Qandli diabetning klinik manzarasi.
Bemorlar tashnalik oshi-
shi, ishtaha kuchayishi, ko‘p siyishdan (sutkalik siydik miqdori
normadan ancha oshadi), teri qichishidan noliydilar. Umumiy dar-
monsizlik orta boradi, tana massasi kamayadi. Periferik tomirlar turi
kengayishi tufayli teri qoplamlari pushti rang tus oladi, aksariyat
terida chiðqonlar (qichishda tirnalish sababli) paydo bo‘lib, bular
suvsizlanish oqibatida terining oziqlanishi buzilishidan vujudga ke-
ladi. Bunday bemorlarda aterosklerotik jarayonlar yog‘ almashinu-
vining buzilishi munosabati bilan odatdagidan kuchliroq rivojlana-
di, shuning uchun diabet kechishini yurak toj tomirlari (miokard
infarkti yuz berishi ehtimoli) va miya tomirlari (insult) zararlanishi
ko‘rinishidagi ateroskleroz belgilari og‘irlashtirishi mumkin.
Qandli diabetda laboratoriya diagnostikasining asosiy ma’lu-
motlari siydikda qand paydo bo‘lishi – glukozuriya (normada bun-
day bo‘lmaydi), siydik nisbiy zichligining oshishi, qonda qand
miqdorining ko‘payishi – giðerglikemiya hisoblanadi. Diabet og‘ir-
yengilligiga qarab 3 darajaga bo‘linadi: yengil, o‘rtacha, og‘ir.
Yengil darajasida uglevodlarni ortiqcha miqdorda iste’mol qilingan-
dagina uning qondagi miqdori ko‘tariladi va u siydikda paydo
bo‘ladi. O‘rtacha darajasida bemor qandli diabetga xos yuqorida sa-
nab o‘tilgan shikoyatlardan noliydi, qonda qand miqdori oshgan-
ligi qayd qilinadi, qand siydikda doimo bo‘ladi. Diabetning og‘ir
226
darajasi bo‘lgan hollarda bemorlar mehnat qilish qobiliyatini yu-
qotadilar. Ularda diabetik koma paydo bo‘lish ehtimoli bor.
Davosi.
Qandli diabet organizmda insulin yetishmasligiga
bog‘liq bo‘lgani sababli davolash organizmga insulin yuborishga
asoslangan. Kasallikning yengil darajasida insulin qo‘llanilguncha
diyetoterapiya (parhez) o‘tkaziladi (9-parhez). Parhezni diabetning
bosqich darajalarida (o‘rta va og‘ir darajasida) ham tayinlanadi.
Qandli diabetda parhezning sutkalik energetik qimmatini quyi-
dagicha aniqlanadi. Kunduzgi ovqat ratsioni energiya qimmatini ish
xarakteriga va sarflanadigan energiya hajmiga ko‘ra belgilanadi.
Qandli diabetga davo qilishda insulin bilan birga tabletka ko‘-
rinishidagi preparatlar: sulfonilmochevina unumlari (butamid 1 g
dan kuniga 2 marta, bukarbon 0,5–1 g dan kuniga 2 marta, mani-
nil 5 mg dan kuniga 2 marta) va biguanidlar (adebit 0,1 g dan
kuniga 2–3 marta, buforminretard – 0,1 g dan kuniga 2 marta, di-
forminretard – 0,85 g dan kuniga 2 marta tayinlanadi) qo‘llaniladi.
Diabetga qarshi barcha vositalar ovqatlanishdan keyin tayinlanadi.
Diabetli bemorlar uchun mehnat va turmush rejimini to‘g‘ri tashkil
qilishning ahamiyati katta (emotsional va ruhiy iztiroblar yo‘qligi,
parhezga, ovqat yeyish vaqtlariga qattiq amal qilish va boshqalar).
Do'stlaringiz bilan baham: |