O’zbekiston Respublikasi
Oliy va O’rta maxsus ta’lim vazirligi
Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti
Iqtisod fakulteti iqtisodiyot yo’nalishi
“MAKROIQTISODIY TAHLIL VA PROGNOZLASH” fanidan
“Jaxon bozori va uning shakillari” mavzusidan
KURS ISHI
Topshirdi: Anarqulov Dilshod
Qabul qildi: Iqtisodiyot fanlari doktori,
prof. Vaxobov A
Toshkent-2022
Mundarija
KIRISH……………………………………………..………..……………......…..3
I BOB. JAHON BOZORI HAQIDA TUSHUNCHA……………………..……5
1.1 Jahon bozorida savdo-sotiqning mohiyati, asosiy tushunchalari va turli nazariyalari.............................................................................................................5
1.2 Jahon bozorida xalqaro savdoning tarkibi va tovar oqimlari ……….............11
II BOB. JAHON BOZORIDA SAVDO MUNOSABATLARI…………….21
2.1 Xalqaro savdo turlari: ulgurji savdo, tovar birjalari, fuchers birjalari, fond birjasi, savdo yarmarkalari, valuta bozori………………..………………...........21
2.2 Jahon bozorida xalqaro savdo munosabatlarini tartibga solish tizimi............29
XULOSA…………………………………………………..……….……….........38
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI……………………..…...40
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi: Xalqaro savdo — bu turli davlat-milliy xoʻjaliklari oʻrtasidagi tovar va xizmatlarning ayirboshlash jarayonidir. Xalqaro savdo qadimdan mavjud boʻlsada, faqat XIX asrga kelib, yaʼni deyarli barcha rivojlangan mamlakatlar xalqaro savdo aloqalarida ishtirok eta boshlashi bilan jahon bozori shakliga kirdi. Xalqaro savdo tashqi savdo aylanmasi, eksport va import, savdo balansi kabi koʻrsatkichlar bilan tavsiflanadi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 2017-yil 7-dekabr kuni O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilingan kunning 26 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirdagi nutqida mamlakat boshlagan islohotlarni qat’iy davom ettirishini ma’lum qildi.
«Agar biz yurtimizda barqaror iqtisodiyot qurmoqchi bo‘lsak, dunyodagi rivojlangan mamlakatlar kabi boy va farovon yashamoqchi bo‘lsak, yuzaki emas, balki qanchalik qiyin va murakkab bo‘lmasin, haqiqiy bozor iqtisodiyotiga o‘tishimiz shart. Yagona yo‘limiz shu. Bu — Asosiy qonunimiz talabi. Boshqa yo‘l yo‘q. Biz boshlagan islohotlarimizni qat’iy davom ettiramiz va ular albatta o‘zining ijobiy natijasini beradi», — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Xalqaro savdo va hamkorlik ko‘pchilik mamlakatlarga yuqori foyda ko‘rishiga asos bo‘lib kelmoqda, masalan bugungi kunda rivojlanayotgan mamlakatlar rivojlangan mamlakatlarga va o‘tish iqtisodiyoti mamlakatlariga har xil turdagi Tovar va xizmatlar eksport qilmoqda. Bugungi kunda rivojlanayotgan mamlakatlar ichidan Xitoy va Hindiston asosan xalqaro savdoda uushi keskin oshib borayotgan mamlakatlardan hisoblanadi.
Xalqaro savdoning yana bir afzallik tomoni shundaki, ko‘plab mamlakatlardagi kambag‘allik muammosini qisqartirishga yuqori axamiyat kasb etayotganidir. Hindistonda 60-70-yillarda kambag‘allik atigi 1%ga ham qisqarmagan, ma‘lum vaqtlardan so‘ng globalizatsiya va integratsiya yordamida ishlab chiqarish xizmat ko‘rsatish talim va boshqa barcha soxalarda o‘sish kuzatiladi. Xalqaro hamkorlikning kuchayishi natijasida yaxshiroq ta‘lim va sog‘lik tizimini yo‘lga qo‘yish imkoni paydo bo‘ladi. Bugungi kunda xalqalaro savdo aloqalar tobora chuqurlashib bormoqda ayniqsa bu borada rivojanayotgan mamlakatlarning ulushi oshib bormoqda. Bizga malumki tashqi savdo o‘sishi bilan jahon iqtisodi ham rivojlanadi. Export jihatdan qaraganda rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar ikkalasi ham faqat kichikroq hajmda ijobiy o‘sishga erishadi (rivojlangan mamlakatlar 1.5% va rivojlanayotgan mamlakatlar3.3 % mos ravishda). 2013-yilda, dollar qiymatidagi tovarlar eksporti 2.8% ga o‘sdi va 18.8 trln dollarni tashkil qildi; Bu davrda savdo xizmatlari eksporti 5.5%ga o‘sdi va bu 4.6 trln dollarni tashkil qildi.
Xalqaro savdo trendlari. Bugungi kunda transport va axborot komunikatsiya almashinuvi narxida sezilarli pasayish kuzatildi, xalqaro savdo sistemasida geosiyosat hal qiluvchi axamiyat kasb etadi. So‘nggi 30-yil mobaynida tovarlar va savdo xizmatlari yiliga o‘rtacha 7% ga o‘sdi va mos ravishda o‘zinig eng yuqori nuqtalari 18 trln dollar va 4 trln dollarga yetdi. 1980 va 2011 - yillarda rivojlanayotgan mamlakatlar dunyo export-importi ulushida sezilarli o‘sish kuzatildi; Dunyo exportidagi ulushi 34% dan 47% ga yetdi. Dunyo importidagi ulushi esa 29% dan 42% ga o‘sdi, ushbu o‘sish ko‘rsatkichlarida Osiyo mamlakatlari o‘suvchi rolnin o‘ynamoqda; So‘nggi bir nechta o‘n yillikda jahon savdosi sal kam ikki barobarga o‘sdi.
Xalqaro savdo xalqaro iqtisodiy munosabatlarning eng rivojlangan va keng tarqalgan shakli hisoblanadi. U zamonaviy tashqi siyosiy manfaatlar va dunyo mamlakatlarining muammolarida muhim o'rin tutadi. Shuning uchun uning mohiyatini, rivojlanish dinamikasini va zamonaviy tuzilishini o'rganish davlatni rivojlantirish dasturlarining tashqi siyosatini belgilashning muhim elementi bo'lib, uning dolzarbligini tasdiqlaydi.
Shundan kelib chiqqan holda, biz ushbu kurs ishining xalqaro savdo haqidagi ma'lumotlarni to'plash, tizimlashtirish va tahlil qilishdan iborat bo'lgan quyidagi maqsadini shakllantirishimiz mumkin.
Men deyarli ushbu mavzuni o'rganib chiqdim va bundan keyin ham o'rganaman. Bu tashqi savdo bilan bog'liq bo'lgan alohida tashkilotlarning ishlashi uchun zarur shartdir, shuningdek har bir davlatning tashqi siyosatini amalga oshirish va rivojlanishning o'rta va uzoq muddatli dasturlarini ishlab chiqishdagi faoliyati. Shuning uchun xalqaro savdoning holatini kuzatish, shuningdek prognozlash va rejalashtirish jarayonlari to'xtamaydi.
Kurs ishi mavzusining o'zi nafaqat xalqaro savdodagi o'zgarishlarning miqdoriy xususiyatlarini, balki ushbu o'zgarishlarning sifat jihatlarini ham o'rganishni o'z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |