Makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirish”


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASINING TASHQI SAVDO AYLANMASI VA BALANSI (yanvar, mln. AQSh dollari)



Download 0,62 Mb.
bet12/13
Sana15.12.2022
Hajmi0,62 Mb.
#887782
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirish”

O`ZBEKISTON RESPUBLIKASINING TASHQI SAVDO AYLANMASI VA BALANSI (yanvar, mln. AQSh dollari)

TSA da eksport hajmi 1 286,3 mln. AQSh dollariga (o`sish sur`ati – 84,9 %) va import hajmi 1660,1 mln. AQSh dollariga (o`sish sur`ati – 98,7 %) yetdi. Hisobot davrida - 373,8 mln. AQSh dollari qiymatida passiv tashqi savdo balansi qayd etildi.
TASHQI SAVDO AYLANMASI DINAMIKASI (yanvar, mln. AQSh dollari)

So`nggi yillarda hukumatimiz tomonidan sanoat tuzilmasini diversifikatsiya qilishda, eksportni qo`llab-quvvatlash, import o`rnini bosuvchi tovar va mahsulotlarni ishlab chiqarishni yanada oshirilishi natijasida, eksport tarkibida sezilarli o`zgarishga erishildi. O`zbekiston, jahonning 129 dan ortiq mamlakatlari bilan savdo aloqalarini amalga oshirishga erishdi. Tashqi savdo aylanmasining nisbatan salmoqli hissasi Xitoy Xalq Respublikasida (17,5 %), Rossiya Federatsiyasida (16,0 %), Qozog`istonda (7,4 %), Koreya Respublikasida (6,5 %), Turkiyada (5,7 %), Afg’oniston (1,7 %) va Germaniyada (1,6 %) qayd etilgan.Bundan ko’rinib turibdiki savdo aloqalari Xitoy Xalq Respublikasi bilan juda yaxshi yo’lga qo’yilganligini. Asosiy eksport yo'nalishlariga Rossiya, Xitoy, Qozog'iston, Turkiya va Qirg'iziston kiradi. Import odatda Xitoy, Rossiya, Janubiy Koreya, Qozog'iston va Turkiyadan keladi. 2020 yilda mamlakat Yevrosiyo iqtisodiy Ittifoqida kuzatuvchi bo'ldi va O'zbekiston hali JSTga a'zo bo'lmasa-da, millat a'zo bo'lish ustida ish olib bormoqda. Bundan tashqari, BAA va O'zbekiston o'z hamkorligini kengaytirish va savdo hajmi va to'qimachilik, qayta tiklanadigan energiya, infratuzilma va qishloq xo'jaligiga investitsiyalarni oshirishga kelishib oldi. Qozog'iston va O'zbekistonning chegara hududlarida ham yirik savdo-logistika markazi quriladi.
O `ZBEKISTON RESPUBLIKASI BILAN TASHQI SAVDO AYLANMASI ENG YUQORI BO`LGAN DAVLATLAR (2020-yil yanvar, mln. AQSh dollari, ulush %)
TSA-tashqi savdo aylanmasi
Shuningdek qo`shni davlatlar bilan o`zaro aloqalarni mustahkamlash, mamlakatlarni iqtisodiy-ijtimoiy, savdo-sanoat hamda madaniy sohalardagi aloqalarini rivojlantirish borasida katta ishlar amalga oshirilayotganini ko`rish mumkin. Xususan, qo`shni davlatlar Tojikiston va Qirg`iz Respublikasi bilan Tashqi savdo aylanmasida so`nggi yillarda katta o`zgarishlar kuzatilyapti. Misol uchun, so`nggi uch yilda Qirg`iz Respublikasi va Tojikiston bilan tashqi savdo aylanmasi oshdi. Qirg`iz Respublikasi, Tojikiston va Afg`oniston bilan faol tashqi savdo balansi kuzatilganini, mamlakatning tashqi savdodagi faoliyatini ijobiy natija sifatida baholash mumkin. Boshqa davlatlar qo`shni davlatlardan tashqari esa, tashqi savdo aylanmasida eng yuqori ulush Xitoy, Rossiya, Koreya Respublikasi va Turkiya davlatlari hissasiga to`g`ri kelgan. Tashqi iqtisodiy faoliyat bo`yicha 20 ta yirik hamkor-davlatlar orasidan oltita davlatda faol tashqi savdo balansi kuzatilgan, xususan, Afg`oniston 48,3 mln. AQSh dollari, Turkiya 26,9 mln. AQSh dollari Tojikiston 18,6 mln. AQSh dollari, Qirg’iz Respublikasi 14,3 mln. AQSh dollari, BAA 4,3 mln. AQSh dollari va Eron 2,3 mln. AQSh dollari. Qolgan 14 ta davlatlar bilan passiv tashqi savdo balansi saqlanib qolmoqda. Respublikamizda tashqi savdoni qo`llab-quvvatlash hamda MDH davlatlari bilan ushbu sohadagi hamkorlikni yanada mustahkamlash bo`yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar natijasida, 2020-yil yanvar oylida tashqi savdo aylanmasida MDH davlatlarining ulushi 33,7 %ni tashkil etib, tashqi savdo aylanmasining o`tgan yilga nisbatan o`sishi 109,1 %ni tashkil etdi. 2019-yilning mos davriga nisbatan 82,8 mln. AQSH dollariga o’sish kuzatildi va bu o’z navbatida qo’shni davlatlar bilan savdo maydonlarinig kengayishiga olib kelmoqda.
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASINING TASHQI SAVDO AYLANMASIDA MDH MAMLAKATLARI VA BOSHQA XORIJIY DAVLATLARNING HAJMLARI DINAMIKASI (yanvar, mln. AQSh dollari, ulushi, % da)

Boshqa xorijiy davlatlarning tashqi savdo aylanmasi 2020-yilda MDH davlatlariga nisbatan kamaydi (o`sish sur`ati 85,4 %) va jami tashqi savdo aylanmasidagi ulushi 66,3 %ni tashkil etdi. Xalqaro iqtisodiy aloqalarning rivojlanishi, eksportning barqaror o`sishiga ko`maklashadi va bu o`z navbatida ma`lum natijalarga erishish uchun zamin yaratadi. Mamlakatning eksport salohiyatini oshirish, eksportyorlarni davlat tomonidan qo`llab quvvatlash, eksportbop mahsulotlarni nomenklaturasini kengaytirish maqsadida amalga oshirilgan islohotlar eksporterlar sonini 1,9
mingtadan oshirdi va ular tomonidan 1 286,3 mlrd. AQSh dollari qiymatdagi (2019-yilning mos davriga nisbatan pasayish 15,1%) tovar va xizmatlar eksport qilinishini ta`minladi. Eksport tarkibida tovarlar ulushi 82,2 %ni tashkil etib, ular asosan qimmatbaho metallar (38,1 %), energiya tashuvchi va neft mahsulotlari (11,9 %), to`qimachilik buyumlari (12,1 %), oziq-ovqat mahsulotlari (5,1 %, shundan: meva-sabzavot – 3,0 %), rangli metall va undan tayyorlangan buyumlar (5,5 %) hamda kimyo mahsulotlari va buyumlari (3,5 %) hissasiga to`g`ri kelmoqda. To`qimachilik mahsulotlarining eksporti hajmining oshishi bevosita paxta xomashyosi o`rniga tayyor mahsulot ishlab chiqarish va qo`shimcha qiymat yaratish maqsadida amalga oshirilgan islohotlar natijasi sifatida qarash mumkin. Jumladan, joriy yilda 155,2 mln. AQSh dollarli to`qimachilik mahsulotlari eksporti amalga oshirilib, umumiy eksportning 12,1 % ini tashkil etdi va o`tgan yilga nisbatan 1,4 barobarga o`sdi. Eksport qilingan to`qimachilik mahsulotlari tarkibida paxtadan yigirilgan ip (56,1 %), tayyor trikotaj va tikuvchilik kiyimlari (22,4 %) asosiy ulushni egallagan. Yil boshidan 276 turga yaqin to`qimachilik mahsulotlari dunyoning 48 та davlatiga eksport qilindi.

Download 0,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish