Maket Akusherlik 2013. pmd



Download 10,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet352/513
Sana13.01.2022
Hajmi10,01 Mb.
#355334
1   ...   348   349   350   351   352   353   354   355   ...   513
Bog'liq
akusherlik va ginekologiya

Yorilish vaqti bo‘yicha: 

tug‘ruq vaqtida; homiladorlik vaqtida.



Etiologiya va patogenezi bo‘yicha: 

o‘z-o‘zidan yorilishi; zo‘rlik

bilan yorilishi; aralash yorilishi.

Joylashishi bo‘yicha: 

bachadon tubi yorilishi; bachadon tanasi

yorilishi; bachadon pastki segmentining yorilishi; bachadonning

qin gumbazlaridan uzilib ketishi.



Shikast xarakteri bo‘yicha: 

to‘liq yorilishi – bachadon hamma

qavatlari yoriladi; chala yorilishi – shilliq va mushak qavatlari yo-

riladi, seroz qavati butun qoladi.



Klinik kechishi bo‘yicha: 

bachadon yorilishi xavfi; bachadon-

ning yorilishi.

Asosan takror tug‘uvchi ayollarda anamnezida patologik tug‘-

ruq, bachadon yallig‘lanishi, bachadonda operatsiya qilingan ayol-

larda ko‘proq uchraydi. Ayniqsa, kesar-kesish yo‘li bilan tug‘di-

rilgan ayollarda bachadon ko‘proq yoriladi. Bu ayollar bachadon

yorilishi xavfi yuqori bo‘lgan guruhlarga kiradilar. Hozirgi vaqtda bu

guruhga kiruvchi homiladorlar soni ko‘payib bormoqda. Konserva-

tiv miomektomiya, kesar-kesishdan keyin ko‘pincha homilador

ayollar bachadon yorilishi xavfi belgilari yuzaga chiqmasligi yoki

ularning yo‘qligi sababli, ya’ni bachadon to‘qimalarining sekin-asta

sitilib ketish yo‘li bilan yorilishi tufayli og‘riqni sezmaydilar. Ba-

chadonda chandig‘i bor homiladorlar orasida 10–13% ayollarda

bachadon shu chandiq bo‘ylab yoriladi.

Homilaning tug‘ilishi mexanik to‘sqinlikka uchraganda bacha-

donning yorilish xavfi tahdid qilayotgani quyidagi simptomlar

bilan ta’riflanadi:

1. Dard va to‘lg‘oq juda qattiq, ba’zan ketma-ket tutadi.

2. Bachadonning pastki segmenti o‘ta cho‘zilib yupqa tortadi,

palpatsiyada og‘riydi.

3. Kontraksion halqa yuqoriga ko‘tarilib, kindik ro‘parasigacha

boradi, qiyshiq joylashadi. Bachadon qum soati shakliga kiradi.

4. Bachadonning yumaloq boylamlari juda ham tarang bo‘lib,

bezillab turadi.

5. Bachadon bo‘yni teshigining chetlari qisilib shishadi, bu

shish qin va oraliqqa ham yoyiladi.

6. Qovuq va uretra homila boshi bilan chanoq suyaklari orasida

qisilib qolganidan siydik chiqarish qiyinlashadi.

7. Qindan qonli chiqindi keladi, bu esa to‘qimalarning shikast-

lana boshlaganini ko‘rsatadi.



295

8. Tug‘uvchi ayol betoqat bo‘lib, o‘zini qo‘ygani joy topolmay-

di, qattiq og‘riqdan noliydi.

Dard va to‘lg‘oq tez-tez tutib og‘riqli bo‘ladi. Boshqa simptom-

lar ham kuzatiladi, lekin ular mexanik sabablar bilan bachadon

yorilish xavfining belgilariga qaraganda kamroq seziladi.

Yuqorida ko‘rsatilgan klinik belgilar paydo bo‘lganda yordam

berilmasa bachadon muqarrar yorilib ketadi. Simptomlari:

1. Bachadon yorilayotgan paytda qorinda juda qattiq og‘riq pay-

do bo‘ladi.

2. Bachadon yorilgandan keyin dard va to‘lg‘oq tutishi to‘xtaydi.

3. Shok paydo bo‘lishi va tobora ko‘p qon yo‘qotishi sababli

juda og‘ir holat yuz beradi. Teri va ko‘rinib turgan shilliq pardalar

oqaradi. Ayolning ko‘zi ich-ichiga tushib ketadi, burni puchayib

qoladi. Tomiri tez-tez uradi va yaxshi to‘lishmaydi, qon bosimi

pasayadi, ko‘ngli ayniydi va qusadi.

4. Bachadon yorilganda homila butunlay yoki qisman qorin

bo‘shlig‘iga chiqadi. Oldinda yotuvchi qismi ilgari qimirlamay tur-

gan bo‘lsa, endi yuqoriga surilib, harakatchan bo‘lib qoladi. Ho-

mila yonida bachadonning qisqargan tanasi paypaslab topiladi.

Homila yurak urishi eshitilmaydi.

5. Tashqariga ko‘p qon ketmaydi, ba’zan juda oz qon chiqadi.

Bachadon yorilganda qon qorin bo‘shlig‘iga quyiladi.

Bachadon yorilgan taqdirda darhol qorinni yorish (laporoto-

miya qilish zarur). Qorin bo‘shlig‘idan homila, yo‘ldosh va quyil-

gan qon olinadi. So‘ngra bachadon qin ustidan amputatsiya qilinadi

yoki butunlay olib tashlanadi (ekstirpatsiya). Operatsiya vaqtida va

operatsiyadan keyin shokka va qon yo‘qotishga qarshi kurash olib

boriladi. Qon quyiladi, teri ostiga, vena ichiga fiziologik eritma

yuboriladi, ayol issiq tutiladi. Yurakni quvvatlaydigan dorilar bu-

yuriladi.

Profilaktikasi

. Bachadon yorilishining oldini olish tug‘ruqqa

yordam berishni to‘g‘ri tashkil qilishdan iborat. Hamma homilador-

larni xotin-qizlar maslahatxonasida o‘z vaqtida hisobga olish va

ularni sinchiklab kuzatib turish hal qiluvchi ahamiyatga ega. Tug‘-

ruq vaqtida bachadonning yorilishi ehtimol tug‘iladigan hamma

homiladorlar xotin-qizlar maslahatxonasida aniqlanib, maxsus

hisobga olinadi. Chanog‘i tor, homilasi noto‘g‘ri yotgan, homila-

dorligi o‘tib ketgan (homilasi yirik) ayollar, tug‘averib qorin de-

vori va bachadoni bo‘shashgan ayollar akusherlik anamnezi og‘ir




296

patologik tug‘ruq, yallig‘lanish kasalliklari bo‘lgan ayollar kesar-

kesish va bachadonida boshqa operatsiyalar qilingan ayollar shu

guruhga kiritiladi. Bu homiladorlarning hammasi tug‘ishga ikki-uch

hafta qolganda tug‘ruq kompleksiga yuboriladi. Tug‘ruq vaqtida

bachadonning yorilish xavfi borligini ko‘rsatuvchi belgilarni o‘z

vaqtida payqab olishi uchun ayollar sinchiklab kuzatiladi.


Download 10,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   348   349   350   351   352   353   354   355   ...   513




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish