§ 8.6. Prognozlashtirish tamoyillari
Ilmiy fan sifatida iqtisodiy prognozlashning rivojlanishida uning usuli, ya’ni mazkur sohada mavjud hodisalarni o‘rganish va umumlashtirishning turli vosita va uslublar tizimini ishlab chiqishda muhim rol uynaydi.
Iqtisodiy prognozlashning usuli boshqa bilim sohasidagi kabi tadqiq etilayotgan ob’ektga ta’alluqli bo‘lgan o‘rganilayotgan hodisa va dalillarning mohiyatini tushunishga imkon beradigan dialektik usullar hisoblanadi.
U nafaqat umumiy tadqiqot ilmiy usullari va yondoshuvlardan, balki iqtisodiy hodisani ilmiy prognozlashga xos bo‘lgan maxsus usullardan foydalanish asosida amalga oshiriladi. Umumiy yondoshuvlar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin.
Tarixiy yondoshuv har bir hodisani uning tarixiy shakllari bilan bog‘langan holda ko‘rib chiqishni nazarda tutadi. O‘tgan, hozirgi va kelgusi davrlarning o‘zaro bog‘liqligidan kelajak hozirgi davrda imkoniyat sifatida mavjud deb xulosa kelib chiqadi. SHu bois prognozlash hozirgi davrda mavjud bo‘lgan qonun, tendensiyalarni ularning asosida kelajakda hali mavjud bo‘lmagan modelini yaratish maqsadida uning chegaralardan tashqari olib o‘tish bilan bog‘liq. Bitta hodisaning turli tarixiy shakllarining aloqasi shuni anglatadiki, tadqiq etilayotgan ob’ektning hozirgi holati uning oldingi rivojlanishining qonuniyat natijasi, kelgusi holati esa o‘tgan va hozirgi davrdagi rivojlanishining qonuniyat natijasi hisoblanadi. Bunday yondoshuvda mantiqiy tadqiqot ijtimoiy rivojlanish tarixining aksi hisoblanadi.
Prognozlashga nisbatan tarixiy yondoshuvning muhim tomonlaridan biri uning amaliyoti bilan aloqasi hisoblanadi. Ijtimoiy amaliyoti iqtisodiy prognozlashning hamda boshqa ijtimoiy prognozlash turlarining asosini tashkil etadi. SHu bilan birga amaliyotni uning tarixiy rivojlanishini tashqi tomondan ko‘rib chiqaolish imkoniyati yo‘q. Hozirgi sharoitlarda ilmiy iqtisodiy prognozlashning vazifalari va yo‘nalishlarini belgilayligan baza sifatida rivojlangan jamiyat amaliyoti hisoblanadi. Bunda progozning vazifasi tadqiq etilayotgan ob’ektni tushinish bilan chegaralamaydi. Uning vazifasi, shuningdek, belgilangan yo‘nalishda ijtimoiy amaliyotni yanada takomillashtirish, qo‘yilgan maqsadlarga muvofiq holda kelajakni o‘zgartirish maqsadida olingan bilimlarni borliqqa ta’sir etish vositasiga aylantirishdan iborat.
Majmuaviy yondoshuv hodisalarni nafaqat mazkur fan, balki ushbu hodisalarni o‘rganilayotgan boshqa fanning tadqiqot usullaridan foydalanib, ularni aloqadorlik va bog‘liqlikda ko‘rib chiqishga imkon beradi. Ijtimoiy-iqtisodiy ob’ektlarning kelgusida rivojlanishi to‘g‘risidagi ilmiy tasavvurni ishlab chiqishning nazariy asosi siyosiy iqtisod hisoblanadi. Bashoratlashning metodologik tamoyillari bilim faoliyatining muhim jihati sifatida ilmiy falsafasining butun tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi. Demak, falsafaning ilmiy dastaksiz hech qanday prognozlash, shu jumladan iqtisodiy prognozlashni amalga oshirish mumkin emas. Huddi shu maqsadlarda iqtisodiy prognozlashning nazariyasi va amaliyotida boshqa ijtimoiy fanning ilmiy dastaklaridan keng foydalaniladi. Aniq ob’ektlarni tadqiq etishda iqtisodiy prognozlash ijtimoiy ishlab chiqarishni boshqarish fanning yutuqlari va ilmiy dastaklariga, rejalashtirish nazariyasiga hamda boshqa aniq iqtisodiy fanlarga asoslanadi. U shuningdek, bir qator tabiiy va texnik fanlar bilan uzviy bog‘liq.
Tizimli yondoshuv murakkab iqtisodiy tizimlarda ehtimolli jarayonlar sodir etilishining miqdoriy va sifatli qonuniyatlarini tadqiq etishni nazarda tutadi. Ushbu yondoshuv iqtisodiy prognozlashda muhim rol uynaydi. Borliqning har bir hodisasi tizim sifatida ko‘rib chiqilishi mumkin. Bu shuni anglatadiki, mazkur yondoshuv muayyan xossa, funksiya hamda harakatni ta’minlab beruvchi o‘zaro bog‘langan bir qator qism, unsurlardan iborat. Ushbu hossa va funksiyalarni bilgan holda tadqiq etilayotgan ob’ektning harakatini bashoratlash mumkin.
Tizimli yondoshuv fikrlashning mantiqiy tavsifini ifodalaydi, ya’ni unga ko‘ra har qanday qarorni ishlab chiqish va asoslash jarayoni tizimning umumiy maqsadlarini aniqlashdan hamda rivojlanish rejasi va ushbu faoliyatning boshqa barcha o‘lchamlarini inobatga olgan holda barcha tizimchalar faoliyatining maqsadlarga erishishga bo‘ysunmaydi. Bunda mazkur tizim yanada yirik tizimning bir qismi sifatida ko‘rib chiqiladi, uning rivojlanishining umumiy maqsadi esa ushbu yirik tizimning rivojlanish maqsadlari bilan muvofiqlashadi.
Murakkab ob’ektlar va u bilan bog‘liq jarayonlarni modellashtirish usullarining rivojlanishi natijasida qo‘yilgan maqsad va qarorlarni aniqlash, ishlab chiqish, tekshirish va amalga oshirish uchun matematik dasturlash va axborot texnologiyalaridan foydalanish tizimli yondoshuvning muhim unsurlaridan biriga aylandi. Ular tufayli tadqiqotlarda nafaqat hodisa va jarayonlarning sifatli baholashni qo‘llash, balki tahlilning haqqoniyligi va ob’ektivligini ta’minlovchi miqdoriy o‘lchamlardan foydalanish imkoniyatlari paydo bo‘lmoqda. Bilimlarning hozirgi darajasi tadqiqotlarda chiziqli va dinamik dasturlash, iqtisodiy-matematik modellar, ommaviy xizmat ko‘rsatish nazariyasi, o‘yinlar nazariyasidan keng foydalanish ko‘p sonli korrelyasiya, despersion tahlil usullarining statistik ma’lumotlarini qayta ishlash paytida foydalanishga imkoniyat yaratib beradi.
Tizimli yondoshuv ilmiy asosda rivojlanish maqsadlarini unga erishish uchun zarur resurslar bilan moslashtirish va shu bilan sub’ektiv qaror qabul qilishni oldini olishga imkon beradi.
Tizimli yondoshuv muayyan ierarxiya va ketma-ketlik bilan tavsiflovchi usul va modellar tizimi asosida prognozlarni tuzishni nazarda tutadi. Iqtisodiy rivojlanishni prognozlashning usul va modellar tizimliligi deb shakllangan joriy va kelgusi davrdagi iqtisodiy rivojlanish tendensiya va qonuniyatlarini o‘rganish, xalq xo‘jaligi ehtiyojlari va uning dinamikasi bilan aniqlanadigan mavjud resurslarni belgilangan maqsadli talablarga asoslangan iqtisodiy rivojlanishning har bir yo‘nalishi bo‘yicha muvofiq va ziddiyatsizlik prognozlarni ishlab chiqishga imkon beradigan bir butunlikka aytiladi. Prognozlash tizimliligi mamlakatning iqtisodiy rivojlanishning majmuaviy prognozlashni shakllantirish uchun modellardan foydalanishda muayyan ketma-ketlikni ko‘zda tutadi. Biroq mazkur bosqichda iqtisodiy prognozlash modellarning yahlit tizimini tuzish deyarli mumkin emas, chunki bu bir qator metodologik tafsilotiga oid qiyinchiliklar bilan bog‘liq. Ushbu masalani echish blokli modellarni, echimning hisoblash uslublarini unifikatsiya qilish (bir xillashtirish), ma’lumotlarning informatsion bankini yaratish asosida erishilishi mumkin. Alohida iqtisodiy ob’ektlarning xususiyatlari faqatgina prognozlashning alohida bloklarning ichki xususiyatlariga maksimal darajada yaqinlashish paytida yaqqol ifodasini topadi. SHu bois mamlakatning iqtisodiy rivojlantirishning majmuaviy prognozlarni shakllantirishda “blokli” tamoyilidan foydalanish eng samarali hisoblanadi.
Ilmiy asoslanganlik tamoyili iqtisodiy prognozlarning barcha pog‘onalarida jamiyat rivojlanishining ob’ektiv qonunlar talablarini har tomonlama hisobga olish prognozlarni shakllantirish bo‘yicha mamlakatimiz va xorijiy tajribalarning yutuqlarini chuqur o‘rganilishiga tayanishi lozim. Iqtisodiy prognozlashning ilmiy asoslanganligi haqiqiy sharoitlarni va prognozlash tajribalarni inkor etish holatiga mos kelmaydi.
Iqtisodiy ob’ektning rivojlanishini prognozlash majmua tizimining alohida bloklar prognozlarini ilmiy jihatdan shakllantirish sharoitlari sifatida xizmat qiladigan uslub va modellardan keng foydalanish, ularning asoslanganligi, harakatchanligi va o‘z vaqtida ta’sir etilganligi asosida tuzilishi lozim. Iqtisodiy prognozlar tizimi ishlab chiqarish kuchi va ishlab chiqarish munosabatlarini kengaytirilgan takror ishlab chiqarish yo‘nalishlari bo‘yicha ishlab chiqilgan prognozlarning ziddiyatsizligini ta’minlash va o‘zaro to‘g‘rilashni ta’minlashi lozim.
Prognozning muvofiqlik tamoyili iqtisodiyotni rivojlanishida nafaqat barqaror tendensiyalarni va o‘zaro aloqalarini aniqlash, balki ularni baholash hamda real iqtisodiy jarayonlarning nazariy o‘xshash jihatlarini yaratish jarayoni bilan tavsiflanadi. Bunda iqtisodiyot rivojlanishining tahlil va prognozining nazariy modeli deb real borliqni ilmiy aks ettirish shakli bo‘lib hisoblangan amalda joriy etiladigan model deb tushuniladi.
Muvofiqlik tamoyilini amalga oshirish haqiqiy jarayonlarning ehtimolli, stoxastik tafsilotini hisobga olishini nazarda tutadi, bu esa aniqlangan og‘ishlarni baholash va ustun turuvchi tendensiyalar ularning tafovuti mumkin bo‘lgan joyini aniqlash, ya’ni aniqlangan tendensiyani amalga oshirish ehtimolini baholash zarurligini anglatadi.
Ushbu holatda iqtisodiy prognozlarni shakllantirish prognozlash usul va modellarni tatbiq etishni nazarda tutadi. Bashoratlash dastagi bo‘lishidan avval progozlarni ishlab chiqishda foydalaniladigan usul va modellari bilim olish dastagiga aylanishi lozim. SHu bois ushbu talabni bajarish uchun foydalanilayotgan nazariy holatlarning domiy ravishda muvofiqligini ta’minlab beruvchi ko‘p sonli sinov tarzidagi hisob-kitoblari, ko‘rsatkichlar, matematik modellar, boshlang‘ich axborotlar tizimi, tahlil etilayotgan jarayonlarning mazmuniga hisoblash usullari zarur bo‘ladi.
Prognozlashning muqobillik tamoyili iqtisodiyotning va uning alohida bo‘g‘inlarning turli yo‘nalishlar, turli o‘zaro bog‘liqlikda va tarkibiy o‘zaro munosabatlarda rivojlanish imkoniyatlari bilan bog‘liq. SHakllangan o‘xshash jarayon va tendensiyalardan ularning kelgusida rivojlanishini bashoratlashga o‘tish paytida muqobil variantlarni tuzish, ya’ni iqtisodiyotni rivojlantirish mumkin bo‘lgan yo‘llarni aniqlash zaruriyati paydo bo‘ladi. Prognozlashning ehtimollik tavsifli sifatli bir xillikni saqlagan holda tasodifiy jarayon va og‘ishlarning, progoz qilinayotgan tendensiyalarning barqarorligining mavjudligini aks ettiradi. Muqobillik esa iqtisodiyot rivojlanishining turli sifatli variantlarning mavjudligini faraz qilishdan kelib chiqadi.
Tizimli-tarkibiy yondoshuv bir tarafdan dinamik rivojlanayotgan yaxlit sifatida tizimni (iqtisodiy tizimni) ko‘rib chiqish, ikkinchi tarafdan ushbu tizimlarning o‘zaro bog‘liqligida ularni tarkibiy elementlarga bo‘lishni nazarda tutadi. CHunki real sharoitlarda har bir tarkibiy element ham boshqa barcha elementlarga ham butun tizimga ta’sir etadi. Bu bilan tizim elementlarining aloqasidagi qonuniyatlarni ochib berish imkoniyati paydo bo‘ladi.
Iqtisodiy rivojlanish prognozini tizimli-tarkibiy yondoshuv nuqtai nazardan ishlab chiqish murakkab ierarxik tizimi sifatida mamlakatning iqtisodiyotini, uning barcha tarmoqlari va unsurlari bilan birgalikda hamda tashqi iqtisodiy aloqalarni hisobga olgan holda ko‘rib chiqishni nazarda tutadi.
Iqtisodiy prognozlashning o‘ziga xos yondoshuv va usullari qisman va butunlicha iqtisodiy prognostika bilan bog‘liq. Ushbu fanning tarkibi uning asosiy muammolari bilan belgilanadi: prognoz ob’ektini tahlil va sintez qilish; prognozlash usulining prognoz ob’ektiga moslashtirish; prognozlarni ishlab chiqish jarayonlarini algoritmlashtirish. Iqtisodiy prognostikaning dastaklari orasida prognostik axborotlarni qayta ishlash bo‘yicha miqdoriy usullar–iqtisodiy-matematik usullar, iqtisodiy-matematik modellashtirish, statistik ekstrapolyasiyasi va h.k. muhim rol o‘ynaydi.
Ilmiy prognozlash muammosi tegishlicha qonunlar funksiyasi va fan nazariyasi sifatida prognozlarni tadqiq etish bilan bog‘liq nazariy-o‘rganish jihatini ham, prognozlashning rejalashtirish va boshqarish bilan bevosita aloqada bo‘lishida ifodalovchi amaliy jihatini ham qamrab oladi.
Prognozlashning ob’ektiv asosini dialektika qonunlari tashkil etadi. Prognostik funksiyalari quyidagilarni bajaradi: birdamlilik va qarama-qarshilikka kurash qonuni, miqdoriy va sifatli o‘zgarishlarning o‘zaro o‘tish qonuni, inkorni inkor etish qonuni. SHu bilan birga bu materialistik dialektika prognozlash to‘g‘risida yagona fan deb hisoblanishi noto‘g‘ri fikr. Barcha fanlar prognostik funksiyani bajaradi, ularning har birida ushbu funksiya tadqiqot predmeti va u yordamida o‘rganilayotgan qonuniyatlar doirasi bilan aniqlanadigan o‘ziga xos xususiyatga ega.
Bashoratlashning oldindan aytib berish funksiyasi tabiat va jamiyatning ob’ektiv qonunlarining amal qilishi bilan bog‘liq. Ushbu harakatlar hodisalar va ularning hossalari o‘rtasidagi u yoki bu zarur, sezilarli va takror ishlab chiqadigan aloqalarning aksi sifatida qonuning mohiyati o‘zidan kelib chiqadi. Zarurlik va takror ishlab chiqilganligi hodisalarning qonun bilan aniqlanadigan aloqasi qonunning amal qilish sharoitlarini saqlagan holda kelajakda ham hodisa va jarayonlar takrorlanishini bildiradi. Demak, qonun(lar) harakatini ekstrapolyasiyasi asosida kelajakni ko‘ra bilishning qat’iy imkoniyatlari kelib chiqadi.
Har qanday hodisalarning paydo bo‘lishi o‘zining hal qiluvchi asoslariga ega. Ushbu asoslar sabablar deb yuritiladi, ular tufayli bo‘ladigan o‘zgarishlar esa oqibatlar deb yuritiladi. Demak, sabab - oqibatdan oldin keladigan va zaruriyat tug‘ilmagan holda uni vujudga keltiradigan hodisa hisoblanadi. Jahondagi barcha hodisalar sababiyat tamoyiliga bo‘ysunadi, tafakkur esa hodisaning sababini aniqlash bilan bog‘liq. Sababni bilgan holda ularning oqibatlarini ham bashoratlab berish mumkin. Agar ushbu oqibatlar jamiyat uchun zararli bo‘lsa, jamiyat sabablarni o‘zgartirish bilan bog‘liq bo‘lgan harakatlarni amalga oshirishi mumkin. Demak, sababiyat tamoyili, bir tomondan, ilmiy bashoratlashning asosi, ikkinchi tomondan, amaliy faoliyatning, shu jumladan prognozlash maqsadiga erishish uchun bazasi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |