Maket Akusherlik 2013. pmd


ONALIK VA BOLALIKNI HIMOYA QILISH BO



Download 10,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/513
Sana13.01.2022
Hajmi10,01 Mb.
#355334
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   513
Bog'liq
akusherlik va ginekologiya

ONALIK VA BOLALIKNI HIMOYA QILISH BO



YICHA



HUKUMAT QARORLARI

Onalik va bolalikni muhofaza qilish tizimi O‘zbekiston Respub-

likasi mustaqillikka erishgandan keyin respublika hukumatining

diqqat markazida turgan eng dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.

Respublikada onalik va bolalikni himoya qilish masalalari

bo‘yicha bir qancha qarorlar qabul qilingan va maxsus qonun

hujjatlari to‘plami chop etilgan.

O‘zbekiston Respublikasining “Oila kodeksi”, “Fuqarolar

sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi 1993-yil 3-sentabrdagi 938-XII-

son Qonuni, 1995-yil 21-dekabrdagi 161-1-son Qonuni bilan tas-

diqlangan “Mehnat kodeksi”, “Xotin-qizlarga qo‘shimcha imti-

yozlar to‘g‘risida”gi 1999-yil 14-apreldagi 700-1-son Qonuni,

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996-yil 10-dekabrdagi

“Bolali oilalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashni yanada

kuchaytirish to‘g‘risida”gi PF-1657-son Farmoni, “Xotin-qizlar-

ning ijtimoiy muhofazasini kuchaytirishga oid qo‘shimcha chora-

tadbirlar to‘g‘risida”gi 1999-yil 17-martdagi PF-2246-son Farmo-

ni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yosh

avlodni sog‘lomlashtirish muammolarini kompleks hal yetish

to‘g‘risida”gi 1993-yil 3-dekabrdagi 589-son Qarori, “Bolali

onalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish chora-tadbirlari

to‘g‘risida”gi 1996-yil 10-dekabrdagi 437-son Qarori, “Bolalikdan

nogiron tug‘ilishning oldini olish uchun yangi tug‘ilgan chaqa-

loqlarni hamda homilador ayollarda tug‘ma va boshqa patologiyani

barvaqt aniqlash bo‘yicha “Ona va bola skriningi davlat tizimini

tashkil etish to‘g‘risida”gi 1998-yil 1-apreldagi 140-son Qarori,

“Sog‘lom avlod” davlat dasturi to‘g‘risida”gi 2000-yil 15-fevraldagi

46-son Qarori, “Ona va bola” davlat dasturi to‘g‘risida”gi 2001-yil

5-fevraldagi 68-son Qarori, “Ayollar va o‘sib kelayotgan avlod

sog‘lig‘ini mustahkamlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar




15

to‘g‘risida”gi 2002-yil 25-yanvardagi 32-son Qarori, “Oilada tibbiy

madaniyatni oshirish, ayollarning sog‘lig‘ini mustahkamlash, sog‘-

lom avlod tug‘ilishi va uni tarbiyalashning ustuvor yo‘nalishlarini

amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2002-yil 242-son

Qarori va boshqa me’yoriy hujjatlarda Respublikada onalik va bola-

likni himoya qilish, onalar sog‘lig‘ini mustahkamlash, sog‘lom

bola tug‘ilishi uchun shart-sharoitlar yaratish borasida salmoqli

ishlar amalga oshirilishi belgilab qo‘yilgan.

Ayniqsa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 13-

apreldagi “Ona va bola salomatligini muhofaza qilish, sog‘lom av-

lodni shakllantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi

PQ-1096-sonli Qarorida mamlakatimizdagi tug‘ish yoshidagi ayol-

larni chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, ular orasidagi

homiladorlik va tug‘ruq uchun nisbiy va mutlaq moneliklari bo‘lgan

ayollarni dispanser nazoratiga olish, kasalliklarning xususiyatlari-

dan kelib chiqib, ularni ambulatoriya, statsionar, viloyat yoki

markaziy ixtisoslashgan shifoxonalarda davlat sog‘lomlashtirish,

kontrasepsiyaga muhtoj bo‘lgan ayollarga kontrasepsiyaning turli

vositalarini qo‘llash masalalari ko‘zda tutilgan. Shuningdek 0–14

yoshdagi bolalarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, kasallik aniqlangan

bemorlarni sog‘lomlashtirish masalasi ham qarorning eng muhim

jihatlaridan hisoblanadi. Respublikada aholining reproduktiv salo-

matligini yaxshilash, onalar va bolalar sog‘lig‘ini muhofaza qilish,

sog‘lom avlod tug‘ilishi va tarbiyalanishiga doir vazifalar belgilab

berildi.


Ushbu qaror ijrosini ta’minlash bo‘yicha O‘zbekiston Respub-

likasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2009-yil 16-apreldagi 115-

sonli hamda 2009-yil 30-apreldagi 130-sonli, 2010-yil 4-yanvar-

dagi 1-sonli buyruqlari e’lon qilinib, shahar va tuman tibbiyot

birlashmalari qoshidagi markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikalar,

qishloq vrachlik punktlarida, ya’ni sog‘liqni saqlash tizimi birlam-

chi bo‘g‘inlaridan boshlab to ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari-

ga qadar tug‘ish yoshidagi ayollarning reproduktiv salomatligini

mustahkamlash, sog‘lom avlodni voyaga yetkazish borasidagi ish-

larni yanada takomillashtirish vazifalari belgilab berilgan.

Xotin-qizlarning mehnat faoliyati hamda ona va bola salomatli-

gini himoya qilish bilan bog‘liq bo‘lgan qonunlar tegishli mod-

dalarida belgilangan ayrim me’yorlar haqida qisqacha ma’lumot

keltiriladi.




16

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi II bo‘lim 37- va 46-

moddalarida inson va fuqaroning asosiy huquqlari, majburiyatlari va

erkinliklari, har bir kishi mehnat qilishga, ishni erkin tanlashga,

qoniqarli mehnat sharoitiga va qonunda ko‘rsatilgandek ishsizlikdan

himoyalanish huquqiga ega, ayol va erkak teng huquqli ekanliklari

o‘z aksini topgan.

Homilador ayollarning mehnat muhofazasi, ayrim toifadagi

homiladorlarga beriladigan qo‘shimcha kafolatlar va imtiyozlar

O‘zbekiston Respublikasi “Mehnat kodeksi”da belgilab qo‘yilgan.




Download 10,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   513




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish