari butun dunyo tan olgan brendlari bor holos ular asosan xizmatlarni export qilishadi ya’ni yetuk blimli kadrlarni inovatsiyalarni export qilishadi talimni export darajasiga olib chiqgan mamlakat to’g’ri so’ngi yillarda bizda ham ta’limga etibor kuchaytirilmoqda agarda biz ham talimni Yaponiya darajasiga olib chiqa olsak ana o’shanda biz ham ertangi kunimizga aniq ishonishimiz mumkin bo’ladi.
Foydalanilgan adabyotlar ro’yxati
X.S.Xadjaev, I.A.Bakiyeva, Sh.Sh. Fayziev. Makroiqtisodiyot (O’quv qo’llanma) - T.: TMI, 2014
G.X. Nazarova. “Makroiqtisodiyot” fanidan ma’ruzalar matni. T.: Toshkent Moliya instituti, 2017-yil
Makroiqtisodiyot darslik-T…TDIU
Ahmedov.D.Q,Ishmuhammedov.A.E,Jumayev.Q.X,Jumayev.Z.A
Do'stlaringiz bilan baham: |