Uchunchi shart: Balogat yoshiga etish.[tahrir | manbasini tahrirlash]
Balogat yoshiga etmagan bolalarga Haj kilish farz emasdir. Birok, Haj kilsalar ota-onalariga savob yoziladi. Bir xotin bolasini koʻtarib, rasululllox sollAllohu alayxi va sallamga karata: „Buning Haji Haj boʻladimi?“- deb savol berganida, rasulullox sollAllohu alayxi va sallam: „Xa, sen uchun xam savob boʻladi“- deb javob berdilar („Fatxul-Boriy“, 4/71, Imom Muslim: 2/974).
Rasulullox sollAllohu alayxi va sallam dedilar: „Biron bir bola Haj kilsa, balogat yoshiga etganidan soʻng Haj kilishi farzdir. Biron bir kul Haj kilsa, ozodlikka (erishib, xur boʻlganidan soʻngra) Haj kilishi farzdir“ (Fatxul-Boriy": 4/71; „Irvaul-Galil“: 4/156).
Toʻrtinchi shart: Toʻla erkinlik.[tahrir | manbasini tahrirlash]
Kul va choʻrining Haj kilish farz emasdir. Haj kilsa, Haji durustdir, ammo farz ibodat oʻrniga oʻtmas. Yukoridagi xadis bunga dalildir.
Beshinchi shart: Imkonli boʻlish.[tahrir | manbasini tahrirlash]
Haj, Haj kilinadigan makonlarga borish imkoni boʻlgan kishilar uchungina farzdir. Yoʻllari osuda, Haj kilishga etarli molu-mulki boʻlmagan odamlarga Haj kilishlari farz emasdir.
Xotin-kizlar uchun aloxida bitta shart bordir. U — maxramlarining boʻlishidir. Maxramlari — ularning otalari, aka-ukalari, togalari, amakilari, oʻgillari, erkak nabiralari, umr yoʻldoshlaridir. Bu shart, odamlar bilan bir gurux ichida borib-kelishlariga karamay, garchi ular oʻrtasida xotin-kizlar koʻp boʻlsa xam, sokit boʻlmaydi.
Rasulullox sollAllohu alayxi va sallam dedilar: „Xech bir erkak xotin-kizlar bilan, ularning maxramlari boʻlmasa, safarga chikmasin. Xotin-kiz fakatgina maxrami bilangina safar kiladilar“ („Fatxul-Boriy“, 6/143; Imom muslim rivoyati, 3/978).
Shuni xam eslatishimiz kerakki, agar xotin-kizlar maxramsiz Haj kilsalar, Hajlari farz Haj oʻrniga oʻtadi. Birok, bu xotin-kizlar maxramsiz Haj kilganlari uchun gunoxkor boʻladilar.
Mazkur besh shartni oʻzida koʻrgan xar bir odam, vaqtni boy bermay Haj kilishga shoshilishi kerak. Chunki rasulullox sollAllohu alayxi va sallam farz boʻlgan Hajni kasd etib: „Haj kilish uchun shoshilingiz! Chunki sizlarning xech biringiz nimalarga duch kelishingizni bilmaysiz“- dedilar (Imom Axmad rivoyati, 1/14, Alboniy, „Irvaul-Galil“, 4/168; „Saxixu Abi Dovud“, 1/325; „Saxixu ibn Mojja“, 2/147).
Umar raziyAllohu anxudan nakl kilinadi. U zot dedilar: „Shu oʻlkalarga baʼzi odamlarni yuborsam va ular imkoni boʻla turib Haj kilmayotgan kimsalarni aniklab, ularga jizya-solik belgilashlarini oʻylab turibman. Unday odamlar musulmon emaslar, ular musulmon emaslar“ (Ibn Hajar, „at-Talxisul-Xabir“, 2/223).
U zotdan kuyidagi xabar xam nakl kilingan: „Imkoni bor, yoʻllari xavfsiz va toʻla xurriyat soxibi boʻla turib, Haj kilmagan odam, xohlasa yaxudiy, xohlasa nasroniy boʻlib oʻlsin!“ (Bayxakiy, "as-Sunan al-Kubro, 4/334; Ibn Hajar, „at-Talxisul-Xabir“, 2/223).
Haj kilish uchun vakolat berish[tahrir | manbasini tahrirlash]
Kasalligi, oʻta kariligi yoki boshka bir sabab bilan oʻzi Haj kila olmaydigan odamlarning Haj kilish vakolatini boshkalarga berishlari mumkin. Hajjatul-vadoʻda otasining oʻta kariligi sababli Haj kila olmaganini eslatgan va uning nomidan Haj kilishni xohlagan bir ayolga rasulullox sollAllohu alayxi va sallam: „Uning oʻrniga Haj qil!“, degan edilar (Imom Muslim rivoyati, 2/974).
Vakolat bilan Haj qiladigan odam, Allohdan koʻrkkan xamda Haj va umra axkomlarini yaxshi bilgan boʻlishi kerak. Bundan tashkari, u, Haj vakolatini bergan odamning majburiyatini ado etayotganini toʻla xis etishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |