Tovarlar va xizmatlar. MHT doirasida har bir ishlab chiqarish birligi u tovarlar ishlab chiqarish yoki xizmatlar ko‘rsatishidan qat’i nazar kiritiladigan resurslardan foydalanadi, mahsulot ishlab chiqaradi va qo‘shilgan qiymatni yaratadi, deb hisoblash qabul qilingan. Barcha ishlab chiqarish birliklari tomonidan yaratiladigan qo‘shilgan qiymat jamlanadi, YAIMga hamma vaqt xizmatlar sohasida yaratiladigan qo‘shilgan qiymat ham qo‘shiladi. Har bir turdagi mahsulotning qiymati bozorda olish mumkin bo‘lgan narx yoki tartibga solinadigan narx bilan o‘lchanadi, bu (masalan, telefon xizmatlari uchun) "tabiiy" monopoliyalar holatida o‘rin tutadi. Davlat boshqaruvi sektorida uning mahsulotining qiymati barcha kiritiladigan omillar qiymati bilan, ya’ni davlat sektorida ish haqining umumiy summasi bilan o‘lchanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |