Makroiqtisodiy tahlil va prognozlash


§1.3. Makroitisodiy tahlil va prognozlashning o‘zaro bog‘liqligi hamda ulaning iqtisodiy fanlar tizimidagi o‘rni



Download 5,35 Mb.
bet14/134
Sana31.08.2021
Hajmi5,35 Mb.
#161035
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   134
Bog'liq
Макроиқтисодий таҳлил ва прог ш Дарслик

§1.3. Makroitisodiy tahlil va prognozlashning o‘zaro bog‘liqligi hamda ulaning iqtisodiy fanlar tizimidagi o‘rni.
“Makroiqtisodiy tahlil va prognozlash” fanini “Makroiqtisodiy” yo‘nalish bo‘yicha bakalavriatning 3-kursida mutaxassislik fanlari sifatida o‘qitiladi. Makroiqtisodiy jarayon va uni ifodalovchi ko‘rsatkichlarning shakllanishi hamda ularni boshqarishda optimal echim qabul qilish, o‘ta murakkab mexanizm hisoblanadi. CHunki, bir necha marta ko‘p bo‘lgan iqtisodiyotning mikrodarajadagi ko‘rsatkichlari majmuasidan tashkil topgan makroko‘rsatkichlarning dinamik holati vaqt bo‘yicha o‘zgaruvchan bo‘ladi. SHuning bilan birgalikda har qanaqa tahlil qilinadigan, prognoz qilanadigan, samarali boshqariladigan ob’ektlarni xususiyatlari statistik ma’lumotlarda ifodalanadi. Etarli darajadagi ishonchli statistik ma’lumotlarsiz, axborotsiz tahlil ham, prognoz ham va nihoyat samarali boshqarish echimi bo‘yicha xulosalar ham qilib bo‘lmaydi.

Ushbu fan bir biri bilan bevosita uzviy bog‘liq bo‘lgan 2-bo‘limdan, ya’ni makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirishdan iborat. Birinchisining natijaviy ko‘rsatkichlari, ikkinchisi, ya’ni prognozlash uchun asos bo‘ladi. Fanni to‘liq o‘zlashtirish uchun iqtisodiy tahlil haqida chuqur bilmga ega bo‘lish kerak. Iqtisodiy tahlil fanining asosiy yo‘nalishlaridan bo‘lib murakkab tashkiliy tizimga va uslubiyatga egadir. Har qanaqa ob’ektni, jumladan iqtisodiy ob’ektlarni samarali boshqarish, to‘g‘ri echim qabul qilish, ishonchli prognoz natijalariga erishishning asosiy talablari to‘g‘ri tahlil qilishdan iborat.

Iqtisodiy tahlilning nazariyasi va amaliyoti, uslubiyati va usullari adabiyotlarda keng yoritilgan.

Prognozlash fan sifatida 20-asrning o‘rtalarida shakllantirildi va u doimiy ravishda takomillashtirilmoqda. Barcha sohada, jumladan, makroiqtisodiy jarayonlar faoliyati bilan shug‘ullanayotgan boshqaruvchilar, mutaxassislar prognozlashni to‘liq o‘zlashtirgan prognozist bo‘lishi kerak. CHunki mamlakat iqtisodiyoti o‘zaro bog‘liq bo‘lgan tarmoqlardan iborat bo‘lib yuqori darajadagi murakkab tizim hisoblanadi, bir necha o‘nlab ishlab chiqarish resurslari harakatda bo‘ladi, turli ehtiyojlar uchun tayyor mahsulotlar ishlab chiqariladi. Ushbu dinamik tizimning kelajagini to‘g‘ri baholash prognozlash asosida amalga oshiriladi.

“Makroiqtisodiy tahlil va prognozlash” fanini o‘zlashtirish uchun talabalar birinchi va ikkinchi kursda bevosita shu fanga ta’luqli bir nechta fanlar bo‘yicha etarli darajada bilimga ega bo‘lishlari shart. Ushbu holatdan kelib chiqib “Makroiqtisodiy tahlil va prognozlash” fanining shakllanishi, maqsadi, mohiyati va boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi 1.2.1-rasmda keltirilgan.

Makroiqtisodiy tahlilini amalga oshirish uchun dastlab makroiqtisodiy jarayonlarni ob’ekt sifatida, ya’ni makroko‘rsatkichlarni bilish kerak, ularning o‘ziga xos xususiyatlarini, hisoblash usullarini, ularga ta’sir qiluvchi omillar tizimi haqida to‘liq tassavurga ega bo‘lish lozim.






Download 5,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish