Kurash choralari. Janub poya tunlamiga qarshi kurashda begona
o’tlarni tinmay yo’qotib turish, ang’izni chuqur haydash hamda g’alla
ekinlarini boshqa ekinlar bilan almashlab ekish usulini joriy etish katta
ahamiyatga ega.
Makkajo’xori kuyasi (Riraista nubilalis Hb.)
Makkajo’xori kuyasi hammaxo’r zararkunanda bo’lganidan ba’zan g’o’zaga
ham zarar yetkazadi. Bunday hodisalar Buxoro (Bogush) va Farg’ona viloyatida qayd
qilingan, 1953 yilda esa Andijon viloyati Buloqboshi tumanida bu kuya juda katta
zarar yetkazgan.
Bu kuyaning qurtlari o’simlik poyalari va shoxlarining ichida yashab, ularning
o’zagi bilan oziqlanadi. Qurtlar g’o’za poyalarini kemirib, ularning ichiga kirib,
uzunligi 10—15 sm gacha yetadigan yo’llar ochadi.
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
31
Do'stlaringiz bilan baham: |