Maket Akusherlik 2013. pmd



Download 10,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet394/513
Sana13.01.2022
Hajmi10,01 Mb.
#355334
1   ...   390   391   392   393   394   395   396   397   ...   513
Bog'liq
akusherlik va ginekologiya

Nazorat savollari

1. Ayol jinsiy a’zolarining yallig‘lanish kasalliklari qo‘zg‘atuv-

chilari, tarqalish yo‘llari.

2. Ayol jinsiy a’zolarining yallig‘lanish kasalliklari tasnifi.

3. Tashqi jinsiy a’zolar yallig‘lanishi.

4. Ichki jinsiy a’zolar yallig‘lanishi.




333

XXIX BOB. AYOLLAR JINSIY A’ZOLARINING

YUQUMLI KASALLIKLARI

Trixomoniaz.

 Kasallikni xivchinlilar sinfiga kiruvchi, sodda

mikroorganizm – qin trixomanadalari chaqiradi. Kasallik jinsiy

aloqa yo‘li bilan yuqadi.

K l i n i k a s i – kasallikning xususiyatlaridan, uning simp-

tomlari hamisha ham yorqin ko‘zga tashlanavermaydi. O‘tkir tri-

xomaniazda ayollarda qindan ko‘piksimon, yashil tusli, badbo‘y

hidli suyuq ajralma keladi. Qinda va vulvada qattiq qichish bo‘lishi

mumkin. Obyektiv tekshirib ko‘rilganda qin shilliq pardasi giðe-

remiyasi, shishi, qinda trixomaniaz to‘g‘risida xulosa qilishga unday-

di. Erkaklarda uretradan ajralma kelishi va qichishi kuzatiladi.

D i a g n o s t i k a s i.  Kasallikning belgilariga qarab hamda

qindan kelayotgan ajralmadan tirik tomchi, ya’ni ajralma ustiga fi-

ziologik eritma qo‘shilib, undan bir tomchi olinadi, jism oyna-

chasiga tomizilib, qoplagich oynacha yopilib, mikroskop tagida

ko‘rilganda harakatlanib yurgan xivchinlari, dumi va yadrosi bo‘l-

gan trixomonoslar topilishi trixomaniaz kasalligi ekanligini tas-

diqlaydi. Bundan tashqari, qin ajralmasini jism oynachasiga yupqa

qilib surib, surtma tayyorlanadi va metilin ko‘ki yoki gemotoksilin

– iozin bilan bo‘yab, keyin mikroskopda ko‘rilsa, trixomonos to-

pilishi mumkin. Eng ishonchli usul ozuqa muhitiga qindan olingan

ajralma ekiladi va uning kulturasi o‘stiriladi, agarda ozuqa muhitida

trixomonos o‘sib chiqsa, trixomoniaz ekanligi ma’lum bo‘ladi. Er-

kaklarda ham uretraning ajralmasi olib tekshiriladi. Ba’zan siydikni

sentrifuga qilib, undagi cho‘kmadan mikroskopda tekshirib ko‘-

rilganda ham trixomonos topilishi mumkin, bu esa trixomoniaz ka-

salligi haqida dalolat beradi. Kasallik diagnostikasida imkon qadar

er va xotin bir vaqtda tekshirilsa yaxshi diagnostik samara beradi.

D a v o s i. Trixomoniaz bilan kasallangan bemorlar 7 kun

davomida kuniga 2 mahal 500 mg dan metranidazol (trixopol, ti-

nidazol) tabletkasidan ichishi va bir vaqtning o‘zida qinga ham

qo‘yishi yaxshi davolovchi samara beradi. Odatda davolash kursi 14

kundan keyin takrorlanishi maqsadga muvofiqdir. Er va xotin bir-

galikda davolansa, yaxshi davolash natijasiga erishish mumkin.




334

So‘zak.

 Kasallikni gramm manfiy, Neyser diðlokokki-gono-

kokklar chaqiradi. So‘zak JYOYuK ning keng tarqalgan turi hisob-

lanadi. Ba’zi bir taraqqiy etayotgan mamlakatlar aholisining 20%

gacha so‘zak bilan kasallanganligi sir emas. Hattoki, Afrika mam-

lakatlarida tug‘ilayotgan chaqaloqlarning 2–4% da tug‘ma of-

talmoblenoreya kasalligi uchraydi.

K l i n i k a s i. Ayollarda kasallik endigina boshlanib kelayot-

ganida 70% hollarda klinik alomatlar ko‘zga tashlanmasligi, yashirin

avj olib boraverishi mumkin. Unga xos bo‘lgan xususiyatlardan

qindan yiringli ajralmalar kelishi, siyish paytida og‘riq va achishish

(dizuriya) paydo bo‘lishi; uretrit belgilari bilan boshlanadi. So‘zak-

ning o‘tkir darajasida bemolarni dizuriya qattiq bezovta qilishi, qin-

dan yiringli ajralma ko‘plab kelishi, jinsiy a’zolarda og‘riq bo‘lishi

kuzatiladi, hatto tana harorati ko‘tarilishi mumkin. Kasallik vaqtida

aniqlanib, davolanmasa kichik chanoq a’zolarining yallig‘lanishiga

– endometrit, salpingit, salpingooforit, pleveoperitonit kabi ka-

salliklarga sabab bo‘lishi mumkin. Natijada, ichki jinsiy a’zolarda

bitishmalar paydo bo‘lishiga olib keladi, oqibatda ayollar bepusht

bo‘lib qolishi mumkin. Erkaklarda so‘zak yuqqandan keyin dastlab-

ki 12–72 soat davomida birdan boshlanadi. Asosiy belgilari dizuriya

va uretradan yiringli ajralma kelishi. Tanosil a’zolarida og‘riq paydo

bo‘lishi bilan xarakterlidir. Vaqtida davolanmasa, kasallik asorat

berib, epididimit, uretra abssessi va uning o‘rnida keyinchalik chan-

diq hosil bo‘lib, bitib qolishi (striktura) va oxir-oqibatda, erkaklar

bepusht bo‘lib qolishi mumkin.

D i a g n o s t i k a s i. Ayollarda qin, bachadon bo‘yni kanali,

uretra va to‘g‘ri ichakdan (erkaklarda uretradan) surtma olib, uni max-

sus laboratoriyada bakterioskopiya (mikroskopda ko‘rish) yoki ajral-

mani maxsus ozuqali muhitga ekilib, unda gonokokklarni o‘stirish

bakteriologik yo‘l bilan kasallik qo‘zg‘atuvchisi aniqlanadi. Bakterios-

kopiyada har hujayra ichida loviya shaklidagi, bir-biriga qarab ikkitadan

joylashgan diðlokokklarni ko‘rish mumkin. Bu esa kasallikning aniq

diagnostik asosi hisoblanadi. Surunkali so‘zakni poliklinika, xotin-

qizlar maslahatxonalari sharoitida maxsus provakatsiya (sun’iy ravishda

kasallik xurujini chaqirish) – biologik, fiziologik, kimyoviy, termik

usullar yordamida kasallikni aniqlash mumkin.

D a v o l a sh. O‘tkir so‘zakni davolashda bir marotaba 500 mg

miqdorda siðrofloksatsin, 400 mg miqdorda sefiksin ichiladi. Bun-

dan tashqari mukammalroq davolash uchun 80 mg trimetop-




335

rim+400 mg sulfametoksazil (Biseptol 480, Septrim, Baktrim,

Oriðrim) 3 kun davomida 10 tabletka ichiladi. 250 mg seftriakson

(rosefin), 2 g spektinomitsin yoki 2 g kanamitsin muskul orasiga

ineksiya qilinadi. Kasallikni davolashda, albatta, er-xotin jinsiy

juftlar birgalikda davolanadi. Ularning davolanganlik mezonlari

aniqlangandan keyingina nazoratdan chiqariladi.


Download 10,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   390   391   392   393   394   395   396   397   ...   513




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish