Abraj Kuday xonalari soniga ko‘ra, dunyodagi eng katta mehmonxona bo‘ladi.
45 qavatli mehmonxonaning ochilishi keyingi yilga mo‘ljallangan. Shunday bo‘lsa-da, u Saudiya Arabistoni iqtisodiyotidagi muammolar sabab yana orqaga surilishi mumkin. Bunga neft bahosining pasayishi ta'sir o‘tkazmay qolmaydi. Shunday bo‘lgan taqdirda, mehmonxona qurilishi 2018 yilda bitkaziladi.
Kaʼba (arabcha: الكعبة al-Kaʿbah) — kub shaklidagi bino boʻlib, Saudiya Arabistonining Makka shahridagi Masjid al-Haram masjidining ichida joylashgan. Masjid dastlabki Kaʼba atrofida bunyod etilgan. Kaʼba Islom olamida eng muqaddas joy hisoblanadi. Qibla, musulmonlar namoz vaqtida yuzlanadigan joy Kaʼbadir. Musulmonlar tarafidan amalga oshiriladigan Haj va Umra Kaʼba atrofida amalga oshiriladi. Masjid Al Xaram masjidining maydoni Kaʼba bilan qoʻshib hisoblanganda 193 000 kv.m tashkil qiladi. Masjid bir vaqtning oʻzida 130 ming musulmonni oʻz bagʻriga sigʻdira oladi. Haj ibodati mavsumining odamlar toʻplanib yuradigan vaqtida bir necha bor koʻngilsizliklar yuz bergan. Vaqt oʻtishi bilan ziyorat amallari kuchli tartib ostida qilinmoqda. Kaʼbaning bir burchagidan Qora tosh joy olgan. Haj amallari paytida Kaʼbaning atrofida Tavof amali bajariladi. Kaʼba butun dunyo musulmonlari uchun namoz vaqtida Qibla vazifasini oʻtaydi. Kaʼba 5 martadan 12 martagacha rekonstruksiya qilingan. Musulmon rivoyatlarida keltirilishicha Kaʼba odam tomonidan qurilgani aytiladi. Qur’onda keltirilishicha esa Kaʼbaga Ibrohim asos solgan. Qur’onda aytilishicha Kaʼba insoniyat tomonidan Allohga ibodat qilish uchun bunyod etilgan birinchi inshootdir. Kaʼba (arab. — kub) — islom dinining eng muqaddas ibodatxonasi, musulmonlarning bosh sajdagohi. Saudiya Arabistonining Makka sh.da. Baytul harom (Muqaddas uy), Baytulloh (Allohning uyi) deb ham yuritiladi. Uni ziyorat qilish — haj va umraning asosiy amallaridan biri.
Kaʼba Harom masjidi (qarang al-Masjid al-Harom)ning markazida joylashgan, bal. 15 m va poydevori 12x10 m oʻlchamda toshdan qurilgan bino; meʼmoriy yodgorlik. Kaʼba burchaklari taxminan dunyo tomonlari yoʻnalishida joylashgan. Sharqiy burchagi asvod rukni („qora burchak“) yoki oddiy rukn deb ataladi. Unga yerdan taxminan 1,5 m balandda tokcha qilinib, „qora tosh“ (arabcha „hajar al-asvod“) joylangan. U kaʼbadagi asosiy tavof qilinadigan narsa, yer yuzidagi odamlarga Alloh tomonidan yuborilgan, Alloh qudratining belgisi hisoblanadi. Hoz. vaktda u bir-biriga qoʻshilib ketgan qora-qizgʻish tusdagi uch sinikdan iborat; meteorit degan taxmin bor. Shim. burchagi Iroq burchagi, gʻarb burchagi — Suriya burchagi, jan. burchagi esa — Yaman burchagi deb ataladi. Kaʼbaga qora mato (kisva) qoplab qoʻyiladi, matoga oltin va kumush harflarda xrshiya qilib kaʼba va hajga taallukli oyatlar yozilgan. Shim.-sharqiy devorda 2 m cha balandlikda oʻyma naqsh b-n bezatilgan kumush zanjirli eshik bor. Kaʼbaga chiqiladigan gʻildirakli zinapoya oʻyma naqsh b-n, kumush qoplab jozibador bezatilgan. Kaʼba ichkarisida uchta ustun boʻlib, koʻpdan koʻp chiroq osilgan, sovgʻa qilingan Qurʼon nusxalari saqlanadi. Shim.gʻarbiy devorning tomidan tilla suvi yugurtirilgan tarnov koʻrinib turadi, u almizob yoki mizob ar-rahma deb ataladi. Shu tarnov b-n gʻarbiy burchak oraligʻi qibla hisoblanadi. Kaʼbani tosh yotqizilgan yoʻlka oʻrab turadi. Bu yoʻlkadan ziyoratchilar yurib aylanib oʻtishadi (tavof qilishadi). Eshik roʻparasida Ibrohim maqomi bor, u tosh inshoot boʻlib, kaʼbani tiklayotganda Ibrohim (as) shu toshda turgan deydilar. Toshda odam izlari koʻrinadi. „Qora tosh“ yaqinida muqaddas Zamzam bulogʻi bor.
Kaʼba islomdan ilgari ham arab qabilalarining muqaddas ibodatxonasi hisoblangan, unda qabila xudolarining 360 sanami saqlangan. Har yili arab qabilalari kaʼbaga haj qilishga kelib turganlar. Haj qilish odati keyinchalik islomga ham oʻtgan.
Kaʼba ibodatxonasining qurilishi haqida turli rivoyatlar bor. Aytishlaricha, Odamato Baytullohni bunyod etgan, keyin uning oʻgʻli Shis qurgan. Toʻfon paytida kaʼba havoga koʻtarib qoʻyilgan. Keyin yana buzilgan. Ibrohim (as) Makkaga oʻz oʻgʻli Ismoilni olib kelganda Alloh unga kaʼba poydevorini tiklashni buyurgan. Ibrohim Alloh amrini bajargan va Allohga sigʻinuvchi barcha odamlarga uni ziyorat qilishni vasiyat etgan. Kaʼbaga keyin Makkaning jurhum, xuza, quraysh qabilalari navbatma-navbat qarab turishgan. Kaʼba bir necha bor sel va toshqinlardan zarar koʻrgan. Rivoyat qilishlaricha, Muhammad (sav) bu yerda taʼmirlash ishlarida qatnashgan va oʻsha vaqtda birinchi bor unga vahiy kelgan.
Kaʼba Yasrib (Madina)da qibla deb eʼlon qilingach (bungacha Quddusga qarab ibodat qilinar edi), uning ahamiyati juda oshib ketdi. Kaʼba islomning din sifatida shakllanishida katta rol oʻynadi. Kaʼbani dinsizlardan ozod qilish va uni sanamlardan tozalash Muhammadning zimmasiga tushdi, ungacha bu vazifani Ibrohim (as) bajargan edi. Muhammad boshchiligidagi musulmonlar 629-yil Makkaga kichik haj qilishdi, 630-yil Makkani egallashdi va kaʼba atrofidagi sanamlar, uning ichidagi Xubal deb atalgan butni, yozuvlarni yoʻq qilishdi. Shu yili Abu Bakr (ra) rahbarligida birinchi haqiqiy musulmon haji ado etildi. Butparastlarga haj qilish man etildi. 631-yil Muhammad oxirgi marta haj ziyoratchilariga boshchilik qildi.
Xalifa Umar (ra) davrida kaʼba yonidagi uylar buzib tashlandi va uning atrofida Harom masjidi qurildi. 683-yil kaʼbani umaviy qoʻshinlari oʻqqa tutdi. Keyin u kayta tiklanib, kengaytirildi. 929-yil Makkani qarmatlar bosib oldi va „qora tosh“ni olib ketishdi. Oradan 20-yil oʻtgach, bu toshni qaytarib olishga muvaffaq boʻlindi. Asta-sekin kaʼba tevaragida turli inshootlar, jumladan, asosiy musulmon mazhablarining minbarlari tiklandi. Ular saudiy hukmdorlar 20-asrning 50—60-y.larida olib borgan katta taʼmirlash vaqtida olib tashlandi. 1980-yil Makkadagi masjid va kaʼbani bir guruh ekstremist isyonchilar bosib oldi. 2 haftadan soʻng masjid tozalanib, isyonchilar tor-mor qilindi.
Kaʼba butun dunyo musulmonlarining eng muhim markazi va birligi ramzi boʻlib keldi, hozir ham shunday boʻlib turibdi. Islom dinidagi barcha oqimlar uning muqaddasligi va alohida rolini tan oladilar. Har yili dunyoning hamma chekkalaridan musulmonlar haj ibodatini ado etish uchun bu yerga keladilar.[1]
Madina (arab, nomi — Madinat Rasulilloh yoki Madinat un-Nabi — paygʻambar shahri) — Saudiya Arabistonidagi shahar, mamlakatning gʻarbiy qismida, Hijoz viloyatida, Qizil dengizdan 250 km sharqdagi vohada joylashgan. Aholisi 750 ming kishiga yaqin (2002). Shaharga asos solingan vaqt maʼlum emas. Shahar Madinai-Munavvara — Nurafshon shahar, al-Islom, Qalb al-Islom, Dor al-Islom, Dor as-Sunna kabi 95 dan ortiq nom bilan ulugʻlanadi. Qadimda Yasrib (Yatrib) deb atalgan. Ptolemey oʻz "Geografiya"sida bu shaharni "Yatrippa", vizantiyalik Stefan esa "Yatrippa polis" deb bergan. Yasrib nomi bilan u Qurʼoni karimda ham qayd qilinadi. 622 yilda Yasribga Muhammad paygʻambar boshchiligida musulmonlar koʻchib oʻtdi. M.da musulmon davlatchiligiga asos solindi va u birinchi poytaxt sifatida eʼtirof etildi. 7-asrdan boshlab M. musulmonlarning Makkayaan keyingi eng katta ziyoratgohi. 632—661-yillar M. — Roshidiyn xalifalar davlati deb nom olgan mamlakatning poytaxti. Umaviylar va Abbosiylar davrida Hijozning maʼmuriy markazi. 10-asrdan Misrga tobe boʻlgan. Misr turklar tasarrufiga oʻtgach (1517), Usmonli turk saltanati, keyinroq Hijoz podsholigiga (1919) qoʻshib olingan. 1927-yil M.ni Ibn Saʼud qoʻshinlari zabt etdi, 1932-yildan Saudiya Arabistoni tarkibida.
Asrlar davomida M. oʻz ahamiyatini saqlab kelmoqda. Qurʼoni karimning eng katta suralari (Baqara, Oli-Imron, Niso, Moida va boshqalar) M.da nozil boʻlgan. Shaharda Podshoh Fahdning Qurʼon chop etiladigan maxsus bosmaxona majmuasi bor. M. markazida Muhammad paygʻambar uyi oʻrniga Katta Masjid (656) qurilgan. Shahardagi suv minorasi diqqatga sazovor joy. Minoraning yuqori qismidagi maydondan shaharning aksariyat qismi koʻrinib turadi.
M. aholisi, asosan, ziyoratchilarga xizmat qilish, ibodat uchun zarur buyumlar (tasbeh, joynamoz, maxsus kiyimlar) ishlab chiqarish bilan shugʻullanadi, shahar chetida dehqonchilik va bogʻdorchilik mahsulotlari (xurmo va sabzavot) yetishtiriladi. M.da oʻquv muassasalaridan kollejlar, Madrasa va bilim yurtlari, Islom un-ti (1961) bor.
M. atrofida uchta aylanma yoʻl qurilgan, eng zamonaviy aloqa vositalari mavjud. Shahar avtomobil yoʻllari orqali Makka, Najaf (Iroq), Ammon (Iordaniya), Yanbo va Jidda shaharlari bilan bogʻlangan. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Dengiz suvini chuchuklashtirib beruvchi inshoot qurilgan.
Haj (arabcha: ziyorat) — islomning 5 asosiy ruknidan biri[1]. Haj qilish es-hushi butun, sogʻlom, balogʻat yoshiga yetgan va oilasi nafaqasidan tashqari safar xarajatlariga kifoya qilgudek mablagʻi boʻlgan har bir musulmonga (umrida bir marta) farz qilingan. Haj qiluvchi kishilar miyqot (ehromni bogʻlash uchun oldindan belgilab qoʻyilgan maxsus joy)dan boshlab tozalanib, sochlarini olib yoki qisqartirib Makkaga borish uchun hozirlik koʻradilar. Soʻngra ehromga kirib 2 rakat namoz oʻqiladi. Hajda Kaʼba 7-marta tavof qilinadi. Ziyoratchilar hajar al-asvad (qora tosh)ni oʻpib, keyin Safo va Marva tepaliklari orasida 7-marta yuguradilar, soʻngra zamzam suvidan ichadilar. Arafa kuni (zulhijja oyining 9-kuni) Hajning asosiy marosimi — Arafot vodiysi va togʻida turish (vuquf) boshlanadi. Ziyoratchilar u yerda xutba eshitadilar, ibodat qiladilar va namoz oʻqiydilar. Bu turish kun botguncha davom etadi. Soʻngra hojilar Muzdalifa vodiysiga yoʻl oladilar. U yerda tongga qadar ibodat bilan mashgʻul boʻlinadi. Zulhijja oyining 10-kuni (qurbon hayiti) dan boshlab 3—4 kun Mino vodiysida shaytonlarga tosh otiladi va jonliq soʻyib qurbonlik qilinadi. Madinaga borib Muhammad (sav) qabrini ziyorat qilish ham Haj vaqtida bajariladigan amalga aylangan. Bir kishi boshqa odam uchun Haj arkonlarini ado etishi ham mumkin. Bu hajji badal deb ataladi. Vafot etgan odam hamda moddiy taʼminlangan, ammo salomatligi yoki qariligi tufayli Haj ziyoratiga bora olmaydiganlar uchun hajji badal qilish mumkin boʻladi.
Haj kiyimlari
Hadisga koʻra, Haj qilishning asosiy qoidalari Muhammad (sav) tomonidan 632-yili „Vidolashuv Haji“ (Hajjat alvadoʻ)da belgilab berilgan. Keyinchalik asosiy huquqiy mazhab namoyandalari Haj ziyorati qoidalarini islom manbalari asosida batafsil ishlab chiqqanlar.
Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, yurtimiz musulmonlariga Haj amalini ado etish uchun imkoniyatlar yaratib berildi. 1991-yilda H.ga boruvchilar 1500 kishini tashkil etgan boʻlsa, 2004-yilda bu raqam 4000 dan ortiqni tashkil etdi. Mustaqillik davrida 53056 kishi Haj ibodatini ado etdi (2005).
Bu ibodatlar bandaning gunohlardan poklanishi uchun katta sinovdir. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: „Kim bu Uy (Baytulloh)ga kelib, yomon soʻzlarni soʻzlamasa va fosiqlik kilmasa, onasidan yangi tugʻilgan kunidagi kabi (uyiga) qaytadi“ (Imom Muslim, 2/ 983; „Sahih ut-Termiziy“, 1/ 245).
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam Amr ibn Os raziyallohu anhuga: "…Hajning xam oʻzidan avvalgi narsa (gunox) larni yoʻkotishini bilmaysanmi?!"- dedilar (Imom Muslim, 1/ 112).
Rasulullox sollAllohu alayxi va sallamdan: „Kaysi amal afzaldir?“ deb soʻralganida:
— „Alloh va rasuliga iymon keltirish“.
— „Keyinchi?“
— „Alloh yoʻlidagi jixod“.
— „Keyinchi?“
— „Mabrur (Alloh tarafidan bekamu-koʻst kabul kilingan) Haj“- deb javob berganlari nakl kilingan (Fatxul-Boriy", 3/ 381).
Abdullox ibn Mas’ud raziyAllohu anxu dedi: "Rasulullox sollAllohu alayxi va sallam dedilar: „Umra va Haj kilishda davom etingiz! Chunki Haj ila umra boskon oltin va kumush ustidagi kirlarni ketkazganidek, fakirlik va gunoxlarni ketkazadi. Mabrur Hajning jannatdan boshka mukofoti yoʻkdir“ (Nasoiy, Termiziy, ibn Mojja, imom Axmad va boshkalar rivoyat kildilar. Alboniy „Saxixu ibn Mojja“ da saxix dedi, 2/553).
Abu Xurayra dedi: "Rasulullox sollAllohu alayxi va sallam: Allohning karvoni uchtadir: Goziylar, xojilar va umra kiluvchilar"- dedilar" (Alloma Alboniy, „Saxixun-Nasoiy“, 2/ 557; „Saxixul-Jomeʼ“, 6/108 da bu xadisni saxix degan).
Rasulullox sollAllohu alayxi va sallam dedilar: "Alloh yoʻlida jixodga chikkan, Haj va umra kilgan odamlar Allohning karvonidirlar. Alloh ularni chakirdi va ular chakirikka itoat kilib keldilar. Ular xam Undan tiladilar va U xam ularning tilaklarini berdi" (Ibn Xibbon, ibn Mojja va boshkalar rivoyat kildilar. Alboniy „Saxixu ibn Mojja“, 2/ 149 va „al-Axadisus-Saxixa“, 4/ 433 da bu xadisni saxix dedi).
Rasulullox sollAllohu alayxi va sallam dedilar: "Allohning Arafa kunidagi kabi jaxannamdan kullarini ozod kiladigan boshka bir kun yoʻkdir. U kunda Alloh juda xam yakin keladi va xoji kullarini farishtalarga maktaydi va: „Ular (duo kilib) nimalarni tiladilar?“- deydi" (Imom Muslim rivoyati, 2/983).
Hojilar ziyoart mahalida Kaʼba atrofida aylanishmoqda
Do'stlaringiz bilan baham: |