qilishlari lozim. Ayol jinsiy a’zolarining yuqumli kasallikiarida,
353
umumiy o‘rnatilgan rejimga (ovqatlanish rejimi, dam olish, uyqu,
nerv sistemasi va qon aylanish a’zolari faoliyatiga e’tibor berish va
hokazo) shuningdek, maxsus rejimga rioya qilish talab etiladi. Bu
rejim jinsiy hayotga, qorin ichidagi bosim va qo‘shni a’zolar
(ichak va siydik-tanosil apparati) ning holatiga taalluqlidir. Yuqumli
ginekologik kasalliklarning ko‘pchiligi so‘zakka aloqador bo‘lgani
uchun mavjud yallig‘lanish jarayonlaridagina emas, siydik chiqa-
rish kanali yoki qin shilliq pardasi yallig‘langanini ko‘rsatuvchi
boshlang‘ich belgilar paydo bo‘lganda ham bunday bemorlar jin-
siy aloqa qilishi taqiqlandi. Tegishlicha ratsional davolanish bilan
birga, umuman jinsiy aloqada boimaslik orqaligina spetsifik infek-
siyaning bachadonga, tuxumdonlarga va chanoqning qorin pardasiga
tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik mumkin.
Qorin ichidagi bosimni oshirib yuboradigan ishlar (kucha-
nish, og‘ir narsalarni ko‘tarish)ni bajarish yalligiangan a’zolarning
o‘rnidan ko‘chishiga va qon aylanishining shu tariqa buzilishiga,
og‘riq turishiga sabab bo‘ladi. Kasal a’zoni ehtiyot qilish maqsadida
ginekologik bemorlar mehnatini tartibga solish, zarur bo‘lsa, ular-
ni yotqizib qo‘yish kerak. Krovatda yotaverish ham organizmni
bo‘shashtirib yuboradi. Muskullar bilan bajariladigan ish (hatto
oddiy sayr qilish) umumiy tonusni oshirishi mumkin. Umumiy
tonus oshganda organizmdagi barcha jarayonlar jadalroq kechadi.
Shunday ekan, har bir bemorga uning kasali, turmush tarzini
e’tiborga olib alohida yondashish zarur.
Odatda, ginekologik bemorlar ichak funksiyasi buzilganligidan
noliydilar. Ko‘p bemorlar ich qotishi odat bo‘lib qolganini aytishadi.
Kuchanganda og‘riq turishidan, shuningdek, yallig‘langan a’zolarning
siljishidan qo‘rqib hojatga kam borish ham ich qotishiga sabab bo‘ladi.
Ich bo‘shatilganda yallig‘langan a’zolar joyidan siljiydi.
Ichni yurishtirib turish juda muhimdir. Ammo surgi dorilar
ichish hamisha natija beravermaydi.
Kasalxonada yotgan ginekologik bemorlarning umumiy gigiyena
rejimi shundan iborat: qov va tashqi jinsiy a’zolardagi tuk qirib
tashlanadi, tashqi jinsiy a’zolar va anus sohasi (har kuni ertalab
va kechqurun) yuviladi. Monelik bo‘lmasa — har kuni umumiy
vanna qabul qilinadi, kiyim-bosh muntazam ravishda almashtirib
turiladi (bemorning tagiga yoziladigan choyshab har kuni, qindan
ko‘p ajralma kelganda esa, zaruratga qarab almashtirilishi lozim),
soch sinchiklab tekshirib turiladi.