Yalpi ichki mahsulot 3 xil: ishlab chiqarish, xarajatlar va daromadlar usullari bilan hisoblanadi. Har uchala usul bilan hisoblangan YAIM kо’rsatkichi hajmi statistik xatolar istisno etilganda о’zaro teng bо’lishi lozim. Shu bilan birga har uchala usul bilan YAIM kо’rsatkichni hisoblashda о’ziga xos talablarga amal qilinishi talab etiladi. Yalpi ichki mahsulot 3 xil: ishlab chiqarish, xarajatlar va daromadlar usullari bilan hisoblanadi. Har uchala usul bilan hisoblangan YAIM kо’rsatkichi hajmi statistik xatolar istisno etilganda о’zaro teng bо’lishi lozim. Shu bilan birga har uchala usul bilan YAIM kо’rsatkichni hisoblashda о’ziga xos talablarga amal qilinishi talab etiladi. YAIMni hisoblash shartlari: 1. YAIM yil davomida ishlab chiqarilgan barcha yakuniy tovarlar va xizmatlar bozor qiymatini, ular sotilgan yoki sotilmaganligiga qaramasdan о’z ichiga oladi. 2. YAIM tovarlar va xizmatlarning bozor qiymati orqali о’lchanib, ular qiymat kо’rsatgichida (sо’m, frank, dollar, yevro, dinar, iyena, rubl va boshqa pul birliklarida) hisoblanadi. 3. YAIMda faqatgina yakuniy tovar va xizmatlar hisobga olinadi. 4. YAIMga noishlab chiqarish bitimlari bо’yicha tushumlar kiritilmaydi. Masalan, davlat va xususiy transfertlar, avval sotilgan va ishlatilgan buyumlarni qayta sotishdan tushgan tushumlar, qimmatli qog’ozlarni sotishdan tushumlar... . YAIMni ishlab chiqarish usulida aniqlash YAIMni ishlab chiqarish usulida aniqlash Ishlab chiqarish usulida hisoblangan YAIM yakuniy tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarishning turli bosqichlarida qо’shilgan qiymatlar yig’indisi sifatida aniqlanadi. YAIMni bu usulda aniqlash statistik jihatdan qulay bо’lishi bilan birga uni hisoblashning muhim shartiga amal qilish, ya‘ni bir qiymatni ikki bor hisobga olish, yoki oraliq mahsulot qiymatini YAIMga kiritib yuborishning oldini oladi. Ishlab chiqarish hajmini tо’g’ri hisoblash uchun joriy yilda ishlab chiqarilgan tovar va kо’rsatilgan xizmatlar qiymati bir marta hisobga olinish kerak. Kо’pgina mahsulotlar bozorga borguncha bir nechta ishlab chiqarish bosqichini о’taydi. Shu sababli YAIMda ayrim mahsulotlarni ikki va undan kо’p marta hisobga olmaslik uchun, faqat pirovard mahsulotning bozor qiymati hisobga olinadi, oraliq mahsulotlar esa hisobga olinmaydi. Yakuniy tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarishda sarflangan oraliq tovarlar va xizmatlar bahosi YAIMga qо’shilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |