siydigi albatta tekshiriladi.
Tug‘ruqxonaga
kelganda siydigi tekshirilib, aseton, oqsil bor-yo‘qligi aniqlanadi,
buning uchun siydikka sirka kislota qo‘shib qaynatiladi yoki sul-
fasalitsilat kislota bilan tekshiriladi. Keyinchalik siydik laboratoriyada
tekshirib turiladi.
Oqsil bor-yo
‘
qligini aniqlash uchun sirka kislota bilan tekshi-
rish.
Probirkaga 8–10 ml siydik solib, spirt lampasida qaynatiladi.
Siydikda oqsil yoki bir talay tuz bo‘lsa, qaynatilganda loyqalanadi.
Loyqalangan siydikka sirka kislotaning kuchsiz (3–5%) eritmasidan
bir necha tomchi qo‘shib, yana qaynatiladi. Ayni vaqtda, loyqa
yo‘qolmasa, siydikda oqsil bor, siydik tiniq bo‘lib qolsa, uning
loyqalanishi tuzlarga bog‘liq bo‘ladi (tuzlar sirka kislota ishtirokida
erib ketadi).
Do'stlaringiz bilan baham: |