Naqd pullik aylanish tushunchasi. Iqtisodiyotda amal qiladigan umumiy to‘lov aylanishining tarkibiy qismlaridan biri naqd pullik aylanish hisoblanadi. Ko‘pincha pul mablagMari aylanishining bu qismini pul muomalasi deyiladi.
Pul muomalasi pul aylanishining naqd pul mablaglarining muomalasi, pul belgilarining bir yuridik va jismoniy shaxslardan boshqa shaxslarga doimiy tarzda o ‘tib yurishi bilan bog‘liq qismidir. Boshqacha aytganda, bu iqtisodiy subyektlar o‘rtasidagi pullar muomalasi jarayonining faqat naqd shaklda bo‘ladigan qismidir. Naqd pul aylanishi, odatda, tovarlar va xizmatlarga haq to ‘lanishi ehtiyojlari bilan bog‘liq bo‘lib, boshqa tijoratchilik bitimlarining tuzilishi va ularga haq to‘lanishi jarayonlari bilan bog‘liq emas.
Boshqacha aytganda, naqd pul aylanishi jarayonida har safar mablag‘larning nisbatan kichik summasi qatnashadi. Bu qo'shimcha kafolatlarning ta’minlanishi, pul mablag‘larining yirik summalarini bir xo‘jalik yurituvchi subyektdan boshqa subyektga o‘tkazishdagi tashishning murakkabligi va transaksion xarajatlarni tejashning zarurligi
bilan bog'liqdir.
Xulosa
Pul tizimi deganda mazkur mamlakatda pul muomilasini qonuniy va mutonosib ravishda tashkil qilishda qullaniladigan uslublar mujmuasi tushuniladi.
Xozirgi pul tizimi XVI-XVII asrlarda ishlab chiqarishning kapitalistik usulining yuzaga kelishi munosabati bilan shakllangan, biroq uning ayrim elementlari bundan oldinroq paydo bo’lgan.
Pul tizimi quyidagi asosiy elementlari o’z ichiga oladi. Rivojlangan mamlakatlarning pul tizimi quyidagi elementlarni o’z ichiga oladi.
Pul birligi.
Valyuta kursini belgilovchi qoidalar.
Baho masshtabi.
Pul ko’rinishlari – kredit biletlari, qoђoz pul va tanga.
Emissiya tizimi
Davlat yoki kredit apparati.
Rivojlangan mamlakatlarning zamonaviy pul tizimi quyidagi xususiyatlarga ega:
oltinga almashilmaydigan, keyinchalik qoђoz pul aylanadigan, kredit pullarga o’tish.
pulni muomilaga nafaqat xo’jaliklarni banklar tomonidan kreditlash, balki davlat xarajatlarini qoplash uchun chiqarish.
pul muomilasida naqd pulsiz aylanishning ustunligi
pul muomilasini davlat tomonidan tartibga solishning kuchayishi.
Shu kabi rivojlanayotgan mamlakatlarning, hatto ayrim mamlakatlar pul tizimi o’ziga xos xususiyatlarga ega.
Pul birligi, so’m, rubl va boshqalar.
Baho masshtabi-dastlab u pul birligining oltinga teng qismi sifatida, hozir jahon pullariga nisbati.
Pulning turlari. Šiymatni o’zida ifodalanishiga ko’ra pullar ikki turga xaqiqiy va xaqiqiy pulni o’rnini bosuvchi pullarga bo’linadi.
Pul tizimi bu mamlakatda tarixan tarkib topgan va milliy qonunchilik bilan tasdiqlangan pul muomalasini tashkil qilish shaklidir. Pul tizimlari XVI-XVII asrlarda ishlab chiqarishning kapitalistik usulining yuzaga kelishi va qaror topishi munosabati bilan shakllangan, biroq shunday bo’lsa ham, uning ayrim elementlari bundan oldinroq paydo bo’lgan. Tovar-pul munosabatlari va ishlab chiqarishning kapitalistik usuli rivojlanishi bilan pul tizimida sezilarli o’zgarishlar yuz beradi.
Pul tizimi turlari pul qanday shaklda amal qilishiga bog’liq, ya’ni pul: umumiy ekvivalent - tovar sifatida, yoki qiymat belgisi sifatida bo’lishiga qarab quyidagicha pul tizimlar mavjud bo’lgan. Metall pul muomalasi tizimlari va qog’oz va kredit pullar muomalasi tizimlari. Birinchi tizimda metall pul bevosita muomalada bo’ladi va pulning barcha funktsiyalarni bajaradi, kredit pullar esa metallga almashinishi mumkin. Kredit va qog’oz pullar muomalaga chiqib ketishi bilan qog’oz pullar muomalasi tizimi yuzaga kelgan. Mamlakatda umumiy ekvivalent sifatida qabul qilingan metallga va pul muomalasi bazasiga qarab pul tizimi bimetalizm va monometalizm pul tizimlariga bo’linadi.
Har bir davlat o’zining pul tizimiga ega bo’lganidek O’zbekiston mustakil pul tizimiga ega. Respublikamizda mustakil pul tizimini tashkil topishining I-bosqichi 1992 yilni noyabr oyida «so’m-kupon» larni muomilaga chiqarilishi hisoblanadi. Pul tizimining ikkinchi bosqichi 1994 yilning 1-iyulidan muomilagacha milliy valyuta «so’m»ni chiqarilishidir.
O’zbekiston respublikasining pul tizimining elementlari:
Pul birligi - so’m
Pul birligining turlari - qog’oz va metal pullar
Ularni muomilaga chiqarish qoidalari.
Pul, kredit valyuta boshqaruvini amalga oshiruvchi davlat organlari.
Naqd pulsiz tulov aylanishi va kredit pullar muomilasining olib borishda davlat tomonidan belgilangan shartlar.
Milliy valyutani chetga olib chiqish va chetdan olib kelish qoidalari.
Xalqaro xisob - kitoblarni tashkil qilish asoslari.
Milliy valyutani chet el valyutasiga almashtirish tartibi va davlat tomonidan belgilangan valyuta kursi.
Do'stlaringiz bilan baham: |