Ginekologiyada vaksinoterapiya
, asosan, ayol jinsiy a’zolari-
ning so‘zagini davolashda ishlatiladi. So‘zakka polivalent gonovak-
sinasi bilan davo qilinadi.
Tayyor vaksina titrida, 1 ml da 500 mln. dan 1 mlrd. gacha
mikrob tanasi bo‘ladi. Vaksinaning titri va yaroqlilik muddati har
bir ampulaga yozib qo‘yiladi. Vaksina dumba muskuli orasiga yoki
teri ichiga yuboriladi. Vaksina yuborilganda umumiy va mahalliy
reaksiya kelib chiqadi. Juda shiddatli reaksiya bo‘lishiga yo‘l
qo‘ymaslik uchun dastlabki vaksina katta dozada yuborilmaydi.
Umumiy va mahalliy reaksiya ro‘y bermaganda vaksina dozasini
sekin-asta oshirib borish, vaksina yuborishga javoban picha umumiy
va mahalliy reaksiya kelib chiqmaguncha vaksina yuborishni davom
ettirish kerak. Vaksinani takror yuborishga javoban reaksiya yuzaga
chiqmasa, vaksina yuboraverishning foydasi yo‘q. Vaksina qancha
yangi bo‘lsa, organizmga kiritilganda o‘shancha kuchli reaksiya kelib
chiqadi. O‘tkir so‘zakda vaksinaning dastlabki dozasi o‘rta hisobda
200—250 mln. mikrob tanasidan iborat bo‘ladi. Organizmning
ko‘rsatadigan reaksiyasiga, vaksina dozasiga qarab, gonokokk vak-
sinasi har 1—3 kunda yuboriladi, dozasi esa har gal 150—250
mln. mikrob tanasiga oshirib boriladi.
So‘zakning surunkali formalarida mahalliy vaksinatsiya usuli
keng qo‘llaniladi. Bunda vaksina bachadon bo‘yni, uretra va to‘g‘ri
ichak shilliq pardasining tagiga yuboriladi. Mahalliy vaksinatsiya
kichik dozalardan: 40 mln. mikrob tanasidan boshlanib, sekin-asta
150—200 mln. ga yetkaziladi. Bu usulda umumiy va mahalliy reak-
siya kuchli bo‘ladi. Shuning uchun bu usulni faqat kasalxona sha-
roitida qo‘llash mumkin.
Autogemoterapiya — terapevtik maqsadlarda bemorning o‘z qo-
nini parenteral yo‘l bilan yuborish — ginekologiyada keng rasm
bo‘lgan.
Autogemoterapiyada klinika nuqtayi nazaridan organizm himoya
kuchlarining oshganligi va qon yaratish a’zolarining faoliyati
kuchayganligi (leykotsitoz oshganligi) qayd qilinadi.
Jinsiy a’zolarning difteriya (bo‘g‘ma) tayoqchasi, qoqshol ta-
yoqchasi yoki gazli gangrena mikrobi qo‘zg‘atgan infeksiyalarda an-
titoksik spetsifik zardoblar yuborish shart.
Ginekologiya amaliyotida og‘riq qoldiruvchi, qon to‘xtatuvchi
dori vositalari hamda antibiotiklardan, gormonlardan va fiziotera-
pevtik vositalardan keng foydalaniladi.
355
Og‘riq qoldiruvchi dori vositalari.
Ginekologiya amaliyotida og‘riq qoldiruvchi dori vositalariga
baralgin, novokain, lidokain, spazmalgon, promidol, morfin va
boshqalar kiradi. Ko‘pchilik og‘riq qoldiruvchi dori vositalariga,
odatda, shamcha (suppozitoriy) shaklida qo‘llaniladi yoki eritmasi
teri ostiga yuboriladi.
Ginekologik, ayniqsa, surunkali kasalliklar bilan og‘rigan be-
morlarda nerv sistemasi juda qo‘zg‘aluvchan bo‘ladi. Bunday hol-
larda bromid preparatlari va valeriana
Do'stlaringiz bilan baham: |