REJA:
1.
MAKEDONIYALIK ALEKSANDRNING BOLALIGI VA YOSHLIGI
2.
MAKEDONIYALIK ALEKSANDRNING HARBIY YURISHLARI
3.
SHAXSIY HAYOTI
4.
OʻLIMI
MAKEDONIYALIK ALEKSANDR
•
MAKEDONIYALIK ISKANDAR (BUYUK) – BU
AVVALAMBOR HUKMDOR VA O’SHA DAVRNING ENG
BUYUK SARKARDASI HAMDA O’LIMIDAN KEYIN
PARCHALANIB KETGAN KUCHLI IMPERIYANING
ASOSCHISI EDI.U YIGIRMA YOSHLI O’SPIRIN
DAVRIDA TAXTGA O’TIRDI VA O’N IKKI YIL
DAVOMIDA MAMLAKATINING CHEGARALARINI
XAVFSIZLANTIRIB, UNING SARHADLARINI
KENGAYTIRIB, SALTANATNI BOSHQARISH BOBIDA
YUKSAK CHO’QQIGA ERISHDI
MAKEDONIYALIK ISKANDAR ERAMIZDAN AVVALGI 356 YILDA TAVALLUD TOPDI. UNING
OTASI MAKEDONIYA SHOHI –FILIPP II, ONASI ESA EPIR SHOHINING QIZI – OLIMPIADA EDI.
ISKANDARNING ONASI OLIMPIADA O’ZINI BUTKUL TAXT VORISI BO’LMISH O’G’LINING
TARBIYASIGA BAG’ISHLADI. OTASI ESA KO’PINCHA HARBIY YURISHLARDA BO’LGANI
UCHUN O’G’LIGA KO’P VAQT AJRATA OLMAS EDI VA HAMISHA UNDAN UZOQDA BO’LAR EDI.
SHUNGA QARAMASDAN ISKANDAR OTASINING JASORATI VA ARMIYASINING ERISHGAN
NATIJALARI BILAN FAXRLANAR EDI. BIROQ OLIMPIADA O’G’LINI DOIMO OTASIGA QARSHI
QAYRAB KELAR EDI, SHUNING UCHUN BO’LAJAK HUKMDOR OTASIGA NISBATAN KO’RA
ONASIGA MEHRINI KO’PROQ BERGAN EDI.
•
ISKANDAR 16 YOSHLIGIDA OTASI VIZANTIYANI ZABT
ETISHGA OTLANAR EKAN, ILK BOR MAKEDONIYA
BOSHQARUVINI O’G’LIGA TOPSHIRIB KETADI. HUDDI SHU
PAYT MAMLAKATDA ISYON KO’TARILADI. YOSH SHAHZODA
POYTAXTDA QOLGAN POLKLAR BILAN QO’ZG’ALONNI
BOSISHGA ERISHADI. ORADAN IKKI YIL O’TIB, ISKANDAR
YANA QO’MONDON SIFATIDA JANG MAYDONIGA CHIQADI –
XERONDAGI JANGDA MAKEDONIYALIK QO’SHINNING CHAP
QANOTINI BOSHQARADI. ERAMIZDAN AVVALGI 336 YILDA
SHOH FILIPP HALOK BO’LADI VA UNING O’G’LI ISKANDAR
MAKEDONIYA HUKMDORI, DEB E’LON QILINADI.
•
TAXTGA O’TIRISHI BILANOQ ISKANDAR BIRINCHI
NAVBATDA OTASINING O’LIMIGA SABABCHI
BO’LGAN DUSHMANLARNI YO’Q QILADI VA
SOLIQLARNI BEKOR QILADI. SO’NGRA IKKI YIL
DAVOMIDA MAMLAKAT SHIMOLIDAGI FRAK
QABILALARINING BOSQINCHILIKLARINI
SO’NDIRIB, GRETSIYADA MAKEDONIYA
HUKMRONLIGINI O’RNATADI.
•
KEYINCHALIK ISKANDAR BUTUN ELLADANI BIRLASHTIRIB, OTASI FILIPP BIR UMR ORZU QILGAN ERONNI
ZABT ETISH UCHUN BUYUK YURUSHNI BOSHLAYDI. AYNAN ANA SHU YURUSHDA ERONLIKLAR BILAN
BO’LIB O’TGAN JANGLARDA MAKEDONIYALIK ISKANDARNING AJOYIB HARBIYMAHORATI NAMOYON
BO’LDI. ERAMIZDAN AVVALGI 334 YILDA GRANIK DARYOSI BO’YIDAGI JANGDAN SO’NG DEYARLI BUTUN
KICHIK OSIYO MAKEDONIYALIKLARNING QO’LIGA O’TADI. ISKANDAR ESA BUYUK SARKARDA VA
JAHONGIR NOMINI OLADI. BUYUK ISKANDARNING DOVRUG’INI ESHITGAN MAMLAKATLAR JANGSIZ UNING
QO’SHINIGA TASLIM BO’LDILAR. SARKARDA HECH BIR QIYINCHILIKSIZ SIRIYA, FINIKIYA, FALASTIN,
KARIYA VA YAQIN SHARQNING BOSHQA DAVLATLARINI ISHG’OL QILDI. SO’NGRA U MISRGA YURISHINI
BOSHLADI. U YERDA HAM UNI ILOH SIFATIDA OCHIQ YUZ BILAN KUTIB OLDILAR. MISRDA SARKARDA YANA
BIR SHAHARNI O’Z NOMI BILAN ATAB, UNGA ISKANDARIYA NOMINI BERDI.
ISKANDAR ERONGA QAYTIB KELIB, SUZU, PERSEPOL
HAMDA VAVILONNI ZABT ETADI VA VAVILONNI BUYUK
DAVLATINING POYTAXTI QILIB O’ZGARTIRADI. 329
YILDA ERON SHOHI DORO AYONLARI TOMONIDAN
O’LDIRILADI, BU VAZIYATDA HAM ISKANDAR O’ZINI
AQLLI TAKTIK VA STRATEG SIFATIDA KO’RSATADI. U
ERON SALTANATINING QULASHIDA ZABT ETUVCHILAR
EMAS, ICHKI DUSHMANLAR AYBDORLIGINI AYTIB,
SHOH DORO UCHUN ULARDAN QASOS OLISHINI E’LON
QILADI.
ASTA-SEKINLIK BILAN ISKANDAR OSIYO HUKMDORIGA AYLANIB BORDI. U
IKKI YIL DAVOMIDA HOZIRGI AFG’ANISTON, TOJIKISTON VA O’ZBEKISTON
HUDUDLARINI O’Z ICHIGA OLGAN SUG’DIYONA VA BAQTRIYANI ZABT ETDI.
YANGI HUDUDLARNI ISHG’OL QILAR EKAN, ISKANDAR SHAHARLAR BARPO
ETIB, ULARGA O’Z NOMINI BERADI. MASALAN, ESHATADAGI ISKANDARIYA
BILAN ARAHISIYADAGI ISKANDARIYA SHAHARLARI BIZNING DAVRIMIZDA
XO’JAND VA QANQAG’OR NOMI BILAN MASHHUR.
ERAMIZDAN AVVALGI 326 YILDA ISKANDAR BUYUK HINDISTONGA YURUSHINI
BOSHLAYDI. BU YURUSHI DAVOMIDA U BIR NECHA QABILALARNI QO’LGA OLIB, HOZIRGI
POKISTON HUDUDINI ISHG’OL QILISHGA ULGURADI. BIROQ HIND DARYOSINI KESIB
O’TISHLARI BILANOQ HOLDAN TOYGAN ASKARLAR ISTILONI DAVOM ETTIRISHDAN BOSH
TORTDI. YEVROSIYO QIT’ASINING OSIYO QISMIDA O’N YILDAN BERI G’OLIBONA YURISH
QILIB KELAYOTGAN ISKANDAR QO’SHININI ORQAGA QAYTARISHGA MAJBUR BO’LDI.
ISKANDAR BUYUKNING HUKMDORLIK SIFATLARIDAN BIRI SHUNDAN IBORAT EDIKI, U
BOSIB OLINGAN HUDUDLARDAGI XALQLARNING AN’ANA VA E’TIQODLARINI HURMAT
QILGAN, O’ZINING MADANIYATINI SINGDIRISHLAR’S HARAKAT QILMAGAN SOBIISH VA
HATTO HATTO ISKANDARNING TUTGAN BUNDAY SIYOSATI AYONLARI O’RTASIDA
NOROZILIK HISSINI UYG’OTAR EDI. KEYINCHALIK QADIMGI RIMLIK IMPERATORLAR HAM
SHUNDAY SIYOSAT TIZIMINI QO’LLAYDILAR.
ISKANDAR BUYUKNING UCH NAFAR XOTINI VA 360 TA
KANIZAKDAN IBORAT HARAMI BO’LGAN. HARAMDAN
FAQATGINA IKKITA AYOL – KAMPASPA VA BARSINA
AJRALIB TURAR EDI. ISKANDAR SHUNINGDEK AMAZONKA
QIROLICHASI
FALETRIS HAMDA HINDISTON MALIKASI
KLEOFIS BILAN HAM YAQIN ALOQADA BO’LGAN. ISKANDAR
BUYUKNING ENG BIRINCHI XOTINI – BAQTRIYA (YA’NI
HOZIRGI O’ZBEKISTON HUDUDI) MALIKASI ROKSANA
BO’LGAN. ROKSANA BUYUK SARKARDAGA TURMUSHGA
CHIQAYOTGANIDA O’N TO’RT YOSHDA BO’LGAN. NIKOH
MAROSIMI 327 YILDA BO’LIB O’TDI. ISKANDAR BUYUK
BAQTRIYANI BOSIB OLGANDA SHOH BUTUN OILASI BILAN
ASIRGA TUSHADI, SHU QATORDA ROKSANA HAM. BIROQ
SHUNGA QARAMASDAN ISKANDAR BU GO’ZAL QIZNI O’ZIGA
XOTINLIKKA OLADI VA U ISKANDARGA O’G’IL TUG’IB
BERADI. BU BOLA ISKANDARNING TO’NG’ICH FARZANDI
HISOBLANADI. KEYINCHALIK SARKARDA ERONNING YANA
IKKITA MALIKASI – STATIRA VA PARISATIDAGA UYLANADI
U DAVRDA AYOLLARNING QADRI VA DARAJASI ANCHA
PAST BO’LISHIGA QARAMASDAN, ISKANDAR BUYUK
AYOLLARIGA YAXSHI MUOMALA QILGAN HAMDA
ULARNING HURMATINI JOYIGA QO’YGAN. UNING
BIRINCHI USTOZI BUYUK FAYLASUF ARASTU HAM
AYOLLARNI ERKAKLARDAN ANCHA PAST QO’YISHIGA
QARAMASDAN ISKANDAR AYOLLARNI HAMISHA
HURMAT QILIB KELGAN.
•
RASMIY MA’LUMOTLARGA QARAGANDA, ISKANDAR
BUYUK ERAMIZDAN AVVALGI 323 YIL 10 IYUN KUNI 33
YOSHIDA VAFOT ETDI. BUYUK SARKARDANING
HAYOTDAN ERTA KETISHIGA NIMA SABAB BO’LGANLIGI
HAQIDAGGI BAHS-MUNOZARALAR BUGUNGI KUNDA
HAM TO’XTAGANI YO’Q. HUKMDORNING O’LIMI
BIRDANIGA SODIR BO’LGANI UCHUN UNING O’RNIGA
O’TIRADIGAN VORIS TAYINLANMAGAN EDI. SHUNING
UCHUN HAM MAMLAKATDA TARTIBSIZLIKLAR
BOSHLANDI VA SALTANAT TANAZZULGA YUZ TUTA
BOSHLADI. 323 YILDA ISKANDARDAN BIROZ OLDIN
UNING YAQIN DO’STI VA MASLAHATCHISI GEFESTION
VAFOT ETDI. BU HODISADAN ISKANDAR CHUQUR
QAYG’UGA BOTDI. U HADDAN TASHQARI SHUBHALI
BO’LIB QOLDI VA DOIMO ASABI TARANG, RUHIYATI
TUSHKUN HOLDA YURADIGAN BO’LIB QOLDI.
•
DO’STI GEFESTIONGA TUTGAN MOTAMI UZOQ CHO’ZILDI VA YANGI HARBIY YURISHNI
REJALASHTIRISH UCHUN VAVILONGA QAYTGUNGA QADAR DAVOM ETDI. VAVILONDA
ISKANDAR HAR KUNI ZIYOFATLAR UYUSHTIRAR VA HADDAN TASHQARI KO’P SHAROB
ISTE’MOL QILAR VA BU BILAN IMMUN TIZIMINI IZDAN CHIQARIB, SOG’LIG’IGA KATTA
ZARAR YETKAZAR EDI.YOZNING BOSHLARIDA SARKARDANING SALOMATLIGI
BIRDANIGA YOMONLASHA BOSHLADI VA HECH NARSA BILAN TUSHIRIB BO’LMAYDIGAN
ISITMA PAYDO BO’LDI. ISKANDARNING XASTALIGI HAQIDA ESHITGAN XALOYIQ UNI
KO’RISH MAQSADIDA SAROYGA YOPIRILIB KIRDI. OG’IR AHVOLDA EKANLIGIGA
QARAMASDAN ISKANDAR BUYUK OLOMONNI O’RNIDAN TURIB, ULARNI QARSHI OLDI,
BIROQ U JUDA HOLSIZ EDI. 9 IYUN KUNI ISKANDAR KOMA HOLATIGA TUSHDI, 10 IYUN
KUNI ESA UNING YURAGI URISHDAN TO’XTADI. ISKANDAR BUYUK VAFOT ETDI.
•
•
ULUG’ HUKMDOR VA SARKARDA MAKEDONIYALIK ISKANDAR
BUYUKNING O’LIMIDAN BUTUN IMPERIYA CHUQUR QAYG’UGA
BOTDI VA SALTANATDA MOTAM E’LON QILINDI.
MAKEDONIYALIK ISKANDARNING O’LIMIGA NIMA SABAB
BO’LGANLIGI HAQIDA HANUZGACHA TARIXCHI OLIMLAR BIR
TO’XTAMGA KELMAGANLAR. ENG ASOSIY OMIL QILIB BEZGAK
KASALLIGI KO’RSATILMOQDA. UNDAY BO’LSA, NIMA UCHUN
SHOHNING YAQINIDAGI HECH KIM BU KASALLIK BILAN
KASALLANMADI, AXIR BEZGAK YUQUMLI INFEKTSION
XASTALIK HISOBLANADI-KU?! OLIMLAR BUNI
ISKANDARNING HADDAN TASHQARI KO’P SHAROB ICHISHI
BILAN IMMUN TIZIMIGA YETKAZGAN ZARARI BILAN
TUSHUNTIRMOQDALAR. ISKANDAR BUYUK O’LIMINING
SABABLARIDAN BIRI DEB, SHOHNING ZAHARLANGAN
BO’LISHI MUMKIN, DEGAN TAXMIN HAM ILGARI SURILGAN.
SARKARDA XASTALIGINING BELGILARI HAM SHU NARSANI
TASDIQLAB TURIBDI: KONVULSIYA (TIRISHISH), QAYT QILISH,
YURAKNING NOTEKIS URISHI. BIROQ BULARNING BARI
TAXMIN, UNI FAQATGINA KELAJAKDA – ILM-FAN YANA HAM
RIVOJLANGANDA ISBOTLASH MUMKIN BO’LADI.
YANGI ZELLANDIYANING OTAGO UNIVERSITETI TIBBIYOT YO’NALISHI O’QITUVCHISI,
AMALIYOTDAGI SHIFOKOR KETRIN XOLL BU BORADA ISHONCHLIROQ FARAZNI TAKLIF
ETDI. MAKEDONIYALIK ISKANDAR O’LIMIGA OID BARCHA MA’LUMOTLARNI SOLISHTIRGAN
KETRIN, ULARNING HAR BIRI BARCHA SAVOLLARGA JAVOB BERMASLIGINI AYTGAN.
MASALAN, AGAR BEZGAK KASALIGA CHALINGAN BO’LSA, NEGA KASALLIK BOSHQALARGA
HAM YUQMAGAN? TAXMIN QILINGAN BOSHQA KASALLIKLAR UCHUN ESA UNING BARCHA
BELGILARI KUZATILMAGAN. VA NIHOYAT, NIMA UCHUN UNING O’LIMIDAN KEYIN 6 KUN
DAVOMIDA TANASIDA CHIRISH BELGILARI KUZATILMAGAN? KETRIN XOLLNING
AYTISHICHA, UNI O’LGAN DEB O’YLASHGAN VAQTDA HALI TIRIK BO’LGAN. UNING O’LIMIGA
ESA GIYEN — BARRE SINDROMI YOKI O’TKIR POLIRADIKULONEVRIT KASALLIGI SABAB
BO’LGAN. BU KASALLIK FAQAT XX ASRGA KELIB O’RGANILGAN VA TAVSIFLANGAN BO’LIB,
ALEKSANDR DAVRIDA UNING ALOMATLARI BOSHQA KASALLIK BELGILARI SIFATIDA QABUL
QILINGAN.
VAFOTIDAN SO‘NG TUG‘ILGAN O‘G‘LINI ESA SHUHRATPARAST SARKARDALARI NOBUD QILISHADI. UNING
SOBIQ LASHKAR-BOSHILARI, ORALARIDAN BIRONTASIGA HADDAN TASHQARI KO‘P HOKIMIYAT TEGIB
QOLISHDAN QO‘RQIB,ALEKSANDR IMPERIYASINI O‘ZARO TAQSIMLAB OLADILAR. BU ODAMLARNI
DIADOXALAR (AYNAN —VORISLAR) DEYISHARDI. ULAR HOKIMIYAT TALASHIB, BIR-BIRI BILAN KURASH
OLIB BORGANLIKLARI UCHUN YUNONISTON VA YAQIN SHARQDA URUSH OLOVI UZOQ YILLAR TINMADI.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI:
1.
ODAM. UZ
2.
ARXIV.UZ
3.
DARYO.UZ
4.
TAQVIM.UZ
5.
QOMUS.INFO
Do'stlaringiz bilan baham: |