19
Shayh Kamol Turbatiy – Ko‘p diqqatlik va tobe‘lik kishi erdi (ya‘ni, nozik
ma‘noli she‘rlari bor, iste‘dodli shoir - S.G‘.). Xofiz g‘azallariga ko‘p muxammaslar
yozgan‖ shoirdir. Navoiy Mashhadda yashagan paytlari qattiq xastalanganida Shayh
Kamol Turbatiy undan xabar olgani, u bilan tez-tez yaxshi suhbatlashib turgani
haqida bayon etadi.
Darvesh Mansur – sabzavorlik shoir, uning aruz, badiiy san‘atlar haqidagi
asarlari bor. ―Faqir aruzni Darvesh qoshida o‘qubmen, Darvesh qirq bilan ellik
yoshinda olamdan o‘tdi‖, deya e‘tirof etadi Navoiy.
Astrabodlik Xoja Hasan Xizrshoh – nasta‘liq xatini yaxshi yozgan bu shoir
―Layli va Majnun‖ qabilida ―Zayd va Zaynab‖ nomli masnaviy bitgani, yana bir shoir
Do'stlaringiz bilan baham: |