116
quyosh elektrostansiyalari qurilib ishga tushirilgan. 2.5-paragrafda dunyodagi eng
katta quyosh elektrostansiyasi haqida ma’lumot keltirilgan.
Mamlakatimizning Samarqand viloyatida,
Osiyo taraqqiyot bankining
yordamida, dunyoda eng yirik quyosh fotoelektrik stansiyasi qurilishi
rejalashtirildi. Quyosh elektrostansiyasi 400 ga maydonga joylashib, uning
quvvati 100 MVt ni, yillik elektroenergiya
ishlab chiqarish esa,
200 mln.
kVt/soatni tashkil qiladi. Elektrostansiyaning qurilishi 5 yil davom etib, 2019
yilning mart oyida ishga tushirilishi kutilmoqda
[5].
«O‘zbekenergo»
DAK
mutaxassislarining
hisoblariga
qaraganda
O‘zbekiston Respublikasi hududi, quyosh energiyasi bo‘yicha juda katta
imkoniyatlarga
ega. Mamlakatdagi
barcha
qayta
tiklanuvchi
energiya
manbalarining 99 % ni quyosh energiyasi tashkil qilib, 50mlrd.
tonna neft
ekvivalentiga teng ekanligi aniqlandi. Hukumatning noana’naviy va qayta
tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish bo‘yicha olib borayotgan tadbirlari
natijasida 2031 yilda mamlakatda iste’mol qilinayotgan elektroenergiyaning 21 %
qayta tiklanuvchi energiya manbalarida ishlab chiqariladigan elektroenergiya
bilan qoplanadi.
Xalqaro
hamjamiyatning
qayta
tiklanuvchi
energiya manbalaridan
foydalanish bo‘yicha tajribalari bilan tanishish uchun, Hukumatimiz tomonidan
ko‘plab halqaro ilmiy anjumanlar tashkil qilinmoqda. «Qayta tiklanuvchi energiya
manbalari Markaziy Osiyoda, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda hamda uzoqda
joylashgan aholi punktlarini ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarini yaxshilovchi muhim
omildir» mavzusida 2008 yil noyabr oyida o‘tkazilgan halqaro anjuman ham,
ushbu sohada olib borilayotgan ilmiy,
ilmiy-tadqiqot, konstruktorlik va
qaytalanuvchi energiya manbalariga o‘rnatilgan energetik qurilmalar bilan
tanishish imkonini berdi [58].
. Hozirgi kunda quyosh energiyasidan foydalanish uchun juda katta investitsion
mablag‘lar kiritilmoqda. 2013 yilning noyabr oyida mamalakatimiz Prezidentining
tashabbusi bilan Toshkentda, «Quyosh energetikasi texnologiyalarining istiqbollari
va yo‘nalishlari» mavzusi-da «Quyosh energiyasi bo‘yicha Osiyo forumi»ning 6-
117
yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
[
28
].
Ushbu yig‘ilishda Prezidentimiz, oxirgi 5 yilda quyosh
energiyasidan foydalanishga kiritilayotgan investitsiyalar miqdori 520 mlrd.
dollarni, shundan 2012 yilda 143 mlrd.
dollarni tashkil qilganini, 2012 yilda
quyosh energiyasidan elektroenergiya ishlab chiqarish 113 mlrd. kVt/soatni,
shundan fotoelektrik quyosh stansiyalari bilan 110 mlrd. kVt/soat elektroenergiya
ishlab chiqarilganini ta’kidlab o‘tdilar [28, 53-bet].
Do'stlaringiz bilan baham: