§14.1. Aholi sonini prognozlashning nazariy jihatlari
Fan va texnikaning rivojlanishini prognoz qilish mehnat xususiyatidagi o‘zgarishlarni, intellektual mehnat sohasidagi inson imkoniyatlaridan foydalanish istiqbollarini aniqlash imkonini beradi.
Demografik prognozlar aholining harakatini va mehnat resurslarining takror ishlab chiqarilishini, mehnatga layoqatli aholining bandlik darajasini, uning malaka va kasbiy tarkibini o‘z ichiga oladi. Demografik prognoz aholining dinamikasini uning yosh va jins tarkibini, tug‘ilish va o‘lim darajasi, aholining xududiy joylashishi xaqidagi ma’lumotlarni tahlildan o‘tkazish asosida ko‘rib chiqadi. Demografik prognoz kelajakda oilalarning soni, ularning o‘rtacha kattaligi, migratsiya jarayonlarining yo‘nalishi va jadalligi, faol mehnat faoliyatining uzunlugi, mehnat faoliyatini boshlash va tamomlash, pensiyaga chiqishning o‘rtacha yoshlari, aholi umrining o‘rtacha uzunligi xaqida zarur ma’lumotlar olish imkonini beradi.
Demografik prognozlar asosida aholi ehtiyojlarining xajmi va tuzilishi, shaxsiy iste’mol mollari ishlab chiqarish, ma’orif, sog‘liqni saqlash va xokazolarni rivojlantirish rejalashtiriladi. Xullas, demografik prognozlar ijtimoiy rivojlanish va turmush darajasini oshirish prognozlari bilan uzviy bog‘liq.
“Ijtimoiy rivojlanish prognozlari aholining ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlarini, turmush tarzining o‘zgarishi tendensiyalarini aniqlash sohasidagi murakkab tadqiqotlar kompleksini o‘z ichiga oladi. Bu kompleksga quyidagilar kiradi: mehnat resurslarining bandligi va ularning foydalanish, milliy boylikni takror ishlab chiqarish, noishlab chiqarish ehtiyojlarini shakllantirish, aholining turmush darajasi, iqtisod tarmoqlarini rivojlantirish, xududiy o‘zgarishlar, iqtisodiy o‘sish, iqtisod mexanizm iva boshqaruv tizimini rivojlantirish, jaxon xo‘jaligi va tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish prognozlarini ishlab chiqish. Demografik prognozlash barcha kompleks dasturlar uchun ko‘p qirrali asos bo‘lib xizmat qiladi. Aholining kelajakdagi miqdori prognozi yaxlit xalq xo‘jaligini dinamikasini prognozlashning muhim elementi hisoblanadi. Demografik prognozlar aholi harakati va mehnat resurslarining qayta ishlab chiqarishi mehnatga layoqatli aholi bandligining darajasi, uning moliyaviy va kasbiy tarkibini qamrab oladi. Demografik prognozlar aholi dinamikasini uning jinsiy yosh strukturasi, tug‘ilish, xududiy harakati tugrisidagi ma’lumotlarni tahlil qilish asosida kurib chiqdi. Demografik prognozlash oilalarning kelajak sonini ularning urtacha kattaligi, aholi kuchma oqimlarining intensivligi, yunalishlari, faol mehnat faoliyati, davomiyligi va boshqalar tugrisida prognoz axborot olish imkoniyatini beradi.
Demografik prognozlar asosida jamiyat ehtiyojlari xajmi va strukturasi, iste’mol tovarlari ishlab chiqarish, xalq ta’limi, sog‘liqni saqlash tizimi taraqqiyoti va boshqalar rejalashtiriladi. SHu tahlil demografik prognozlar ijtimoiy taraqqiyot va xayot darajasini oshirish prognozlari bilan izchil bog‘langan. Demografik prognozlashni amalga oshirishda usullarni tanlash muhim jihat hisoblanib, ularning yordamida aholining kelajakdagi sonini yanada aniqroq belgilash mumkin. Aholi sonini prognozlashning asosiy usullaridan biri komponentlar usuli hisoblanib, uning mohiyati asosiy komponentlarning kelajak dinamikasi, ya’ni tug‘ilishlar va o‘lishlar soni, xududga kuchib kelishlar va kuchib ketishlar sonini jamlashdan iborat. Butun mamlakat miqyosida aholi sonini prognoz qilishda dastlabki ikki komponent etarlidir.
Biroq alohida respublikalar buyicha aholining kelajakdagi sonini hisoblashda ichki migratsiya soldosini hisoblash muammosi muhim ahamiyat kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |