Makroiqtisodiy tahlil va prognozlash


Makroiqtisodiy tahlilning vositalari



Download 168,32 Kb.
bet4/10
Sana14.06.2022
Hajmi168,32 Kb.
#670453
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1-maruza

Makroiqtisodiy tahlilning vositalari

Fan metodologiyasi o’zida predmetini anglashga yo’naltirilgan tamoyillar, usullar va metodlar, qoidalar tizimini aks ettiradi. Bilish faoliyati jarayonini yaxlit tadqiq etuvchi anglash nazariyasidan metodologiya shunisi bilan farq qiladiki, u anglash metodlariga ko’proq diqqatni qaratadi. Agar fan nazariyasi o’zida bilish jarayoni natijasini aks ettirsa, u holda metodologiya ushbu bilimlarga erishish usuli va tadqiqiy faoliyatga yo’naltiruvchi asos sanaladi.
Fan metodologiyasining asosiy tarkibiy qismlari – bu predmetni o’rganish yondashuvining umumiy tamoyillarini va uni tadqiq qilishning aniq metodikasini ishlab chiqishdir.
Turli fanlar uchun o’ziga xos bo’lgan o’z predmetini o’rganishga yondashuv usullari (jumladan, IT ham) bilishning umumiy dialektik metodiga asoslanadi.
Bilishning dialektik metodi barcha hodisa va jarayonlarni uzluksiz harakatda, o’zgarish va taraqqiyotda ko’rib chiqish zaruratidan kelib chiqadi. Hech narsa o’z o’rnida turmaydi, barchasi oqadi, barchasi o’zgaradi. Har kun, har soat, har daqiqada korxona iqtisodiyotida o’zgarish sodir bo’lib, ular taqqoslash jarayonida anglanadi. Muntazam taqqoslashning zarurati – IT xarakterli jihatlaridan biridir. Taqqoslash IT da juda keng qo’llaniladi: faoliyatning haqiqiy natijalari o’tgan yillar natijalari bilan, boshqa korxonalarning erishgan yutuqlari, maqsadli va prognoz parametrlar, me’yoriy ma’lumotlar va boshqalar bilan taqqoslanadi.
Dialektik metod tamoyillari bilan mutanosiblikda har bir jarayon, har bir hodisa qarama-qarshilik kurashi va birligi sifatida ko’rib chiqilishi zarur. Bu tamoyil har bir jarayon, har bir hodisaning ichki qarama-qarshiligi, ijobiy va salbiy tomonlarini o’rganish zaruratini taqozo etadi. Bu ham IT tavsifli qirralaridan biridir. Masalan, texnik yangilanishlar mehnat unumdorligini o’sishi, rentabellik va boshqa ko’rsatkichlar darajasi oshishiga ijobiy ta’sir o’tkazadi, lekin bunda uning atorf-muhitni ifloslantirishi kabi salbiy oqibatlarini ham yodda tutish lozim.
Makroiqtisodiy tahlilda va prognozlashda dialektik metoddan foydalanish korxonaning xo’jalik faoiyatini o’rganish barcha o’zaro bog’liqliklarni hisobga olgan holda olib borishi lozimligini anglatadi. Hech bir hodisa agar u boshqalardan ajratilgan holda aloqadorliksizda ko’rib chiqilsa, to’g’ri tushunilishi mumkin emas. Misol uchun, yangi texnikani joriy etishning mahsulot ishlab chiqarish tannarxi darajasiga ta’sirini o’rganishda nafaqat bevosita, balki bilvosita aloqani ham hisobga olish zarur. Ma’lumki, yangi texnika joriy etilishi bilan ishlab chiqarish xarajatlari, demak mahsulot ishlab chiqarish tannarxi ham oshadi. Lekin, bu holat mehnat unumdorligi oshishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Bu esa, ish haqidan tejalishiga va shu omil tufayli mahsulot ishlab chiqarish tannarxi pasayishiga olib keladi. Demak, u yoki bu iqtisodiy hodisani anglash va to’g’ri baholash uchun barcha o’zaro aloqalarni boshqa hodisalar bilan o’zaro bog’liqliklarni o’rganish zarur. Bu ham IT ning metodologik jihatlaridan biridir.
Makroiqtisodiy tahlil va prognozlashning muhim metodologik jihatlaridan biri uning nafaqat sabab-oqibat aloqalarini o’rganish, balki ularga miqdoriy tavsif berishi, ya’ni faoliyat natijalariga omillar ta’sirini miqdoran o’lchashni ta’minlash sanaladi. Bu analitik tadqiqotlar darajasini oshiradi.
Makroiqtisodiy tahlilda va prognozlash sabab aloqalarini o’rganish va o’lchashni induktsiya va deduktsiya metodi bilan amalga oshirish mumkin. Mantiqiy induktsiya ko’magida sabab, aloqalarini o’rganish usuli shundan iboratki, tadqiqot xususiydan umumiy tomon, xususiy dalillardan umumlashtirish, sababdan natija tomon olib boriladi. Deduktsiya — shunday usulki, bunda tadqiqot umumiy dalillardan xususiyga, natijalardan sababga tomon amalga oshiriladi. IT da ham u ham bu yondashuvdan foydalaniladi. Induktsiya metodlari barcha ko’rsatkichlarning alohida omillarga nisbatan o’zgarishidagi ta’sirchanlikni kompleks baholash uchun qo’llaniladi. Deduktsiya yordamida tadqiq etilayotgan natijaviy ko’rsatkichni shakllantiruvchi butun kompleks omillar tadqiq qilinadi.
Bilishning dialektik metodiga muvofiq har bir jarayon, har bir iqtisodiy hodisani tizim va tizimga o’zaro bog’liq elementlar majmuasi sifatida ko’rib chiqish lozim. Bularning har biri uning rivojlanishi uchun munosib hissa qo’shadi. Tizim elementlaridan biriga ichki yoki tashqi tavsifidagi ixtiyoriy ta’sir uning boshqa elementlarida ham o’z aksini topadi. Bundan tahlil ob’ektlarini o’rganishga tizimli yondashuv zarurati kelib chiqadi, bu tadqiqot metodologiyasining yo’nalishlaridan biri hisoblanadi. Tizimli yondashuv tahlil ob’ektini chuqur o’rganishga, u haqda yanada to’liq va yaxlit tasavvur olishga, bu ob’ektning alohida qismlari o’rtasidagi sabab-oqibat aloqalarini aniqlashga imkon beradi.
Tizimli yondashuvning asosiy xususiyati — dinamizm, o’zaro ta’sir, o’zaro bog’liqlik, tizim elementlarining o’zaro aloqasi, komplekslilik, yaxlitlilik, tobelik, yetakchi bo’g’in ajratilishi kabilardir.
Tizimli yondashuv elementlari o’rganilayotgan hodisalar va jarayonlarning maksimal detallashtirish (xususiy tahlil) va ularning tizimlashtirilishini ko’zda tutadi. U yoki bu hodisalarni detallashtirish (tarkibiy qismlarga ajratish) o’rganilayotgan ob’ektda yanada jiddiy va asosiysini aniqlash uchun zarur bo’lgan darajada olib boriladi. U ob’ekt va tahlil maqsadiga bog’liq. Bu IT dagi murakkab vazifa bo’lib, analitikdan iqtisodiy hodisalar mohiyati, shuningdek, ularning rivojlanishini aniqlovchi omil va sabablar haqida aniq bilimlar talab qiladi.
Tizim elementlarini tizimlashtirish ularning o’zaro aloqadorligi va o’zaro ta’sirini o’rganish asosida amalga oshiriladi. Bu asosiy komponentlarni, funktsiyalarni, tizim elementlari tobeligini aniqlashga, o’rganilayotgan ob’ekt (tizim) ning taxminiy tuzilishli-mantiqiy tahlil modelini tuzishga imkon beradi. Grafik jihatda u odatda rasm ko’rinishida taqdim bo’ladi, bu yerda har bir elementga muayyan blok mos keladi. Alohida bloklar o’zaro strelkalar bilan bog’liq, ular ichki va tashqi tizim aloqalari mavjudligi va yo’nalishini ko’rsatadi. tuzilishli-mantiqiy chizmalar asosida matematik bog’liqlik shakllari belgilanadi, tizimning elementlari o’zaro aloqani o’rtasidagi tavsiflovchi matematik modellar tuziladi, ularning parametrlari aniqlanadi. Tizimlashtirish tahlildagi o’ta mas’uliyatli davr hisoblanadi. Bu jarayonda doimiy omillarni tasodifiylaridan ajratish, ko’plab o’rganilayotgan omillarning to’plamidan faoliyat natijalari bog’liq bo’lgan asosiylarini aniqlash zarur.



Download 168,32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish