§ 8.5. Prognozlar tasnifi
Prognozlarning tasnifi maqsadlar, vazifalar, prognozlashtirish ob’ektlari, ogohlantirish vaqtlari, ilmiy-uslubiy asoslar va prognozlashtirish tashkilotlari hamda uning yakuniy natijalari shakllari kabi bir qancha belgilarga bog‘liq holda amalga oshiriladi.
Prognozlashtirish tizimining ko‘lamiga ko‘ra jahon xo‘jaligidan tortib, to korxonalar va alohida ishlab chiqaruvchi xo‘jaliklargacha differensiatsiya (tabaqalanish) sur’ati ancha yuqori. SHundan kelib chiqqan holda quyidagi prognoz guruhlarini ajratib ko‘rsatishimiz mumkin:
xalqaro iqtisodiyot prognozi, shu jumladan, tashqi savdo va jahon bozori kon’ukturasi;
mamlakat iqtisodiyotining yaxlit, yagona mahsulot tarzida hamda tarmoqlararo tarzda prognoz qilinishi;
yoqilg‘i-energetika majmuasi, agrosanoat majmuasi va boshqa xalq xo‘jaligi majmualarining prognozi;
bir mahsulotli yoki ko‘p mahsulotli xalq xo‘jaligi tarmoqlarining prognozi;
imkoniyati darajasida butun mintaqaviy ijtimoiy-iqtisodiy tizimni qamrab oluvchi hududlar prognozi;
tashkilotlar, alohida ishlab chiqarishlarni birlashtirishni ko‘zda tutuvchi xalq xo‘jaligining birinchi darajali bo‘g‘inlari prognozi.
Prognozlarning bunday tasniflanishi 8.1-rasm (chap tomoni)da yoritib o‘tilgan bo‘lib, shu er (o‘ng tomon)da prognozlashtirish ob’ektlari bo‘yicha prognozlar tipologiyasi keltirib o‘tilgan. SHunday prognozlarining to‘liq yoki qisman to‘liq (demografik, ekologik kabi) ijtimoiy-iqtisodiy prognozlashtirishga tegishli bo‘lgan 10 ta guruhi ajratib ko‘rsatilgan. Ushbu guruhlardan har birining mazmuniga to‘xtalib o‘tamiz.
Demografik prognozlar aholining jinsiy jihatdan yoshiga bog‘liq bo‘lgan tuzulishidan, tug‘ilish va o‘lim to‘g‘risidagi ma’lumotlardan hamda umr ko‘rish davomiyligidan iborat bo‘lgan aholi dinamikasini o‘z ichiga oladi. Bandlik va mehnat resurslarini takror ishlab chiqarish, oilalar soni va kattaligi hamda aholi migratsion oqimlarining yo‘nalishlari va hajmi tadqiq etilmoqda. Boshqa iqtisodiy va ijtimoiy hisob-kitoblar uchun asosiy mazmun bo‘lib mehnatga layoqatli aholini joylashtirish, ularning soni va tarkibi hisoblanadi.
Resurslar prognozi eng avvalo tabiiy resurslar: yoqilg‘i-energetika, mineral-xomashyo, suv, o‘rmon resurslari va hokazolarni o‘z ichiga oladi. Ko‘pgina hollarda resurslarning mavjudligi orqali xalq xo‘jaligining tuzilishi aniqlanadi. Zahiralarning kamayishi, sifatning pasayishi, turli xildagi resurslarni qazib olish sharoitlarining og‘irlashuvi kelajakdagi ana shu kabi muammolar holati to‘g‘risida asosli ma’lumotlarni taqozo etadi.
Ishlab chiqarish prognozlari ko‘p tomonlama har xil ishlab chiqarish kuchlari va munosabatlarini o‘z ichiga oladi. Bu – iqtisodiy o‘sish sur’ati, xalq xo‘jaligining yakuniy mahsulot hajmi va tuzilishi, tarmoqlararo aloqalar, ishlab chiqarishni hududiy joylashtirish, asosiy ishlab chiqariluvchi mahsulotlarning hajmi, tarkibi va sifatining sof hisobi.
Kapital qo‘yilmalar va kapital qurilish prognozlariga kapital qo‘yilmalar hajmi va tuzilishi, amalga oshirilayotgan qurilish bahosi, asosiy fondlarning amalga tadbiq etilishi, bino, inshootlarning qurilishi, ularning yaroqlilik muddati, ishdan chiqishi va almashtirilishi kabilar kiradi.
Moliya, daromad, narxlarning prognozlari pul-moliya tizimining – davlat byudjeti, aholining pul daromadlari va xarajatlari balansi, moliyaviy resurslar balansi, ijtimoiy sug‘urta byudjeti kabi muhim balanslarini o‘z ichiga qamrab oladi. Bundan tashqari ishlab chiqarish xarajatlari, foyda hamda umumimkoniy narxni shakllantiruvchi omillar ham ushbu ro‘yhatga kiritiladi. Ilm-fanning bevosita jamiyat ishlab chiqarish kuchiga aylanishi yo‘qolib borayotganligi tufayli, fan va texnikaning prognozi ahamiyati oshib bormoqda. Ilmiy-texnik prognozlar muhim va amaliy tadqiqotlarni, ilmiy-texnika yutuqlarining rivojlanishi va ularni turli xildagi ishlab chiqarishlarga joriy etish prognozlarini, iqtisodiyot tarmoqlarini, jamiyat hayotiga ilmiy-texnik jarayonning ijtimoiy ta’siri prognozi kabilarni o‘z ichiga oladi Iste’mol prognozlariga ikki xil shaklga – shaxsiy va ishlab chiqarish ehtiyojlariga olib keluvchi umumiy ehtiyojni tadqiq qilish to‘g‘ri keladi.
Iste’molni prognozlashtirishdagi muhim jihat etiyojlarning kattaligi va tuzilishi kelajakda nihoyatda ehtimolli tus oladi hamda ko‘plab omillarga bog‘liq bo‘ladi. Ehtiyojlar to‘g‘risida etarli bilimga ega bo‘lmasdan turib, ishlab chiqarishni to‘g‘ri rejalashtirib bo‘lmaydi.
Ijtimoiy prognozlar sifatida hayot tarzi, qolaversa, odamlarning, jamoalarning, ijtimoiy guruhlarning, mehnat sharoiti nuqta’i nazardan jamiyatning, turmush va dam olishning hayot kechirish usullari, umumimkoniy moddiy va ma’naviy ehtiyojlarni qondirish darajalari, ijtimoiy infratuzilmaning shakllanishi, madaniyat doirasidagi tendensiyalar, ta’lim, sog‘liqni saqlash va hokazolar kabi murakkab umumiylik tadqiq qilinadi. Bu erdagi sezilarli ulushni aholining barcha turdagi tovar va xizmatlarga bo‘lgan talabi prognozlari egallaydi.
.
Do'stlaringiz bilan baham: |