Ilmiy-texnik taraqqiyotni prognozlash.
Ilmiy tadqiqot natijalarini prognozlash ob’ekti sifatida. Ilmiy-texnik tadqiqotlarning xususiyatlarni amalga oshirish ketma-etligi, murakkabligi, tasodifligining darajasining yuqoriligi. Ilmiy tadqiqot turlari. Fundamental tadqiqotlar, ularning o‘ziga xos xususiyatlari, samaradorligini ob’ektiv baholash usuli va umumiy tadqiqotlardagi ulushining salmog‘i. Ilmiy-texnik taraqqiyot jarayonini prognozlashning xususiyatlari va tamoyillari. Ilmiy-texnik taraqqiyotning prognozlash usullari, evristik-logistik usullar. Innovatsion tadqiqot loyihalari va ularning natijalarini prognozlash.
Ilmiy texnika taraqqiyotini shakllanishi va ularning natijalarini amalga oshirish 5 ta bosqichdan iborat bo‘ladi, ya’ni fundamental tadqiqotlar, amaliy tadqiqotlar, ishlanmalar, ishlab chiqarishga tayyorlash va ekspluatatsiya.
Har bir bosqichning o‘ziga xos ish hajmiga ega, bu jarayonning echimi jarayon ishtirokchilarning malakasi va tarkabiy tuzilishiga qarab, mehnat qurollari va jihozlari bilan ta’minishiga qarab, moddiy va moliyaviy resurslar bilan ta’minlanishi, ijrochi tashkilotlar birlashmasi tuzilishi va ularning faolitini boshkarilishi bilan farqlanadi. Ushbu jarayonning o‘ziga xosligi shundaki u prognozlashtirish vazifasining tarkibi, xususiyati va ularning echimiga qo‘llaniladigan usullardadir.
Fundamental tadqiqotlar- bu olib boriladigan tadqiqotning mavjudligi tahlili, tabiiy rivojlanish qonun va qonuniyatlarini aniqlash, jamiyat, inson, ular o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlikni ochib berish, mavjud qonun va qonuniyatlar haqidagi bilimlarni chuqurlashtirishdan iborat. Fundamental tadqiqotlar natijasida yangi qonun va qonuniyatlar, yangi kategoriyalar paydo bo‘lishiga, ularning amaliyotda qo‘llanish yo‘llari va tamoyillari ishlab chiqish imkoniyati paydo bo‘ladi.
Izlanuvchi mehnati mahsuli, kollektiv faoliyati va fundamental izlanuvchilar ijrochilarining tadqiqot natijalari yangilik yaratganliklari haqidagi rasmiy xujjatlar, mualliflik huquqini tasdiqlovchi patentlar, monografiyalar, maqolalar, o‘quv qo‘llanmalar, hisobotlar va ilovalarda o‘z aksini topadi. Bu ishlar ilm-fanni bevosita ishlab chiqarish jarayonini rivojlantirish uchun ishlatiladi, oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlashda, yuqori malakali mutaxasislar tayyorlashda, amaliy ish sifatida ko‘rib chiqilib, ushbu nazariyalarni kelajakda rivojlantirib, ularni amaliyotga qo‘llashga harakat qilinadi.
Ilmiy – texnika taraqqiyotini, umuman ilmiy tadqiqotni amalga oshirish juda murakkab jarayon hisoblanadi. SHuning uchun ob’ekni prognozlash uchun eksper usullaridan keng qo‘llaniladi. Ayni vaqtda usul tanlash ob’ektning xususiyatidan kelib chiqadi.
Fundamental tadqiqotlarni prognozlashda ishlab chiqarishda hozirgacha bo‘lgan holat tahlil qilinadi, hal etilmagan muammolar ko‘rsatiladi, mavjud muammolarni echimi yo‘llari va vujudga kelgan yangi muammolar ko‘rsatiladi, ular ilm, fan tadqiqotlar yordamida o‘z echimlarini topadilar. SHuni hisobga olish kerakki, fundamental izlanishlarni prognozlashda, har 5 yilda natijalarni yangilash, prognoz qilingan natijalarni joriy natijalar bilan taqqoslash kerak, prognoz qilingan natijalarga amaldagi natijalarni sun’iy ravishda tenglashtirish maqsadga muvofiq emas, chunki fundamental tadqiqotlar ilm fanning o‘zagi, asosiy tayanchi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |