§10.1. Iqtisodiy prognozlash modellarining turlari
Iqtisodiy va ijtimoiy prognozlashda turli modellardan keng foydalaniladi. “Model” so‘zi lotincha “modulus” so‘zidan kelib chiqib, o‘lcham, namuna deb anglatadi. “Model” fanda tadqiqot ob’ektining qandaydir shartli shakli, prognozlashda esa iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlarni bildiradi.
Model iqtisodiy prognozlashning, tadqiqot qilinayotgan jarayonlarni ilmiy jihatdan bilish dastaklardan biri hisoblanadi. Modellashtirish jarayonining mazmuniga ob’ekt yoki jarayonni dastlab o‘rganib olish, uning muhim tavsilotlarini yoki belgilarini aniqlash asosida modellarni tuzish, modellarni nazariy va sinovli tahlil qilish, modellashtirish natijalarni ob’ekt yoki jarayon to‘g‘risidagi haqiqiy ma’lumotlar bilan taqqoslash, modelni to‘g‘rilash va aniqlashtirish kabilar kiradi.
Prognozlashning alohida modellari va modellar tizimiga qo‘yiladigan talablari modellar ishlab chiqilishi mumkin va lozim bo‘lgan usullarni tanlash va ular bo‘yicha hisob-kitoblarni amalga oshirish usul va vositalar natijasida vujudga keladi. Ushbu talablar asosan quyidagi holatlarni nazarda tutadi:
-uslubiyat mazkur prognoz uchun muayyan tuzilmaga ega bo‘lgan kirish ma’lumotining tavsifi va ko‘rsatkichlari to‘g‘risida etarli darajada keng taxminlarda alohida progozlarni tuzishga imkon beradigan qoida (algoritm)larning ketma-ketligini aniq izohlab berishi lozim;
-uslubiyat odatda prognoz variantlar bo‘yicha o‘zgaradigan, bir xil bo‘lmagan va katta hajmdagi ma’lumotlardan kelib chiqib o‘z vaqtida va ko‘p marotaba hisob-kitoblarni olib borishga imkon beradigan usul va texnik vositalarini qo‘llashi lozim;
-o‘xshash usubiyatlarda prognoz qilinayotgan jarayon va ko‘rsatkichlarning murakkab, ko‘p omilli aloqalar hisobga olinishi lozim. Ushbu sharoitlarda muhim va turg‘un qonuniyat va tendensiyalarning aniqlanishi ta’minlanishi lozim. Ushbu aniqlash jarayoni boshlang‘ich materiallarda ham, uslubiyat ma’lumotlari bo‘yicha olinadigan natijalarni va u bilan bog‘liq bo‘lgan modellar majmuasi bo‘yicha ularning hisob-kitoblarini tahlil qilish jarayonida ham zurur hisoblanadi;
-tizimdagi alohida prognozlarning muvofiqligita’minlanishi lozim. Prognozlar tizimi ziddiyatsizlik bo‘lishi lozim.
Matematik usullardan foydalanish ilmiy-texnik taraqqiyoti prognozining asoslanganligi, amaliyotliligi va o‘z vaqtliligiga nisbatan yuqori talablarga javob beradigan prognozlash usullarini ishlab chiqish va ulardan foydalanish uchun zarur sharoitlar hisoblanadi.
Iqtisodiy, ijtimoiy jarayonlar rivojlanishining qonuniyatlarini o‘rganish vositasi iqtisodiy-matematik modeli hisoblanadi. Iqtisodiy-matematik modeli o‘z mohiyatiga ko‘ra iqtisodiy tizimni hosil qiluvchi elementlarining asosiy o‘zaro aloqasini izohlab beruvchi rasmiylashgan nisbatlar tizimini ifodalaydi.
Ekonometrik turdagi iqtisodiy-matematik modellar tizimi iqtisodiy va ijtimoiy sohaning nisbatan murakkab jarayonlarini izohlash uchun xizmat qiladi. Ekonometrik modellashtirish retrospektivga oid statistik axborotlarni qayta ishlash, alohida o‘zgaruvchan ko‘rsatkichlarning miqdorlarini va ularning o‘lchamlarini baholashga asoslangan.
Iqtisodiy-matematik modeli masalan quyidagicha ifodalanilishi mumkin . Bu model misol tariqasida u yoki bu buyumni tayyorlash uchun talab qilinadigan materiallarga bo‘lgan prognoz talablarini aniqlashda qo‘llanilishi mumkin. Bu holatda X – buyumlar soni, a– bitta buyum uchun material sarflanish me’yori, Z–materiallarga bo‘lgan umumiy ehtiyoji.
Iqtisodiy-matematik modeli, agar bir nechta tur buyumlarni tayyorlash uchun materiallarga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash kerak bo‘lsa, murakkab ko‘rinishga ega bo‘ladi: yoki , bu erda n = 1, 2, 3,...n. Ushbu model materiallarga bo‘lgan ehtiyojning ikki guruh omillarga bog‘liq ekanligini ko‘rsatib turibdi: tayyorlanayotgan buyumlar soni va buyum uchun materiallar sarflanish me’yori. Bunday model deskriptiv (lotincha “desckribo”)deb ataladi/
Iqtisodiy va ijtiomiy parognozlash modellarining ayrim turlari optimallashtirish mezoni yoki eng yaxshi kutilayotgan natijaga qarab tasniflanishi mumkin. Xususan, iqtisodiy-matematik modellar (unda xarajatlar minimallashtiriladi) va masalan imkon qadar ko‘p mahsulot olishga qaratilgan modellar ajratiladi.
Vaqt omilini hisobga olgan holda modellar statistik (ya’ni modelda rejali davr mobaynida muayyan bir vaqt kesimi uchun chegaralar qo‘yilgan va bu sharoitlarda xarajatalar minimalashtiriladigan yoki yakuniy natija maksimallashtiradigan holatlar mavjud) yoki dinamik (bu holatda chegaralar butun rejali davr uchun samarani huddi shunday minimallashtirish yoki makismallashtirish sharoitida bir nechta vaqt kesimi uchun o‘rnatilgan).
Quyidagi ekonometrik modellarni ajratib olish mumkin: omilli, tarkibli va kombinatsion. Bitta model turi turli iqtisodiy ob’ektlarga nisbatan qo‘llanilishi mumkin. Agregirlashgan darajasiga qarab iqtisodiyotni rivojlanishining ko‘rsatkichlarini makroiqtisodiy, tarmoqlararo, hududlararo, tarmoqli,hududiy modellarga bo‘linadi. Iqtisodiyotni rivojlantirish jihatlari bo‘yicha asosiy fondlarni, mehnat resurslarnitakror ishlab chiqarish, moliya tizimi va narx shakllantirish hamda boshqa modellarajralib turadi.
Omilli modellar u yoki bu iqtisodiy ko‘rsatkichning darajasi va dinamikasi hamda unga ta’sir etuvchi iqtisodiy ko‘rsatkichlar-dalillarning darajasi va dinamikasiga bo‘lgan nisbatlarini izohlaydi.
Ekonometrik modellarning o‘zgaruvchan ko‘rsatkichlari ekzogen (tashqi) va endogen (ichki) modellarga bo‘linadi. Masalan modeldagi ekzogen omillar korxona uchun etkazib berishlarning jo‘shqinligini, endogen omillar esa korxonada mehnat resurslarning mavjudligini ko‘rsatib berishi mumkin.
Omilli modellar o‘zgaruvchi ko‘rsatkichlarning turli miqdorini va ularga mos ravishda o‘lchamlarini o‘z tarkibiga olishi mumkin. Omilli modelning sodda turi bir omilli model hisoblanadi. Unda omil sifatida biron bir vaqt ko‘rsatkichi xizmat qiladi. Bu holatda u yoki bu ko‘rsatkichni tahlil va prognoz qilish vaqtning xronologik qatoriga nisbatan bog‘liqlikda amalga oshiriladi va shu yo‘l bilan trendlar (u yoki bu dinamik qatori o‘zgarishining umumiy tendensiyani tavsiflovchi bog‘liqlik) aniqlanadi.
Zamonaviy dinamik tarmoqlararo modellar iqtisodiy rivojlanishning sur’atlari va nisbatlarini aniqlovchi uchta asosiy omillar guruhi bo‘yicha iqtisodiyotning rivojlanish istiqbolini bashoratlashga imkon beradi. Xususan ular quyidagilar: rejali davr boshiga yig‘ilgan asosiy ishlab chiqarish fondlarnimiqyosi va tarkibi bilan tavsiflanadigan iqtisodiy salohiyatning boshlang‘ich darajasi; mehnat resurslaridan unumli foydalanish ko‘rsatkichlar o‘zgarishining istibolli tendensiyalar; jamiyatning yakuniy ehtiyojlarining istiqbolli tarkibi.
Ko‘p mahsulotli modellarda butun tarmoq ishlab chiqarayotgan mahsulotga va xomashyo yoki boshqa qandaydir resurslarni iste’mol qilishga bo‘lgan talab bo‘yicha ikkita yoki undan ham ko‘p chegaralar ko‘rib chiqiladi. Ushbu modellarda turli mahsulotlarni iste’molida o‘rnini bosadigan xususiyatini hisobga olgan holda turdosh mahsulotga keltirish imkoniyatidan unumli foydalanilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |