Maket Akusherlik 2013. pmd


III BOB. SHIFOXONA ICHI INFEKSIYASINING



Download 10,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/513
Sana13.01.2022
Hajmi10,01 Mb.
#355334
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   513
Bog'liq
akusherlik va ginekologiya

III BOB. SHIFOXONA ICHI INFEKSIYASINING

OLDINI OLISH. AKUSHERLIKDA ASEPTIKA-

ANTISEPTIKA VA DAVOLASH-MUHOFAZA TARTIBI

AKUSHERLIKDA ASEPTIKA-ANTISEPTIKA

Yo‘ldosh ko‘chib tushgandan keyin bachadonning ichki yuzasi

keng jarohatga o‘xshab qoladi, hatto normal tug‘ruqda ham ko‘-

pincha bachadon bo‘yni, qin, oraliq chaqalanadi va yirtiladi.

Bachadonning jarohati yuzasiga, tug‘ruq yo‘llaridagi yumshoq

to‘qimalarning chaqalangan, yorilgan va yirtilgan joylariga mikro-

organizmlar kirsa, chilladagi septik kasalliklar ro‘y berishi mum-

kin.


Ayol organizmining chidamini kamaytiradigan shart-sharoitlar:

nerv tizimining o‘ta zo‘riqishi, qon yo‘qotish, giðovitaminozlar,

avval boshdan kechirilgan kasalliklar va hokazolar chilladagi septik

kasalliklarning avj olishiga yo‘l ochadi.

Akusherlikda antiseptika bilan aseptika joriy qilinguncha chillada-

gi septik kasalliklar («tug‘ruq isitmasi») juda tez ro‘y berib turgan,

tug‘ruq komplekslarda chilladagi septik kasalliklar og‘ir – epide-

miya tusini olardi. «Tug‘ruq isitmasi»dan o‘lish 25% ga yetar va

undan ham oshar edi. «Tug‘ruq isitmasi» epidemiyasi ro‘y bergani

munosabati bilan tug‘ruq komplekslari bir qadar uzoq vaqtga yo-

pib qo‘yilar edi.

Avstriya poytaxti Vena shahri akusherlik klinikasida ishlagan

vengriyalik olim I.F.Zemmelveys o‘tgan asrning o‘rtalarida qayd

qilganidek, talabalar patologik anatomiya kafedralarida o‘liklarni

yorib anatomiyani o‘rganib, keyin akusherlik klinikasida amaliyotni

o‘tayotgan bir vaqtda, o‘sha klinikada tuqqan ayollarning kasalla-

nishi va o‘limi ancha ko‘p bo‘ladi.

I.F.Zemmelveys ifloslangan asboblar va tug‘ruqni boshqarayot-

gan tibbiy xodimlarning qo‘lidan «chiriyotgan hayvon organik

moddalari»ning tug‘ruq yo‘llariga kirib qolishi oqibatida chilla davri

kasalliklari ro‘y beradi, degan xulosaga keldi. Tug‘ruqni boshqa-

ruvchi vrachlar va akusherlarning qo‘lini xlorli suv bilan dezinfek-

siya qilish usulini joriy etdi (1847). Bu I.F.Zemmelveysning eng

buyuk kashfiyoti edi. Chilladagi kasalliklarning oldini oladigan bu




30

oddiy usul tuqqan ayollarning o‘lishini keskin darajada kamaytirdi

(1,5%). I.F.Zemmelveys xlorli suvni ishlatib, akusherlikda antisep-

tika asoslarini yaratdi.

I.F.Zemmelveys kashfiyotidan 20 yil keyin jarroh Lister asep-

tika asoslarini, ya’ni jarohatga o‘raladigan bog‘lov materiali, as-

boblar, choyshab, salfetka va shu kabilarni yuqimsizlantirish asos-

larini yaratdi.

Chilladagi septik kasalliklarga patogen mikroblarning ko‘p tur-

lari sabab bo‘ladi. Ammo stafilokokklar bilan streptokokklar sep-

tik infeksiyaning eng ko‘p uchraydigan sababchilari hisoblanadi.

Ichak tayoqchasi, gazli gangrena mikroblari, pnevmokokk va

boshqa turli mikroblar chilladagi kasalliklarni qo‘zg‘aydi. Chilla-

dagi kasalliklarning mikroblari tashqi muhitda tarqalgan, ular

odam organizmida o‘sib, yashayveradi-yu, odatdagi sharoitda ka-

sallantirmaydi.

Kasallik tug‘diruvchi mikroblarga keng yo‘l ochib beradigan

jarohat yuzalari mavjud bo‘lganda, septik kasalliklar ro‘y beradi.

Bachadonning ichki yuzasi, bachadon bo‘yni, qin va oraliqning

bola tug‘ilayotganda yirtilgan, yorilgan va choklangan joylari chil-

ladagi infeksiya (kasallik mikroblari) kiradigan yo‘llar hisoblanadi.

Chilladagi infeksiya manbalari ko‘p va turli-tuman. Infeksiya

o‘choqlari ayolning o‘z organizmida bo‘lishi mumkin (endogen

infeksiya). Terining yiringli kasalliklari, tish chirishi, alveolyar

pioreya (paradontoz), angina, siydik-tanosil a’zolarining yallig‘-

lanish kasalliklari infeksiya o‘choqlariga kiradi. Homilador ayol,

ayniqsa, saramas, angina, yiringli jarayonlar bo‘lgan bemorlarga

yaqin yurgan taqdirda terisi zararlanmagan holda, unda patogen

mikroorganizmlar yashab, o‘sib turishi mumkin. Infeksiya shu

o‘choqlardan qon va limfa tomirlari orqali, shuningdek, yuza

bo‘ylab tarqalib, tug‘ruq yo‘llariga kiradi (teridan qinga, qindan

bachadonga o‘tadi).




Download 10,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   513




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish