Majoz tariqi


Navoiy asarlarida “Majoz tariqi” va Tavhid mohiyatining yangicha  talqini masalalari



Download 77,27 Kb.
bet13/14
Sana09.07.2022
Hajmi77,27 Kb.
#759631
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
sevara

Navoiy asarlarida “Majoz tariqi” va Tavhid mohiyatining yangicha  talqini masalalari 
Ilohiy kitoblar orqali insoniyatga ayon etilgan tavhid haqiqati tasavvuf ta’limoti tufayli inson ruhining mulkiga aylandi. Buyuk co‘fiy shayxlari avvalo insonga o‘zligini anglab etishni o‘rgatdilar.Tasavvuf tarixiy takomil jarayonida turli bosqichlarni bosib o‘tib, XIV asr Naqshbandiya tariqati timsolida yana solikni xalqqa, hayotga qaytardi, faqat endi so‘fiy o‘zligini, Haqni anglab etgan, dilini xudbinlik zangidan poklab, “Haqiqat asrorining ganjinasi”ga aylantirgan holda hayotga qaytib keldi. U endi o‘z shaxsiy manfaatlari uchun emas, balki Haq uchun, xolis Alloh yo‘lida moddiy hayot voqeligida faol qatnasha boshladi. Abdurahmon Jomiy, Xoja Ahror Valiy, Mahdumi A’zam kabi ulug‘ so‘fiy shayxlari siyosiy 
va ijtimoiy hayotda yuksak mavqe kasb etdilar. Maxdumi A’zam siyosatga oid qator risolalar yaratdi. Sobiq sho‘rolar davrida marksistlar o‘zlaridan oldin o‘tgan barcha insonlarni, ular qanchalik ulug‘ bo‘lmasin, baribir dunyoqarashi cheklangan deb hisoblabkeldilar. Sobiq sho‘rolar davrida o‘tmish allomalarning butun “xizmati” kelajakda yaratilajak “dialektik materializm” nazariyasiga qanchalik muvofiq fikr yuritganliklari bilan belgilandi. Agar nomuvofiq bo‘lsa, demak, “reaksion”. Ular nazarida, o‘tmishning eng “progressiv” allomalari ham, ayniqsa SHarqdan bo‘lsa, “sinflar kurashining” mohiyatiga etib bormagan. Jumladan,”sotsialistik realizmnazariyotchilari Alisher Navoiy tafakkurini ham bu qusurdan xoli emas, deb hisoblashgan. U “zolim podshohlar” va “riyokor shayxlar” ni qoralagani nihoyatda “progressiv” hodisa sanalsada, ammo jamiyatdagi ikki muxolif sinf, deylik, feodallar va dehqonlar orasidagi “murosasiz ziddiyat”ni to‘g‘ri ochib bera olmagani buyuk shoir tafakkuridagi noqislik sifatida baholangan. Aslida aqlimizni peshlab, insonlar jamiyatini Yusuf Xos Hojib, Alisher Navoiy kabi buyuk allomalarimiz tushunganidek tushunsak edi allaqachonlar ko‘p muammolarimiz echilgan bo‘lur edi. Buyuk ajdodlarimizning ma’naviy merostuganmas xazinadir. Ularda nafaqat bir inson, balki butun insoniyat o‘tmishi, buguni va kelajagi yaxlit namoyon bo‘lgan.Qarama-qarshiliklar birligi va kurashini 
voqelik mohiyatining o‘zak qonuni sifatida idrok etilishi barcha narsa hodisalar mohiyatini juftlikda ko‘rib, ularni albatta bir-biri bilan cheksiz kurash holatida tasavvur qilishga olib keladi. Nazariyada, albatta, zid tomonlar taqozo qilishi tan olinadi, ammo inson faol zot, u bir ishni boshlasa, nihoyasiga etkazmay qo‘ymaydi: hayotning mohiyati kurashmi demak, kurash
ni boshlab, oxirigacha olib borish kerak, ya’ni muxolifni butkul mahv etish (yo‘qqilib tashlash) kerak. Agar muxolif tomon kurashni hayotning mohiyati deb bilmasa, badtar bo‘lsin, uni engish qaytaga osonroq. Fuqarolar jamiyatining asosiy xususiyati-ijtimoiy uyg‘unlikdir. Ijtimoiy uyg‘unlik esa insonlarning bir-birini tushunishi bilan bo‘ladi. Kommunistik g‘oyaning eng katta kamchiligi
ham turli ijtimoiy toifalar tabiatidagi o‘ziga xosliklarni anglab etishga hafsala qilmay, murakkab voqelikni faqat ikki sinf orasidagi ayovsiz kurash sifatida talqin etganligi bo‘ldi. Asli hayotda sinflar emas, turli ijtimoiy toifalar mavjud. Ularning har biri jamiyatda o‘z aniq maqom va mavqeiga ega. Shunga yarasha har birining tabiati, ehtiyojlari, burch va vazifalari, o‘z ma’naviy olami mavjud.Alisher Navoiyning “Lison ut-tayr”,“Mahbub ul-qulub” asarlariga murojaat qilsak, bunga yaqqol ishonch hosil qilamiz. “Lison ut-tayr” badiiy asar, shu sababli undagi g‘oya ilmiy tahlil emas, ramziy ishoralar vositasida bayon etilgan. O‘ttiz qush (Simurg‘) timsoli jamiyatdagi ijtimoiy
toifalarning ko‘pligi va rang-barangligiga ishora. Ular barchasi bir bo‘lib, yaxlit voqelikni tashkil etadi. Navoiy “Mahbub ul-qulub”da buqarashni bevosita,
ochiq ijtimoiy tahlil orqali ifodalagan. Unda o‘sha davr jamiyatiga xos qirq
toifaga ta’rif beriladi va ularning turli jihatlari mukammal tavsiflanadi.
Har birining tabiatidagi fazilat va qusurlar xolis ochib tashlanadi.Turkiy tildagi mumtoz adabiyot ijtimoiy masalalarga doimo jiddiy e’tibor berib kelgan. Biz toshbitiklar va Yusuf Xos Hojib asaridan buni yaxshi bilamiz. Ammo Nizomiy “Xamsa”sidan boshlangan badiiy tafakkurning murakkab izlanishlari ijtimoiy mavzuni-davlat, jamiyat va shaxs ma’naviyati orasidan uyg‘unlik masalasini 
benihoya teran tahlil qilib berdi va bu tahlil Alisher Navoiy ijodiga kelib aytish mumkinki, bir millat yoki mintaqa emas, xatto jahon ahl ma’naviyati rivojida
butkul yangi, yuksak kamolot bosqichini mukammal namoyon qildi. Navoiyning butun merosi devonlaridagi g‘azal, qit’a, qasida, tarje’band va soqiynomalar, dostonlari va nasriy asarlari, ilmiy ijodi barchasi yaxlit bir manzara
Navoiy davridan bir necha asrlar keyin-bizning zamonamizda voqelikka
Aylanishi mumkin bo‘lgan Yangi bir ijtimoiy - ma’naviy uyg‘unlikdan 
bashorat qiladi. Qonun ustuvorligiga asoslangan, haqiqiy fuqarolar jamiyati
desa arziydigan, tom ma’noda ijtimoiy adolat va xalq hokimiyati amal qilayotgan, davlat, jamiyat, xalq ma’naviyatining yuksak uyg‘unligi asoslari bundan 500 yil ilgari shu daraja yorqin tasavvur etilgani va badiiy ifodalab berilgani insonni hayratga solmay iloji yo‘q. Navoiy yaratgan uyg‘un jamiyat manzarasi qanday belgilarga ega? Avvalo, bu manzara xayoliy (utopik) emas, voqe’ asosga qurilgan manzaradir. Ikkinchidan, bu manzara oddiy tenglik va behisob to‘kinchilik holati emas, ma’naviy voqelikdir. Uchinchidan, Navoiy yaratgan ijtimoiy-ma’naviy uyg‘unlik manzarasi zo‘rlik, muayyan kichik bir guruhning zo‘ravonligi yo‘li bilan joriy etilgan majburiy tenglik jamoasi emas, umumbashariyatning cheksiz adashuvlar, og‘ir mashaqqat va iztiroblararo necha asrlar davomida asta-sekin va ixtiyoriy erishgan ma’naviy kamolot holatidir. Unda hali ham 
adashuvlar, qiyinchiliklar, iztiroblar, yo‘qotishlar bo‘lishi mumkin, ammo bahamjihatlik, insonlarning bir-birini tushunishga intilishi oxir natijada g‘olib chiqish 
ehtimoli kengaygan, shunga muvofiq ma’naviy muhit shakllangan. Bu jamiyatda
mulkdor ham bor, mulksiz ham, ammo har ikkovi ham o‘z ixtiyori bilan
ushbu holatni kasb etgan. Bu jamiyatning har bir a’zosi o‘zligini anglab etgan, o‘z mavqeiga ega: davlat arbobi ham, olim ham, dehqon ham, savdogar ham; go‘dak ham, keksa ham; erkak ham, ayol ham. Hech kim bir-biriga xasad qilmaydi, 
qo‘lidan kelmagan yumushga da’vo qilmaydi, o‘z yukini boshqaga
ag‘darmaydi, ko‘tara olmaydigan yukni elkaga olishga behuda urinmaydi. 
Chunki insonlarda borliqning Oliy Haqiqatini tushunish bor, unga cheksiz 
intilish bor, nafaqat aql, balki butun vujud bilan, butun ehtiros bilan anglab etilgan 
imon, e’tiqod bor. Bu e’tiqod barchada bir xil tusda emas, ya’ni yagona 
mafkuraning yalpi hukmronligi tarzida emas, balki o‘zaro mehr, bir-birini 
tushunish va Haqqa intilishdagi samimiyat zaminida shakllangandir. Rioya, 
andisha, mehr-oqibat, hilm (muomalada halimlik), sabr-toqat va Oliy Haqiqat 
oldidagi mas’uliyat hissi ushbu e’tiqodning mevalaridir. Bu jamiyat kishilari 
go‘zallikka intiladilar, ammo poklikka xiyonat etmaydilar; fidoiylikka ular
qodir, ammo mutaassiblik ularga begona; har bir kishiga yuksak ehtirom
bilan yondoshadilar, ammo hech kimga tilyog‘lamalik qilmaydilar; har bir
shaxs o‘z qadrini biladi, ammo takabburlikni bilmaydi; ular har biri o‘z e’tiqodiga sodiq, ammo birovni nodon deb o‘ylamaydi, ular qalbida ehtiros jo‘sh 
uradi, ammo ular ehtiroslarning quli emas; ular aqlli, ammo makkorlikdan or qiladilar. Bunday xislatlarni cheksiz sanash mumkin, ammo Navoiy yaratgan bu manzarani yaqqol ko‘rish uchun nima talab etiladi, shoir o‘zi bu darajada bashoratga qanday erisha olgan? - degan savol tug‘ilishi mumkin. Sababi bitta - barcha salaflari singari Alisher Navoiy ham o‘zidan oldin yaratilgan buyuk ma’naviy merosni imkoni darajasida mukammal o‘zlashtirgan, faqat aqli bilan emas, butun vujudi, borligi bilan, mehru samimiyati bilan o‘zlashtirgan, but imon, e’tiqod bilan Haqiqatni izlagan va Haqiqat unga yuz ochgan. Bu Allohning inoyati insonning samimiyati, o‘zligini anglashga cheksiz intilishi tufaylidir. Kimki ixlos bilan, imon va e’tiqod bilan, ezgu niyat bilan milliy va umumbashariy ma’naviy merosni o‘rganishga, uning mag‘zini anglab etishga urinsa, inshoolloh, unga ham Haqiqat jamoli nasib bo‘lgusidir. Ko‘pincha biz inson yaratuvchi deb gapiramiz, asli yagona yaratuvchi, ya’ni yo‘qdan bor qiluvchi Alloh taolodir, insonga esa Alloh yaratgan moddiy ashyolarni qayta ishlab o‘zgartirish qobiliyati berilgan. Navoiy nazdida, dunyoni obod qilishning ibtidosi ziroatdadir. “Mahbub ul-qulub”ning bosh va suyukli qahramonlari, bizning tasavvurimizga ko‘ra, shoh va cultonlar, munajjim va voizlar emas, balki dehqon va darveshdir: “Dehqonki, dona sochar, erni yormoq bila rizq yo‘lin ochar...”Dunyoga dil ko‘zi bilan qarashni o‘rgangan shoir dehqonni Odam atoga, o‘zgalarni uning qaramog‘idagi farzandlarga o‘xshatadi, olamning obodligini dehqon mehnatidan deb hisoblaydi. Tabiatdagi juda ko‘p jonzotlar ham dehqon mehnati samaralaridan bahramand bo‘ladilar. Chorvador va bog‘bon ham asli shu toifadan. Shoir ta’kidicha, ular insonlar jamiyatining asos amirini tashkil etuvchi toifadir.
Bu toifaning yana bir buyuk fazilati -insonlar va tabiat orasidagi muvozanatni
saqlashda ko‘rinadi. Qadim ajdodlarimizning “Avesto” kitobida tabarruk hisoblangan zamin ayolga qiyos etiladi, uni erkalash, parvarish etish ulug‘ va muqaddas yumush sifatida dehqon zimmasiga yuklanadi. Ajdodlarimiz o‘zligini
tanigandan boshlab er, suv va olovni ulug‘laganlar va dastlabki ikkisini poksaqlash, ezgu niyatlarda istifoda etish dehqon uchun ham huquq, ham mas’uliyat sanalgan. Mutafakkir adib jamiyatdagi yana bir toifaga darveshlarga ham alohida mehr ko‘rgazgan. Afsuski, mustaqillikkacha o‘tgan 70 yil davomida Navoiy asarlaridagi ayrim mafkurachilarga ma’qul kelmagan jihatlar ko‘plab nashrlardan ayovsiz qirqib tashlanardi. Jumladan, “Darveshlar zikrida” deb nomlangan 1-bo‘limning 40-fasli ham shoirning 15-jildli “Asarlar” to‘plamidan “tushib”
qolgan. Holbuki, Navoiy bu toifa misolida haqiqiy ziyoli qiyofasini yaratadi. Haqiqiy ziyoli, ya’ni darvesh elga faqat ma’rifat, ilm nurini tarqatish bilan kifoyalanmaydi, insonlar diliga poklik, mehr-oqibat, ezgulikka intiqlik, o‘z-o‘zini anglash tuyg‘ularini singdiradi: “Ichi tashi bilan muvofiq, balki arig‘roq 
(pokroq), botini zohir bila musoviy (teng muvozanatda), balki yorug‘roq...”
Albatta, moddiy va ma’naviy qiyofa doim mutanosib bo‘lavermaydi: “Darveshto‘ni yirtuq, andoq turur kim, ganj (xazina) makoni buzuq”.Forobiy, Beruniy, Ibn Sinolar hukmdorni faylasuf bo‘lishga da’vat qilgan bo‘lsalar, Navoiy o‘z asarlarida Husayn Boyqoroni “darvesh-shoh“ bo‘lishga undagan.
O‘sha zamonda darveshlar deganda ko‘proq so‘fiylar, tasavvuf ahli tushunilganUlarning yaratuvchiligi, avvalo ruhiy ogohlik, ma’naviy poklik timsollarini o‘zliklarida tirik tajassum etishlari bilan bog‘liq bo‘lgan. SHu bois ular ma’no (ya’ni, Haq mohiyatidan ogohlikka intilish) va safo (poklikka, ma’naviy qusurlarni engib o‘tishga jahd qilish) ahli sifatida ulug‘langanlar. Alisher 
Navoiyning asl darveshlar - ma’no va safo, ziyo va ishq ahli - haqidagi mukammal 
kitobi “Nasoimul-muhabbat min shamoimul-futuvva”dir.

Xulosa
Inson agar haq yo’lida astoydil urinsa, ko‘p ish qo‘lidan keladi. Ammo insonlarda faqat fazilatlar emas, qusurlar ham bor. Masalan, g’aflat, shavkatparastlik, takabburlik. Insoniy illatlar ichida eng qattoli — xudbinlik balosi, nafs balosidir. Bu kasallik jami ahli basharga begona emas. Shunga qaramay, dunyoning ko’pgina mamlakatlarida www.ziyouz.com kutubxonasi jamiyat bu illatni qandaydir hududlarda jilovlashga erishgan. Har bir inson o‘z huquqi va ma’suliyati me’yorlarini muayyan o’lchovlarda saqlab borishga odat hosil qilgan. Afsuski, sobiq totalitar tuzum davrida ayni shu me’yorlarning asos tomirlari qirqib tashlandi, tub ma’naviy negizlariga jiddiy rahna solindi. Kommunistik aqidaparastlar diktaturasi 70 yil davomida, izchil sur’atda million-million xalqlarni yalpi manqurtlashtirish siyosatini olib bordi. Bu tuzum turli millat, turli oilalarni majburiy ravishda bir partiya izmiga bo‘ysundirgan qaram mamlakat aholisini millatsiz, ma’naviyatsiz, mustaqil o‘y-fikrsiz “komunizm quruvchilari” atalmish qiyofasiz mavjudotlarga, dunyoga hukmdorlik orzusida bo’lgan kichik bir guruhning irodasini quloq qoqmay ijro etuvchi ulkan terorizmning “parrak” va “vintcha”lariga aylantirish niyatida edi. Va darhaqiqat, o’z mafkur niyatlarini ancha-muncha amalga oshirib ulgurdi. XX asrning 70-yillariga kelib, aytish mumkinki, «Sovet Ittifoqi» atalmish ulkan bir hududda voqean «manqurtlar saltanati» shakllandi. Keyinchalik O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisining birinchi yig‘ilishida Prezident I.Karimov bu haqda shunday fikr bildiradi: “Bu tuzum o’z xalqining tarixini, uning ruhi va urf-odatlarini, o’z avlod-ajdodini bilmaydigan manqurtlarga tayanar edi” Ular yo‘q emas edi, hayotimizda mavjud edi. Xalq ongini, uning barcha faoliyatini markaz izmiga bo’y sundirish asosan o‘shalarga ishonib topshirilgan edi. Allohga beadad shukrlar bo’lsinki, bizning xalqimiz aksariyati ushbu makr domiga to‘liq tushib qolmadi.

Download 77,27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish