Maket Akusherlik 2013. pmd



Download 10,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet385/513
Sana13.01.2022
Hajmi10,01 Mb.
#355334
1   ...   381   382   383   384   385   386   387   388   ...   513
Bog'liq
akusherlik va ginekologiya

ANOVULYATOR QON KETISH

Yuqorida qayd etilgan sabablarga ko‘ra, follikulalar yorilmasdan

qolib, ular mayda kristalchalarga aylanishi yoki follikula yetilmas-

dan atreziyaga uchrashi oqibatida bir fazali hayz sikli rivojlanishi –




325

anovulyator hayz sikli deyiladi. U yuvenil qon ketishi, klimakterik

qon ketishlar shaklida namoyon bo‘ladi.

K l i n i k a s i. Anovulyator yuvenil qon ketishi hayzning

to‘xtab qolishi (7–8 hafta davomida), ya’ni hayz kelish mud-

datidan bir yarim-ikki oy o‘tib ketib, birdaniga bachadondan

kuchli qon ketishi bilan tavsiflanadi. Ba’zan normal hayz ko‘rish

birmuncha qisqargan holda, yuvenil qon ketish bilan almashinib

turadi. Kamqonlik kasalligiga olib keladi.

Yuvenil qon ketish deganda, qizlarning balog‘atga yetish

davridagi anovulyator qon ketishi tushuniladi.

Jinsiy taraqqiyot davri – jismoniy-jinsiy jihatdan farq qiladi.

Ularda biologik yetilish tez ro‘y beradi, ammo pubertat yoshining

1-fazasi boshlanishi sekinlashib, kattaroq yoshga yetganda qon

ketish surunkali bo‘ladi.

D i a g n o s t i k a s i  bemorning shikoyatlari anamnezi va

obyektiv tekshirish usullari yordamida aniqlanadi. Qo‘shimcha tek-

shirish usullaridan bazal haroratni aniqlash muhim ahamiyatga ega.

Laboratoriya tekshirish usullarida keskin kamqonlik aniqlanishi,

muhim diagnostik ahamiyatga ega.

D a v o l a sh. Prepubertat davrdagi qon (yuvenil) ketishda –

estrogenli gemostaz, progestinli gemostaz, bachadon bo‘ynini

elektrostimulatsiya qilish, siklik gormonal terapiya o‘tkazish. Gor-

monal gemostaz deganda 3–5 kun davomida (kelayotgan qon

to‘xtaguncha) estrogen gormonlari (sinestrol, diyetilstilbistrol va

boshqalar), progesteron gormonidan inyeksiya qilinib, organizmni

gormonlar konsentratsiyasini oshirib reflektor yo‘l bilan qonni

to‘xtatish mexanizmi tushuniladi. Pubertat davrdagi qon ketishda –

gormonal gemostaz; yetuklik davridagi qon ketishda – bachadon

shilliq pardasini qirish, bachadon ichiga yod yuborish, bachadon

bo‘ynini elektrostimulatsiya qilish va krioterapiya, siklik gormonal

terapiya, estrogen-gestogen dori vositasi bilan davolash. Klimak-

terik davrdagi qon ketishda – bachadon shilliq qavatini qirish,

gormonal gemostaz, bachadon ichiga yod yuborish, estrogen-

gestogenlar, gormonlar ta’sirida tuxumdon funksiyasini so‘ndirish.

P r o f i l a k t i k a s i. Hayz funksiyasi buzilishi hollarining

profilaktikasi ona qornida ayol jinsidagi homila rivojlanayotgan

davrda, jinsiy sistema vujudga kelib, tabaqalanishga kirishadigan

mahalda boshlanadi.

Antenatal, homila muhofazasiga doir chora-tadbirlarni ko‘rish

kerak. Homilador ayolni noqulay tashqi muhit omillaridan (kim-



326

yoviy moddalar, nur energiyasi, dori-darmonlarning salbiy

ta’siridan) infeksion, virusli kasalliklardan saqlash kerak.

Sog‘lom turmush tarzi, to‘g‘ri ovqatlanish, ekstragenital,

ginekologik kasalliklarni vaqtida davo qilish – hayz funksiyasining

buzilishining oldini olishga imkon beradi.

Hayzoldi sindromi, klimakterik sindrom, postkastratsion sin-

dromlar – asosiy neyro-endokrin sindromlar hisoblanadi.

Hayzoldi sindromi – hayz siklining ikkinchi yarimida hayz

boshlanishiga bir necha kun qolganda bosh og‘rishi, ko‘ngil aynishi,

et uvishishi, uyqusizlik, tajanglik, yig‘loqilik, taxikardiya va boshqa

patologik simptomlar kuzatiladi. Bunday o‘zgarishlar siklik tarzda

paydo bo‘lib turishi, hayzdan keyin yo‘qolishi mumkin.

D a v o s i: psixoterapiya, umumiy tetiklantiruvchi chora-tad-

birlar, tinchlantiradigan, siydik haydaydigan dori vositalari va jinsiy

gormonlar buyuriladi.

Klimakterik sindrom – his-tuyg‘ulari ko‘p tug‘yonga keladi-

gan, shuningdek 46–50 yoshga kelib, organizmi qayta tuzilayot-

ganda, ichki a’zolarning surunkali kasalliklari bilan og‘rib yurgan

ayollarda avj oladi.

K l i n i k a s i. Birdan qizib ketgandek seziladi, terlash, yurak

o‘ynashi, bosh og‘rishi, et uvishishi, bo‘g‘ilish, ko‘ngilni vahima

bosish, yurak sohasida og‘riq, qo‘l-oyoqlar uvishib turishi kabi

klinik manzara ko‘zga tashlanadi.

Postkastratsion sindrom – tuxumdonlar olib tashlangandan

keyin kasallik boshlanadi. Klinikasi klimakterik sindromdek.

Postkastratsion sindrom uchun asteniya (asteniyada odam o‘zini

bequvvat, charchoq sezishi, xotira pasayishi bilan ifodalanadi) avj

olib borishi, shuningdek odamning semirib, ateroskleroz paydo

bo‘lishi xosdir.

D a v o s i. Klimakterik va postkastratsion sindromga qilinadi-

gan davo, umuman tetiklantiradigan chora-tadbirlar (suv muola-

jalari, davo gimnastikasi, massaj). Parhez tutish, tinchlantiruvchi

dori-darmonlar (seduksen, frenolon, tazepam, valeriana preparat-

lari), vitaminlar, jinsiy gormonlar beriladi.


Download 10,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   381   382   383   384   385   386   387   388   ...   513




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish