Maket Akusherlik 2013. pmd



Download 10,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet364/513
Sana13.01.2022
Hajmi10,01 Mb.
#355334
1   ...   360   361   362   363   364   365   366   367   ...   513
Bog'liq
akusherlik va ginekologiya

SÅPTIKOPIYÅMIYÀ

Septikopiyemiyada mikroblar (septik infeksiyaning mavjud

o‘choqlaridan) vaqt-vaqti bilan qonga o‘tib, turli organlar va

to‘qimalarda septik infeksiyaning yangi (metastatik) o‘choqlarini

hosil qiladi, bular esa odatda yiringlaydi.

Yiringlagan tromboflebit ko‘pincha infeksiyaning tarqaladigan

asosiy o‘chog‘i bo‘lib hisoblanadi. Infeksiyalangan tromb zarralari

shu o‘choqdan uzilib ketib, butun organizmga yoyiladi. Keyinchalik

o‘pka, yurakda, teri osti kletchatkasida (abssesslar, flegmonalar)

hamda boshqa organ va to‘qimalarda yiringli metastazlar hosil

bo‘ladi.

Septikopiyemiya bilan septisemiyaning klinik simptomlari

ko‘p jihatdan bir-biriga o‘xshaydi (bemorning og‘ir ahvoli, yu-

qori harorat, qaltirash, pulsning tezlashuvi va hokazo). Ammo,

septikopiyemiyaning turli organlarda metastazlar hosil bo‘lishiga

aloqador ba’zi xususiyatlari bor. Shunga qarab, umumiy septik

infeksiya uchun tiðik simptomlarga biron organ (o‘pka, yurak va

hokazo) ning zararlanish belgilari ham qo‘shiladi. Infeksiyaning

metastatik o‘chog‘i teskari taraqqiy etganda, bemorning umumiy

ahvoli bir qadar yaxshilanadi, qaltirash bosiladi va harorat pa-

sayadi.

Yangi metastatik o‘choq paydo bo‘lganda bemor yana qaltirab,

harorati ko‘tariladi, umumiy ahvoli yomonlashadi va biron organ-

ning zararlanganiga aloqador simptomlar qo‘shiladi.

Septisemiya va septikopiyemiyani davolashning asosiy vazifalari:

a) bemor organizmining chidamini oshirish, b) kasallik mikrobiga

ta’sir ko‘rsatish (uni kuchsizlantirish, o‘stirmay qo‘yish). Davolash

quyidagilardan iborat:

1. Bemorni sinchiklab parvarish qilishning ahamiyati juda katta.

To‘g‘ri parvarish organizmning chidamini oshiradi va butun dori-

darmonning yaxshi ta’sir ko‘rsatishiga yordam beradi.



306

Palatani muntazam shamollatish, toza tutish zarur, palataga be-

morlarni tiqishtiraverish yaramaydi. Ko‘ylak-lozim, choyshab va yos-

tiq jildi tez-tez almashtirib turiladi (ayniqsa bemor tez-tez terlagan-

da), bemorning tagiga yoziladigan tagliklar bulg‘angan sayin almash-

tiriladi. Ular quruq, yaxshi yozilgan (g‘ijimlanmagan) bo‘lishi kerak.

Og‘iz bo‘shlig‘i va badan parvarishining muhim ahamiyati bor.

Og‘izni ertalab, ovqatdan keyin va kechqurun, yotishdan oldin

chayib va tozalab turish kerak.

Og‘iz borat kislotaning kuchsiz eritmasi yoki bura bilan glit-

serin aralashmasi (

Boracis, Glycerini aa 15,0

) ga ho‘llangan paxta

bilan artiladi. Badan har kuni spirt, odekolon, xushbo‘y sirkaning

kuchsiz eritmalariga paxta ho‘llab artiladi.

Septik infeksiyada yotoq yaralar paydo bo‘lishi oson, ularning

oldini olish uchun (butun terini ho‘llab artishdan tashqari) dum-

g‘aza, umurtqa pog‘onasi va kurak atroflari har kuni kamfora spirti

bilan artiladi. Bemor chanog‘ining ostiga rezina doira qo‘yiladi.

Tashqi jinsiy organlari sutkasiga kamida 2 marta tozalanadi.

2. Bemorni to‘g‘ri ovqatlantirish organizmning chidamini oshi-

rish uchun eng muhim shartdir. Ovqat kaloriyali, mazali, turli-

tuman, oson singadigan bo‘lishi kerak. Bemorga qand-shakar,

yog‘lar – qaymoq, sariyog‘ shaklida, oqsillar – dimlama go‘sht,

kotlet, qaynatma baliq, qaynatma tovuq, tuxum, tvorog shaklida

beriladi. Bemorning buyraklari zararlanmagan bo‘lsa ishtahani och-

ish uchun ozgina ikra, selyodka va shu kabilar yediriladi. Ho‘lmeva

hamda uning suvi foydali. Suyuqliklarni yetarli miqdorda berish

kerak. Choy, kofe, mors, ishqoriy mineral suvlar tavsiya etiladi,

ozgina vino ham ichiriladi.

3. Organizmning chidamini oshirish uchun vitaminlar (A, C, B

guruh) beriladi, glukoza venaga (40% li zritmasi 20–40 ml dan) yoki

teri ostiga (5% li eritmasi 1–2 



l

 gacha) yuboriladi. Tromboflebit paydo

bo‘lganda venaga dori yuborish yaramaydi. Yurakni quvvatlovchi do-

rilar (asosan, kamfora), qon yaralishini kuchaytiradigan va ovqat

hazmini yaxshilaydigan preparatlar muntazam ravishda buyuriladi.

4. Antibiotiklardan tetratsiklin, biomitsin, eritromitsin va hoka-

zo buyuriladi.

Antibiotiklardan: a) penitsillin bilan streptomitsin; b) eritromit-

sin bilan tetratsiklin; d) oleandomitsin bilan tetratsiklin; e) tet-

ratsiklin bilan sulfanilamid preparatlar birga qo‘llanilganda yaxshi-

roq ta’sir ko‘rsatadi.



307

Antibiotiklarning quyidagi sutkalik dozalari ko‘proq qo‘llaniladi:

penitsillin 800 000 birlik, streptomitsin 1 000 000 birlik, tetratsik-

lin 800 000 birlik, eritromitsin 800 000 birlik, oleandomitsin

800 000 birlik. Eritromitsin va oleandomitsin tetratsiklin bilan birga

qo‘llanilganda sutkasiga 400 000 birlik hisobidan ishlatiladi.

Septik kasalliklarda, jumladan umumiy septik kasalliklarda sul-

fanilamid preparatlar (oq streptotsid, sulfazol, sulfatiazol va hoka-

zo) yaxshi ta’sir ko‘rsatadi. Sulfanilamid preparatlar dastlabki

kunlari katta dozada (har 4 soatda 1 g dan) ichiriladi, keyin do-

zasi sekin-asta kamaytiriladi.


Download 10,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   360   361   362   363   364   365   366   367   ...   513




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish