Макет заголовка



Download 1,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana23.01.2022
Hajmi1,22 Mb.
#406105
1   2   3
Bog'liq
Презентация111

Amir Temur aql-zakovati, shijoati va jasorati to‘g‘risidagi

shuhrat uni Movarounnahrning nufuzli amirlaridan avval Joku Barlos, so‘ngra Amir 

Qazog‘on (1346-1358) bilan yaqinlashtirgan. Otasi Amir Temurni avval (1352) Amir Joku

Barlosning qizi Turmish Og‘oga uylantiradi. 1362-yilda Amir Temur Qazog‘onning nabirasi, 

Amir Husaynning singlisi Uljoy Turkon Og‘oni o‘z nikohiga oladi. Keyingi nikoh tufayli Balx

amiri bilan bog‘langan qarindoshlik aloqalari shubhasiz Amir Temur bilan Amir Husayn

o‘rtasidagi ittifoqni yuzaga keltirdi va Mo‘g‘ullarga qarshi jiddiy kurash boshlandi. 


TEMUR VA TEMURIY DAVRI TARIXI

Amir Temur O‘rta, Janubiy va G‘arbiy Osiyo, shuningdek, Kavkaz,

Povoljya va Rus tarixida muhim o‘rin tutgan O‘rta Osiyolik turkiy hukmdor,

sarkarda va zobit. Sarkarda, poytaxti Samarqand bo‘lgan Temuriylar

saltanati (1370 yil) asoschisi.

Amir Temur 1336 yil 9 aprel kuni Kesh (Shahrisabz) yaqinidagi Xo‘ja Ilg‘or

(Yakkabog‘) qishlog‘ida tug‘ilgan. Rivoyatlarga ko‘ra, u qo‘lida qip-qizil

qon bo‘lagi bilan, sochlari esa mo‘ysafid kabi oppoq holatda tug‘ilgan,

bunday holat Chingizxon haqida ham gapirilgan. Uning otasi amir

Muhammad Tarag‘ay turk avlodining barloslaridan bo‘lib, Movarounnahrda

o‘ziga yarasha obro‘-e’tiborga ega, nufuzli ziyolilardan bo‘lgan. Uning ota-

bobosi afsonaviy turkiy Alan quva shajarasidan kelib chiqqan bo‘lib,

Chig‘atoy ulusining saroydagi obro‘-e’tiborli kishilari qatoridan joy olgan.

Kesh va Nefes atrofidagi yerlar ularga qarashli mulk hisoblangan.




Temurning otasi Tarag‘ay doimiy ravishda xon ulusi bo‘lmish Il daryosi

qirg‘og‘iga chaqiriluvchi chig‘atoy beklari qurultoylarida ishtirok etgan. 1355

yil u Turmush og‘a barlosi amir Jakuning qiziga uylanadi.

Movaraunnahrning bosh amiri Qozag‘on Amir Temurning qobiliyatlariga

ishonch hosil qilib, shu yiliyoq unga nevarasi Uljay Turkan og‘ani nikohlab

beradi. Ushbu nikoh sharofati bilan Qazog‘onning nevarasi amir Husayn va

Amir Temurlar ittifoqi vujudga keladi. Bu ittifoq mo‘g‘ullarga qarshi kurashda

juda qo‘l keladi. 1356 yil Amir Temurning 2 o‘g‘li dunyoga keladi — Jahongir

va Umar Shayh.

XIII asr boshi XIV asr oxirlariga kelib Movaraunnahrning iqtisodiy ahvoli

kundan-kunga yomonlashib boradi. Bundan Mo‘g‘uliston xoni Tug‘luq Temur

foydalanib qoladi va hech qanday qarshiliksiz Qashqadaryogacha yetib

boradi. Amir Temur unga xizmat qilishni boshlaydi. Biroq, Tug‘luq Temur

Movaraunnahr hukmdori etib o‘zining o‘g‘li Ilyos Xodjani tayinlaydi va Amir

Temur shahzodaga xizmat qilishdan bosh tortib, Balx hukmdori amir Husayn

bilan birlashib olib, mo‘g‘ullar bilan qat’iy jangga kirishadi.

TEMUR VA TEMURIY DAVRI TARIXI



Bu vaqtda Samarqandda sarbadorlar - “dorga osiluvchilar”, shuningdek,

mo‘g‘ullarga qarshi kurashuvchilar hukmron surgan.

Mazkur xalq

harakatining “Yoki ozodlik uchun kurash, yoki dorga osilgan kalla” shiori

ham uning ishtirokchilari tomonidan yaratilgan. 1370 yil Amir Temur

Balxda bo‘lib o‘tgan qurultoyda Turonning bosh amiri etib e’lon qilinadi.

Chingizning qizi Saroy Mulk Xonim bilan nikohi esa Amir Temurga

“gurgan”, ya’ni “xonning kuyovi” faxriy unvonini berdi.Amir Temurning

asosiy vazifasi parchalangan davlatga bardosh berish va alohida yerlarni

bir davlatga birlashtirishdan iborat bo‘lgan. Mazkur davlatning poytaxti

etib u Samarqandni tayinlab, tezkorlik ila shaharning himoya devorlarini,

qo‘rg‘onlar va saroylarni barpo etishni boshlaydi.

Amir Temur Amudaryo va Sirdaryo orasidagi yerlarni, shuningdek,

Farg‘ona va Shosh viloyatlarini o‘ziga bo‘ysundirib, birlashtiradi, so‘ngra

bosqinchilik yurishlarini boshlaydi.

Amir Temur hukmronligi 35 yil davom etgan (1370 - 1405). U Ind va

Gangdan Sirdaryo va Zarafshongacha, Tyan Shandan Bosforgacha bo‘lgan

katta saltanatni yaratgan. Hayotining katta qismini yurishlarda o‘tkazgan.

TEMUR VA TEMURIY DAVRI TARIXI



Amir Temur 1405 yil Xitoyga yurishi vaqtida O‘tror shahrida vafot etgan.Amir Temurning

hayotlik vaqtida davlat boshqaruvi haqida so‘zlovchi “Temur tuziklari” nomli maxsus asar

yozilgan. Asar ikki qismdan iborat bo‘lib, O‘rta asrning bebaho tarixiy manbasi hisoblanadi. 

Unda Temurning hayotiy voqealari bilan bog‘liq tarjimai xoli, atoqli davlat arbobi va

sarkardaning harbiy san’atga bo‘lgan nuqtai nazari, davlat tuzilishi va boshqaruvi kabilar bayon

qilingan. Amir Temur tomonidan yaratilgan markazlashgan, kuchli boshqaruvga ega davlat

ushbu bebaho qoidalar majmuasi hisoblanmish kitob asosida yaratilgan.

Yirik davlatni yaratib, Amir Temur mamlakatning iqtisodiy va madaniy rivoji uchun

sharoitlarni tayyorlagan. O‘tgan davrlarning qadimiy an’analari yangi tarixiy ko‘rinishda qayta

tiklanadi. Yaqin va O‘rta sharq bo‘ylab Movaraunnahr savdo-sotiq, iqtisod va madaniyat

markaziga aylanishi zamirida, Samarqand, Kesh, Buxoro, Termiz, Toshkent, Marv va boshqa

qadimiy shaharlar obodonlasha boshlagan.Masjid, madrasa, maqbara, karvon-saroy va

hammomlarning katta binolari qad rostlay boshlagan. Har qanday g‘alaba me’morchilikda

abadiylashishi odatiy holatga aylanib qolgan. Quruvchilik faoliyatida Amir Temur ma’lum bir

siyosiy maqsadlarga amal qilgan - u qurdirgan inshootlar saltanatining kuch-qudratini ko‘rsatib

bera olishi kerak bo‘lgan.

Boshqaruv yillari davomida Amir Temur feodal tarqoqlikka barham beradi, Fransiya, Angliya, 

Kastiliya kabi yirik Ovrupa qirolliklari bilan savdo-diplomatik aloqalarni yo‘lga qo‘yadi. Afsuski, 

Amir Temurning vafotidan so‘ng G‘arbiy Ovrupa bilan savdo-diplomatik aloqalar nihoyasiga

yetadi.Amir Temur tarix sahifalarida Aleksandr Makedonskiy, Dariy Perviy, Yuliy Sezar kabi yirik

sarkardalar bilan bir qatorda turadi.

Amir Temur — insoniyat tarixidagi eng qat’iyatli shaxslardan biridir. Turli manbalarga tayangan

holda, u haqidagi bilimlarimizda ham hukmdor, zobit, sarkarda, ham jangchi sifatida

gavdalanadi.

TEMUR VA TEMURIY DAVRI TARIXI



TEMURIYLAR DAVRI 

TEMUR TUZUKLARI  

MUXIM TARIXIY MANBA A  SIFATIDA

“Temur tuzuklari”, “Tuzukoti Temuriy”, “Malfuzoti Temuriy” yoki “Voqeoti Temuriy” 

nomlari bilan atalgan asar Amir Temurning yetti yoshligidan boshlab hayot yo‘li

haqida hikoya qiladi.

“Temur tuzuklari” muhim tarixiy manba bo‘lib, unda Amir Temur davlatining tuzilishi va

boshqarish xususiyatlari bayon etilgan. Asar dastlab turkiy-o‘zbek tilida bitilgan. 

Uning bir qo‘lyozmasi Yaman mamlakati oliy hukmdori Ja’far podshoh kutubxonasida

saqlangan.

“Temur tuzuklari”ning fors tiliga tarjimoni Mir Abu Tolib Husayniy at-Turbatiy tarjima

muqaddimasida, Arabistonning muqaddas joylarini haj qilib qaytishda, Yamanda

bo‘lgan chog‘ida Ja’far podshoh kutubxonasida turkiy tildagi mazkur asarni topgani

va u Amir Temurning hayot yo‘li haqidagi o‘zi yozgan ekanligini ta’kidlaydi. Mir Abu 

Tolib Arabistondan qaytib kelgandan keyin, asarni fors tiliga tarjima qilgan. Lekin

Arabistondan olib kelingan asliyatdan yoki Hindistonda bo‘lgan biron qo‘lyozma

nusxadan o‘girilgani aytilmagan.

Mir Abu Tolib 1637 yilda “Temur tuzuklari” asari forscha tarjimasini buyuk

boburiylardan Shohijahonga tortiq qiladi. Keyin bu tarjima Muhammad Afzal Buxoriy

(vaf. 1652 y.) tomonidan jiddiy tahrir qilingan.




“Temur tuzuklari” ikki maqoladan iborat:

Birinchi maqola Amir Temurning davlatni barpo etish va mustahkamlash, qo‘shinni

tashkil etish yuzasidan tuzuklari, rejalaridan tarkib topgan.

Ikkinchi maqolada 13 kengash va uning qismlarida Amir Temurning hokimiyat tepasiga

kelishi va harbiy yurishlari tafsilotlari beriladi.

“Temur tuzuklari” XV-XVI asrlarda nafaqat hukmdorlar va ma’lumotli kishilar orasida, 

balki jahon ilm ahli o‘rtasida shuhrat topti. Asarning ko‘lyozma shaklida ham, 

toshbosma shaklida ham, shuningdek jahonning ko‘p tillariga qilingan tarjima shaklida

ham (inglizcha, fransuzcha, urdu, rus va o‘zbek tillarida) nashr etilishi so‘zimizga isbot –

dalildir.Ikki fozil shaxslar Mir Abu Tolib va Muhammad Afzal Buxoriy xizmatlari tufayli

“Temur tuzuklari” fors tilida bizgacha yetib kelgan. Bu tarjimaning mo‘tabar

qo‘lyozmalari Rossiya, Hindiston, Eron, Turkiya, Misr, Angliya, Fransiya va boshqa

mamlakatlar xazinalarida mavjud. “Temur tuzuklari”ning forsiy matni 1783, 1785, 1890 

va 1963 yillari ovrupo va sharq tillaridagi tarjimalari bilan birga nashr etilgan.

“Temur tuzuklari”ni to‘liq 1857 yili Xivada Muhammad Yusuf Rojiy tomonidan va 1858 

yili Pahlavon Niyoz devon tarafidan turkiy-o‘zbek tiliga tarjima qilingan. Ularning

birinchisi “Tuzuki Temuriy”, ikkinchisi “Malfuzot” nomi bilan ma’lum. Yana bir tarjima

Xo‘jand qozisi Nabijon mahdum tarafidan, Qo‘qon xoni Muhammad Alixon (1821-1858 

yy.)ning topshirig‘iga binoan amalga oshirilgan.

TEMURIYLAR DAVRI 

TEMUR TUZUKLARI  

MUXIM TARIXIY MANBAA SIFATIDA




Vaqoyi’”- voqealar Zahiriddin Muhammad Boburning jahonga

“Boburnoma” nomi bilan mashhur bo‘lgan shoh asarining asl

nomidir. Muallif asarda o‘zining o‘n ikki yoshida Farg‘ona viloyati

podshohi, deb ko‘tarilgan vaqtidan boshlab, hayotining oxiriga qadar

bo‘lib o‘tgan voqealarni yilma-yil bayon qilgan. Dunyoda mavjud

asarning barcha qo‘lyozmalarida bir necha yil, xususan 1509-1518,

1521-1524 yil voqealari bayoni tushib qolgan.

Bobur Farg‘ona viloyati hokimi Temuriy Umar Shayx Mirzoning (1461-

1494 yy.) to‘ng‘ich o‘g‘li, 1483 yilning 14 fevralida Andijon shahrida

tug‘ilgan. U 1494 yilning 5 iyunida, hijriy isobda o‘n ikki yoshida halok

bo‘lgan otasi o‘rniga Farg‘ona taxtiga o‘tqaziladi. Lekin oradan ko‘p

vaqt o‘tmay, mamlakatda avj olgan o‘zaro kurash natijasida

mag‘lubiyatga uchrab, Farg‘onani tashlab chiqishga majbur bo‘ladi.

ZAHIRDDIN MUHAMMAD BOBURNING “Boburnoma” 

ASARI TARIXIY MANBAA SIFATIDA



1511 yilning kuzida Bobur Ozarbayjon va Eron podshohi Shoh Ismoil Safaviyning (1502-1524 yy.) 

harbiy yordamiga tayanib, Samarqandni uchinchi bor egallashga muvaffaq bo‘ldi. Ammo uning o‘z

xalqi e’tiqodi – sunniy mazhabni inkor etib, kishilarga shialar kiyimida ko‘rinishi, aholini undan

ixlosini qaytardi. Bu safargi Boburning bobo meros poytaxt Samarqanddagi hukmronligi bir yilga

ham yetmadi.

1512 yilning bahorida Ko‘li Malik (Xayrobod bilan Qorako‘l orasida joylashgan mavze’) degan

joyda bo‘lib o‘tgan jangda Shayboniylardan Ubaydullaxon, Muhammad Temur Sulton, Jonibek

Sulton va boshqalarning birlashgan kuchlari uning qo‘shinlarini tor-mor keltirdi.

Bobur Hisori shodmon tomonga chekindi va qariyb ikki yil mobaynida o‘sha viloyatda kun kechirdi

va 1514 yili yana Kobulga qaytdi.

U 1514-1525 yillar orasida Shimoliy Hindistonga, uni bo‘ysundirish maqsadida besh marta qo‘shin

tortadi, lekin faqat so‘nggi yurishi (1525 y.) natijasida boy va ulkan mamlakatni egalladi. Bobur

tarixda yangi saltanatga asos soldi. Uning davlati g‘arbda yanglish Buyuk mo‘g‘ullar nomi bilan

mashhur bo‘lib ketgan, aslida esa bu Hindistondagi Temuriylar yoki Boburiylar davlatidir.

Bobur 1530 yilning 26 dekabrida Hindistondagi poytaxti Agra shahrida vafot etdi. Ammo uning

vasiyatiga ko‘ra, keyincha uning xoki Kobul shahridagi o‘zi asos solib obod qilgan bog‘ga ko‘mildi. 

Uning qabr toshi keyincha chevarasi Nuriddin Muhammad Jahongir (1605-1627 yy.) tomonidan

o‘rnatilgan.

TEMURIYLAR DAVRI TARIXIY 

MANBAALARI HAQIDA TUSHUNCHA




TEMURIYLAR DAVRIDA JANUB GAVHARI TERMIZ 

SHAHRI QURILISHI VA TARIXIY  VAZIFASI

(1370 yil - XVI asr boshlari) 1362-1370 yillar oralig`ida Amir Temur tomonidan

Movarounnahrda markazlashgan davlatni tashkil etish jarayonida Termiz

alohida o`rin tutgan. 1370 yilda Amir Temurning taxtga kelishi bayonida Amir

Sayyid Baraka bilan birgalikda Termiz Sayyidlari- aka-uka xudovandzodalar

Abu Mu`oli va Ali Akbarlar tilga olingan. Ayni shu yildan boshlab Sohibqiron

va Termiz sayyidlari o`rtasida yaqin munosabatlar yuzaga kelgan. Amir Temur

1399 yilda Hindiston yurishidan va 1404 yilda g`arb tomonga amalga

oshirilgan muhorabasidan qayta turib, Termizda qo`nib o`tgan. 1409 yilga

qadar Termiz temuriy Xalil Sulton va undan so`ng Shohrux mirzo hukmronligi

davrida Mirzo Ulug`bek davlati tasarrufida bo`lgan. 1220 yilda yuz bergan

Chingizxon bosqini Termiz va Chag`oniyonga juda katta talofat yetkazgan.



Bu yurtlarning iqtisodiyoti qayta tiklanib, madaniy ravnaq sari yuz tutishi

bevosita Movarounnahrda Amir Temur davlatining tashkil topish davrida

boshlangan. Shimolda Kattaqum va sharqda Solihobod qishloqlariga tutash

bo`lgan Termiz katta kenglikni ishg`ol qilgan, ammo u mudofaa istejkomlari bilan

o`rab olinmagan. Bu davr shahrining ta`rifi 1404 yilda Termiz orqali

Samarqandga Amir Temur saroyiga Kastilya qiroli Genrix III nomidan elchi bo`lib

borgan Rui Gonsales de Klavixo kundaligida o`z aksini juda yaxshi topgan:

"Termiz juda keng va aholisi zich joylashgan, unda tashqi devor va mudofaa

istehkomlari yo`q. Atrofi bog`- rog`, shaharni ko`plab anhorlar kesib o`tadi. Biz

doimo xilma-xil mollar sotiladigan gavjum ko`chalar va maydonlardan o`tib

bordik". Amir Temur davrida Chag`oniyon o`lkasining markaziy shahri

Chag`oniyon ham o`z mavqeini saqlab qolgan.

TEMURIYLAR DAVRIDA JANUB GAVHARI TERMIZ 

SHAHRI QURILISHI VA TARIXIY  VAZIFASI




Arxeologik dalillarga ko`ra, XV asr oxiri-XVI asr boshlariga kelib

Chag`oniyonda hayot shahristondan rabodga ko`chgan. Chag`oniyonning

yana bir markazi Navand hisoblangan (Navand - chopar, choparlar shahri).

Termiz, Chag`onoyon va Navand o`z zarbxonasiga ega bo`lib, ushbu

zarbxonalarda Amir Temur va Temuriylar davlati hududida muomalada

bo`lgan dirham (mis tangalar) qaytadan zarb etilgan (bu tangalardan

namunalar zalning markaziy qismida namoyish etilmoqda).

Surxon


vohasidagi saksonga yaqin Sho`robqo`rg`on, Qutlug` shohtepa (Sherobod

tumani), Navandaktepa (Uzun tumani) kabi yodgorliklarda XIV-XVI asrlarga

mansub madaniy qatlamlar va ashyoviy manbalar mavjudligi qayd etilgan .

Bu yodgorliklar qishloq, kechuv bo`yidagi qal`a, saroy, karvonsaroy va savdo

yo`lidagi bojxonalar vazifasini o`tagan. Ushbu zal ko`rgazmalarida namoyish

etilayotgan ashyoviy manbalar, xususan, jangchi himoya kiyimlari, sifat

darajasi bilan Xitoy chinnisiga tenglashadigan lagan va kosalar, ko`za va

chiroqlar, shaxmat donalari, memoriy koshinlar Termiz va Chag`oniyon amaliy

san`atining Amir Temur davlati markaziy shaharlari madaniyati bilan

hamohang taraqqiy etganligidan dalolat beradi.

TEMURIYLAR DAVRIDA JANUB GAVHARI TERMIZ 

SHAHRI QURILISHI VA TARIXIY  VAZIFASI




Amir Temurning ilk umr yo‘ldoshi Xonzoda oliy nasab bo‘lgan. Termiz

sayyidlarining shajarasiga ko‘ra A'lo al-Mulkning esa shunday ismli jiyani va

qizi bo‘lgan. Bundan xulosa qilish mumkinki, Amir Temur sayyidlar bilan

oilaviy aloqada bo‘lgan. Mazkur voqelik tarix davomida o‘z isbotini topadi:

ko‘plab Temuriylar sayyidlar bilan nikohlar vositasida qarindoshchilik

rishtalarini bog‘laganlar. O‘zaro nikohlar natijasida Temuriylar va sayyidlar

xonadoni

chambarchas

bog‘lanib

ketganlar.

Amir Temur o‘zining avlodlariga sayyidlarni aziz tutishni vasiyat qilib

ketgan. Temuriylar bu vasiyatga sodiq bo‘lib Samarqandda Shohi Zindada

Termiz sayyidlarining vakillarini dafn etgan bo‘lsalar, Shahrisabzda Ulug‘bek

tomonidan 1437 yilda barpo etilgan, asli nomi "Avlodi muborak" bo‘lgan -

Gumbazi Sayyidon maqbarasi Termiz sayyidlarining dahmasiga aylangan.

“Sulton Sodot” Abul Maoliy 1459 yilda vafot etgan va Gumbazi Sayyidonda

dafn etiladi. Sayyidning qabritoshida Termiz sayyidlariniig shajarasi

keltirilgan.

TEMURIYLAR DAVRIDA JANUB GAVHARI TERMIZ 

SHAHRI QURILISHI VA TARIXIY  VAZIFASI




1220 yilda Termiz Chingizxon boshchiligidagi mo’g’ul qo’shinlari tomonidan

bosib olinadi. Vayron etib tashlangan Termiz shahrining qaytadan tiklanishi

XIV-asrning boshlariga to’g’ri kelib, hozirgi Termizning shimoliy tomonidagi

Surxondaryoning quyi oqimida sodir bo’ladi. XIV asrning elliginchi yillari

oxirida mo’g’ullar davlatining Chig’atoy ulusi inqirozga yuz tutgach,

Termizdagi hokimiyat mahalliy ruxoniy feodallar-sayyidlar qo’liga o’tadi.

So’ngra O’zbekiston janubidagi yerlar Amir Temur davlati tarkibiga

kiradi.Uning vafotidan so’ng Termizni Amir Temur nabirasi Xalil Sulton, 1409

yildan esa o’g’li Shohruh boshqaradi. XV asrning ikkinchi yarmiga kelib,

markazi Hisorda bo’lgan, Temuriylarning Hisor viloyati ta’siri kuchayadi.

1504-1505 yillarda Chag’oniyon va Termiz Shayboniyxon boshchiligidagi

ko’chmanchi o’zbeklar tomonidan bosib olinadi.

TEMURIYLAR DAVRIDA JANUB GAVHARI TERMIZ 

SHAHRI QURILISHI VA TARIXIY  VAZIFASI




Saffaviylar bilan bo’lgan jangda Shayboniyxon vafotidan so’ng Termiz qisqa vaqt Temuriy

Bobur tomonidan egallanadi. 1512 yilda Bobur qo’shinlarining haydab chiqarilishi tufayli

Termiz va Chag’oniyon yana Shayboniylar ixtiyoriga, 1598 yildan 1747 yilgacha esa O’rta

Osiyoda mustahkam o’rnashib olgan yangi o’zbek sulolasi-joniylar qo’liga o’tadi. Ushbu

davrda Chag’oniyon o’zbek beklari tomonidan boshqarilgan Hisor viloyati tarkibiga kirsada,

amalda markaziy hokimiyatdan mustaqil siyosat yuritib kelgan.

XIX asr oxiri -XX asr boshlarida Surxondaryo viloyati Buxoro amirligining tarkibiy qismi edi.

Uning hududida esa bir necha bekliklar mavjud edi. 1894 yilda Amudaryo bo’ylab, shu

jumladan hozirgi Termiz hududida ruslarning chegara bojxona nazorati o’rnatiladi. Termiz

shahrining muhim strategik joylashuvini hisobga olgan rus harbiylari tomonidan shaharda

doimiy garnizonga ega bo’lgan qal’a quriladi. Termizga Rossiyadan asta-sekin harbiy

qo’shinlar va ko’chmanchilar kela boshladi. 1898 yilda esa Buxoro amiri maxsus hujjat bilan

qal’a atrofidagi yerlarni qurilish inshootlari va turar-joy binolari uchun rus harbiylari

ixtiyoriga topshiradi va bu yerda ko’p o’tmasdan shahar ahamiyatiga ega bo’lgan aholi

manzilgohi paydo bo’ladi. Sho’rolar hukumati o’rnatilgach va 1924 yildagi milliy

chegaralanishdan so’ng, viloyat O’zbekiston tarkibiga kiradi. 1925 yilda esa Surxondaryo

okrugi tuziladi. 1941 yil 6 martda esa ma’muriy markazi Termiz bo’lgan Surxondaryo viloyati

tashkil topadi. 1991 yil 1 sentyabrda mustaqillik e’lon qilingach, Surxondaryo viloyati

O’zbekiston Respublikasining ajralmas va tarkibiy qismiga aylantirildi.

TEMURIYLAR DAVRIDA JANUB GAVHARI TERMIZ 

SHAHRI QURILISHI VA TARIXIY  VAZIFASI



Surxon vohasining rivojida Amir Temur shaxsining alohida o'rni bor. Keyingi tarixiy

izlanishlar shu narsani aniq ta'kidlamoqdaki, Amir Temurning davlat boshqaruv faoliyatida

Surxon vohasining o'ziga xos o'rni bo'lib, uning janubiy mamlakatlar bilan olib borgan jamiki

harakati Termiz bilan bog'liq edi. Ayniqsa, Temur bilan amir Husaynning Arsifda turganlarida

ularning ishonchli kishisi Tomuqaning Termizdagi savdo-sotiq ishlari bilan tanishuvi, Temur

qopiqqa yetganda mo'g'ul jetelarining Movarounnahrni talab chiqib ketganligi to'g'risidagi

ma'lumotni bunga misol qilib keltirish mumkin. Bu voqeadan Termiz - Temur qopiq katta

ahamiyatga ega bo'lgan harbiy-strategik markaz bo'lganini, Amir Temur o'z armiyasiga

yangi kuch qo'shib, uning iqtisodiy ta'minotini Termizda mustahkamlab olganini bilishimiz

mumkin. Tarixchi olim B. Ahmedov o'zining «Amir Temur» tarixiy romanida Surxon

vohasidagi yirik iqtisodiy markaz Denov va Termizni tilga olib o'tib, quyidagi tarixiy manbani

keltirib o'tadi: «Ma'lum bo'lishicha, mo'g'ullar bilan yovlashib, Samarqand tog'lari va

Qoratog'da yashirinib yurgan Chig'atoy beklari: Sulaymon Barlos, Amit Muso, Joku Barlos,

Jaloliddin Barlos va Hunduka Barloslar Termizga kelib tushibdilar». Demak, Termiz o'zining

harbiy-strategik ahamiyati bilan alohida ahamiyatga ega bo'lib, Jayhun kechuvining qulay

joyida joylashuvi ko'pincha urushlarda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo'lgan. Termiz o'zining

iqtisodiy, madaniy rivoji bilan alohida ajralib turgan shahar, uning atrofida qishloq xo'jaligi

ancha rivojlanib, bog'dorchilik va sabzavotchilik keng ko'lamda olib borilgan.

TEMURIYLAR DAVRIDA JANUB GAVHARI TERMIZ 

SHAHRI QURILISHI VA TARIXIY  VAZIFASI




O'z navbatida shahar qo'shinlarni, lashkarlarni boqishga ham alohida xizmat ko'rsatgan. Amir Temur Balx

jilg'asida og'ir ahvolda qolganda Termizdagi beklarning yordami tufayli qurshovdan chiqib olib, katta hujumga

tashlanganligini, shu jangdan keyin Amir Temur Jayhun daryosidan Termiz kechuvi orqali o'tib,

Movarounnahrga qadam qo'yganligini tarixiy manbalar orqali bilishimiz mumkin. Bundan shunday xulosaga

kelish mumkin: Amir Temur Termiz atrofida lashkargoh qurib o'tiradi, u o'z ona zaminiga qadam qo'yib endi

erkin nafas olishga kirishadi. Temur o'zining jangovar yurishlari davrida juda katta harbiy tajribani egallab,

Termizda turgan vaqtida bu tajribalarini ancha mukammallashtirib oladi. Chunki Temur o'zi amal qilgan to'rt

narsadan ikkitasini: ya'ni qat'iy qaror, tadbirkorlik va hushyorlikni hamda ehtiyotkorlikni, aynan Termiz

voqeasidan keyin bilib olgan bo'lishi mumkin. Akademik Bo'riboy Ahmedov bu haqda quyidagicha yozadi:

«Termiz yonida yuz bergan voqealar uni tinchitmadi. Kechayu kunduz shu haqida o'yladi. Xo'sh, nega bu voqea

sodir bo'ldi? Bunga nima sabab? O'zining bir qadar beparvoligimi? YO sotqinlik sodir bo'ldimi? Bularning har

ikkisi mavjud, lekin yana bittasi bor. Har kishining so'ziga ishonavermaslik, uni qayta-qayta tekshiruvdan

o'tkazish zarur». Bu voqeadan keyin Amir Temur o'z armiyasini harbiy jihatdan mustahkamlab, ishonchli, yaqin

odamlarni o'z atrofida to'plab, har qanday sharoitda unga pand bermaslik uchun, ya'ni amir Husayn va uning

Tomuqa xizmatkorlarining xoinligini inobatga olib, yagona qarorga keladi. Amir Temur o'z tuzuklarining

quyidagi bo'limida, ya'ni «lashkarini ittifoqqa keltirish uchun qilgan o'n ikkinchi kengashada: unga Termizga

kelib qo'shilib, og'ir vaziyatda yordam qilgan kishilar masalasida quyidagi fikrni qayd etadi: «Amir Joku, Iki

Temur, Amir Sulaymon va Amir Jaloliddinlarni -xilvatroq yerga chorladim hamda ularni o'zimga ittifoq

qilmoqchi bo'ldim. Xilvatda ular bilan suhbat qurib, «davlatimga sherik bo'lasizlar», dedim. Bu bilan o'zlariga

ishonch va menga xizmat qilishda qatiyat uyg'otdim». Bu voqea-harakat tufayli Amir Temur juda katta harbiy-

siyosiy obro'ga ega bo'ladi.

TEMURIYLAR DAVRIDA JANUB GAVHARI TERMIZ 

SHAHRI QURILISHI VA TARIXIY  VAZIFASI



«Temur tuzuklari»da ushbu tarixiy voqea yana bir bor eslatiladi: «Termiz kechuvidan narigi qirg'oqqa o'tgach,

Kahalka qal'asi (Termizga yaqin qadimiy qal'a) tarafiga qorovullar yubordim. Jayhun bo'yida bir necha kun

turdim va qorovullar olib keladigan xabarni sabrsizlik bilan kutdim». Bundan shu narsa ma'lumki, Amir Temur

siyosiy faoliyatining mustahkamlanishida Termiz va Chag'oniyon viloyatining alohida o'rni bor. Amir

Husaynga nisbatan 1370 yili amalga oshirilgan harbiy yurish tarixda Termiz va Chag'oniyon viloyatlari uchun

hal qiluvchi ahamiyat kasb etganini yaxshi bilamiz. Amur Temur hamisha Termiz va uning atrofida bo'lganida

o'zining keyingi jangida sodir etiladigan harakatini yana bir bor sinovdan o'tkazish maqsadida qisqa muddat

to'xtaydi. Barong'or bilan bo'lgan janglarda ishonchli amirlar Joku barlos bilan amir Sayfiddinni qo'yadi. Amir

Temurning Termizga yaqin Biyo qishlog'ida to'xtab, «Temur tuzuklari»da qayd etilgan: «Birinchisi - davlat va

saltanatimga bog'langan mening birinchi tuzugim - Tangri taoloning dini va Muhammad Mustafoning

shariatiga dunyoda rivoj berdim. Har yerda va har vaqt islom dinini quvvatladim», degan fikriga e'tibor

berishga to'g'ri keladi. Chunki, Biyo qishlog'ida Amir Temur Makkayu Mukarrama sayyidlarining boshlig'i

Sayyid Baraka bilan uchrashib, uning hamda sayyidlar, mashoyixlar, ulamolar, fozil kishilar duosini olib,

otasining bergan, ya'ni «Alardin diniy, huquqiy, axloq masalalarini, harom bilan halolni ajratishni o'rgangin.

Shuning uchun ham majlislaringni shular bezab tursin», degan maslahatiga amal qiladi. Xuddi shu uchrashuvda

Sayyid Baraka hammaning ko'z o'ngida toju taxt va saltanat ramzi bo'lmish nog'ora bilan bayroqni

Temurbekning qo'liga tutqazadi. Bu Olloh va Islom dinining Amir Temurga nisbatan bergan ulug' qudrati edi.

Butun Termiz, Xuttalon, Chag'oniyon, Balx, Hirot, Hisor, Kesh, Samarqand, Buxoro, Xorazm bo'ylab Temur

deya hayqirayotgan qalandarlar, darveshlar vajohatlaridan uning dushmanlarining dami ichiga tushib ketadi

TEMURIYLAR DAVRIDA JANUB GAVHARI TERMIZ 

SHAHRI QURILISHI VA TARIXIY  VAZIFASI



Jahongir Amir Temurning aqlli, tadbirkor, kuchli harbiy sarkarda, sharoitni to'g'ri

tushuna oladigan siyosatchi ekanligini u tomondan amalga oshirilgan har bir ish

yakunidan bilish mumkin. Uning 1384 yil bahori boshida Eron zaminini o'ziga

bo'ysundirish maqsadida Termiz atrofini lashkargohga aylantirib, Termiz sayyidlari

himmati bilan Forsga yurish qilganligi, bu yurish uchun mavjud harajatlar shu o'lkada

to'planganligi tarixiy manbalarda alohida ta'kidlanadi. B. Ahmedov «Amir Temur»

tarixiy romanida: «U yana Termiz va uning tevarak-atrofini lashkargoh deb e'lon qildi,

viloyatlarga lashkar to'plash uchun tavochi va jarchilar yubordi. Movarounnahr

viloyatlaridan chiqarilgan barcha lashkar o'n kun deganda shu yerga - Termiz va uning

tevarak-atrofiga yig'ildi. O'sha 1384 yil bahorining avvalida Amir Temurning cho'l

qumlari va daraxt bargidan ham ko'p lashkari Jayhundan o'tib qubbat ul islom Balxning

jilg'asiga kelib qo'ndi», deb yozadi. Bu voqealarning tarixiy izohiga e'tibor bersak, Amir

Temurga tobe bo'lgan Termiz va Chag'oniyon o'lkasi unga doimo iqtisodiy-siyosiy

tayanch bo'lganligi, bu o'lkada hech qachon unga qarshi fitna-fasod bo'lmagani aniq

va ravshandir.

TEMURIYLAR DAVRIDA JANUB GAVHARI TERMIZ 

SHAHRI QURILISHI VA TARIXIY  VAZIFASI



Sharafuddin Ali Yazdiy «Zafarnoma» asarida ko'hna Termiz haqida ma'lumot berar ekan, 1399

yil 11 sentabrda Kesh (Shahrisabz)dan Balxga borayotgan Amir Temur bir necha termizlik

sayyidlarning qabrlarini, jumladan, Xoja Muhammad Ali Hakim Termiziy va Shayx Abu Bakr

Varroqning mozorlarini ziyorat qilib o'tganligini eslatadi. Amir Temur 1404 yilning yozida

Balxdan orqaga qaytayotganida ham Termiz sayyidlaridan Xudovanzoda A'lo al-muluk

xonadonida to'xtab o'tadi. Xuddi shu yilning kuzida Ispaniya qiroli Genrix III ning elchisi Klavixo

ham Termizda bo'lgan edi. Rui Gonsales de Klavixoning «Samarqandga, Temur huzuriga

sayohat kundaligi» («Dnevnik puteshestviya v Samarkand ko dvoru Timura» (1403-1406 g.g.)

asaridagi ma'lumotga ko'ra, Temur Xurosonga qilayotgan yurishida Amudaryoga qayiq ustida

turuvchi g'och ko'prik qurdiradi va qo'shinlar o'tib bo'lgach, uni buzdirib tashlaydi. Bu davrda

Kichik Hindiston deb ataluvchi mazkur hudud Balx tumaniga qarashli edi. Termiz tumaniga

tegishli qadimgi kechuv joylari Sho'rob va Cho'chqa Guzar Aleksandr Makedonskiygacha ham

bor edi, bu joylar ilgari Kichik Hindistonga bo'ysungan bo'lsa, endi Temurbek tomonidan

Samarqand saltanatiga bo'ysundirildi, deb qayd etildi. Sohibqiron saroyiga Kastiliya va Lion

qiroli Genrix III nomidan elchi bo'lib kelgan Rui Gonsalis de Klavixo Termiz shahrini shunday

ta'riflaydi: «Termiz juda katta va aholisi zich, unda tashqi devor mudofaa istehkomlari yo'q.

Shahar atrofida ko'plab bog'lar va anhorlar joylashgan. Bu shaharga kirganimizdan so'ng

doimo xilma-xil mollar sotiladigan gavjum ko'cha va maydonlardan yurib bordik. Bu shahar

elchilarga ko'p marotaba marhamat ko'rsatdilar».

TEMURIYLAR DAVRIDA JANUB GAVHARI TERMIZ 

SHAHRI QURILISHI VA TARIXIY  VAZIFASI



TEMURIYLAR DAVRIDA 

MODDIY MADANIYAT

Amir Temur va uning avlodlari hukm surgan tarixiy davrni nazardan 

o'tkazar ekanmiz, bunda ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy taraqqiyotning 

yuksak marralari sari ko'tarilgan Movarounnahr va Xurosonning butun 

yorqin manzarasi ko'z o'ngimizda namoyon bo'ladi.

Markaziy Osiyo xalqlari sivilizatsiyasi va madaniyati ravnaqining yuqori 

cho'qqisi hisoblangan Temuriylar davri nafaqat shu mintaqa doirasida, 

balki umumjahon miqyosida ham o'ziga xos yuksak bosqich bo'ldi. 

Uning qudratli aks-sadosi asrlar osha avlodlar qalbi va tafakkurini 

hamon nurlantirib kelmoqda.

Ona tariximizning mana shu muhim bosqichida halq dahosi, qudrati 

bilan betimsol moddiy va ma'naviy madaniyat namunalari, mislsiz osori 

atiqalaru monumental me'moriy obidalar bunyod etildi. llm-fan 

yuksaldi. Bunday yuksalish Amir Temur va uning avlod-larining ilm-fan, 

ma'rifat ravnaqiga alohida rag'bat, katta sa'y-harakat bog'laganliklari 

natijasi bo'ldi.



Amir Temur siymosiga to'xtaladigan bo'lsak, uning o'zi yuksak ma'rifatparvar

hukmdor sifatida xalq ichidan chiqqan qanchadan-qancha noyob iste'dodlar, ilmu

urfon va din ahllari, me'moru hunarmandlarni parvarishlab o'stirish barobarida mam-

lakat obodonligi, ravnaqi uchun ham doimiy harakatda, izlanishda bo'ldi. Uning

davrida Samarqand va yurtning boshqa hududlarida qad rostlagan serhasham

saroylar, bog'-rog'lar, masjid-u madra-salar, rabot-u karvonsaroylar, ko'priklar, suv

havzalari va boshqa inshootlar Sohibqiron salohiyati va faoliyatining nechog'lik ko'p

qirraliligiga dalolatdir.

Xurosonning obod o'Ika sifatida gullab-yashnashi ham Temuriylar davriga to'g'ri

keladi. Shohruh Mirzo va uning vorislari tomonidan barpo etilgan 150 dan ziyod

mashhur obidalar, jumladan, «Bog'i Zog'on», «Bog'i jahon» qal'a maskanlari,

«Gavharshodbegim» madrasasi, Boysunqur «Nigoristoni» (Badiiy akademiyasi),

yoxud Husayn Boyqaro davrida (1469-1506) uning do'sti, she'riyat mulkining sultoni

Alisher Navoiy rahnamoligida Hirot va uning atrofida qurilgan 300 dan ziyod noyob

bino va inshootlar: masjid, madrasa, maqbara, xonaqoh, hammomu shifoxonalar,

saroylar, istirohat bog'lari, rabotu karvonsaroylar, suv havzalari, ko'prik, korizlar-

bular hammasi Temuriylar zamonasi madaniy yuksa-lishining ishonchli tasdig'idir.

TEMURIYLAR DAVRIDA MODDIY MADANIYAT




Temuriylar ma'naviy madaniyati to'g'risida gap borganda, dastawal, ona yurtimizda Uyg'onish 

davrining ikkinchi bosqichi bo'lgan bu oltin asrda ilm-fanning nechog'lik ravnaq topganligi 

hamda uning jahon ilmu urfoni taraqqiyotiga qo'shgan bebaho hissasi haqida har qancha 

g'ururlansak arziydi.

Bu davrning yana bir muhim yutug'i—bu ijtimoiy fanlar, xususan, tarixshunoslik sohasida 

katta tadqiqotlarning yaratilganligidir.

Bu xayrli ishlarning yuzaga chiqishida ham temuriy hukmdorlar tashabbusi va rahnamoligi 

beqiyos bo'lgan. Jumladan, Amir Temurning «Tuzuklari», Mirzo Ulug'bekning «To'rt ulus 

tarixi», Bobur Mirzoning «Boburnoma»si ijtimoiy fanlar rivojiga ayricha ta'sir ko'rsatganligi 

shubhasizdir. Temuriylar davrida salmoqli iz qoldirgan alloma olimlardan Nizomiddin Shomiy 

va Sharafiddin Yazdiyning «Zafarnoma», Xofiz Abruning «Zubdat at-tavorix», Abdurazzoq 

Samarqandiyning «Matla ul-sa'dayn» va «Majma' ul-bahrayn» («Ikki saodatli yulduzning 

chiqish o'rni va ikki azim daryoning quyilish joyi»), Ibn Arabshohning «Amir Temur tarixi», 

Mirxondning yetti jildli «Ravzat ul-safo» («Poklik bog'i»), Xondamirning «Makorimul axloq» 

(«Yaxshi fazilatlar»), «Xabibus siyar fi axboru afodul bashar» («Xabarlar va bashariyat 

odamlaridan dilga yaqin siyratlari») asarlari o'sha zamon tarixshunoslik ilmining yuksaklik 

darajasini o'zida ifoda etadi. Ularning har birida nafaqat u yoki bu hukmdorlarning davlat 

siyosati yohud harbiy yurishlari yohud shaxsiyatlariga oid ma'lumotlar aks etib qolmay, balki 

shu bilan birga o'sha davrning barcha murakkab, ziddiyatli jarayonlari, tarixiy voqealar, 

hodisalar silsilasi ham ishonarli tarzda yoritilganligi ayon bo'ladi.

TEMURIYLAR DAVRIDA ILM FAN RAVNAQI



Temuriylar davrida xattotlik, tasviriy san'at va rausiqa madaniyati rivoj 

topdi. Bu sohada Mirali Tabriziy, Shayx Muhammad, Junaid Naqqosh, 

Temuriylar davri xattotligi va naqqoshligi maktabi atoqli vakillari: 

Sultonali Mashhadiy, Abdujamil Kotib, Darvesh Muhammad Toqiy, Mirali 

Qilqalam, Sulton Muhammad Nur va boshqalarning ijodi benazirdir. 

Masalan, nastaliq xatining mislsiz ustozi, «Qiblat ul-kuttab» (Kotiblar 

peshvosi) unvoni sohibi Sultonali Mashhadiy A.Navoiy va H.Boyqaroning 

ko'plab bebaho qo'lyozmalarini kitobot holiga keltirishda katta zahmat 

chekkan. Bundan tashqari Nizomiy, Farididdin Attor, Xo'ja Xofiz, Sa'diy 

Sheroziy, Husrav Dehlaviy, Abdurahmon Jomiy singari mumtoz 

adabiyotimiz daholarining ko'plab asarlari ham uning betinim sa'y-

harakatlari bilan ko'chirilib, avlodlarga armug'on etilgan.

TEMURIYLAR DAVRIDA   ILM - FAN RAVNAQI



TEMURIYLAR DAVRIDA  TASVIRIY SAN’AT

Shamsiddin Muhammad ibn Abdulhay, Shayx Turoniy, Abdulla Hiraviy, Ustoz Gung, 

Ustoz Jahongir nomlari alohida ko'zga tashlanib turadi. Ular chizgan yorqin 

tasvirlar, portretlar, tabiat manzaralari yohud jang tafsilotlari o'zining tabiiyligi, 

Einiqligi va origmalligi bilan kishini hayratga soladi.

Amir Temur nabirasi (Shohruh Mirzo o'g'li) Boysunqur Mirzo homiyligida bunyod 

topgan o'ziga xos badiiy akademiya rolini o'ynagan uning Nigoristonida ijod qilgan 

ko'plab mo'yqalam sohiblari tomonidan mukammal tarzda ishlangan son-sanoqsiz 

rangli tasvirlar, miniatura namunalari, kitob bezaklari, chunonchi, hind xalqi eposi 

«Kalila va Dimna», Sa'diyning «Guliston», Firdavsiyning «Shohnoma», Nizo-miyning 

«Xamsa» va boshqa asarlarga ishlangan tasviru bezaklar hanuzga qadar ham o'z 

ahamiyatini saqlab kelmoqda.

Musawirlik san'atinmg tengi yo'q yulduzi Kamoliddin Behzod (1455-3537) ijodi ham 

Temuriylar davri san'atining yuqori cho'qqisi hisobfanadi. Uning mo'yqalamiga oid 

hadsiz-hisobsiz rangin tasvirlar, chunonchi, Yazdiyning «Zafarnoma», Jomiyning 

«Salomon va Ibsol», Sa'diyning «Bo'ston» va «Guliston», Nizomiyning «Xamsa» 

asarlariga ishlangan miniatura namunalari yohud Hirotdagi «Bog'i Behisht», «Ov 

qilayotgan Bahrom Go'r», «Tuyalar jangi» tasvirlari va shunga o'xshash 

rassomchilik asarlari bu tug'ma ijodkor iste'do-dining yuksak mahorati 

namunalaridir.




Xulosa

Buyuk geografik kashfiyotlar arafasida bo'lgan Temur davri butun

Turon zamin xalqaro savdosining yuksak rivojlangan bosqichi bo'lib

hisoblanadi. Kichik Hindiston (g'arbiy Yevropa adabiyotida Kichik

Hindiston va Eron oralig'idagi hududlar, ya'ni Afg'oniston, Belujiston

va Mekron nazarda tutilgan)dan Samarqand sari yo'l olgan

karvonlar Termiz va Yorgoh kechuvidan o'tgan. Bundan ko'rinadiki,

Surxon vohasi hududi Temur davri savdosida muhim ahamiyat kasb

etgan. Temur va temuriylar davrida vohada nafaqat savdo, balki

iqtisodiy hamda madaniy siljishlar ham yuz berganini XIV-XV

asrlarga oid bo'lgan 80 dan ortiq obidadan topilgan ashyoviy

manbalar isbot eta oladi. Bu yodgorliklardan qazib olingan, sifat

darajasi bilan Xitoy chinnisiga tenglashgan sopol buyumlar,

zargarlik namunalari, me'moriy koshinlar Surxon vohasi amaliy

san'atining Temur davlati markaziy shaharlari madaniyati bilan

hamohang taraqqiy etganligidan dalolat beradi.




Foydalanilgan adabiyotlar

1.

«Istoriya O`zbеkskoy SSR» 4 tomlik, «Toshkеnt», «Fan», 1965 y.



2.

Mirzaboеv A.Ya. «Sovеto` O`zbеkistana v godo` Vеlikoy Otеchеstvеnnoy voyno`». T., 

«Fan», 1985 y.

3.

Urushdan kеyingi davr bo`yicha F.Burlatskiyning «Xrushyov» Siyosiy portrеtga chizgilar



maqolasini tavsiya qilaman.

4.

«Litеraturnaya gazеta» 1988 yil 24 fеvral Fyodor Burlatskiy «Brеjnеv i kruhеniе ottеpеli».




Download 1,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish