Majidov taxir shadmanovich


-rasm. Quyosh energiyasini elektr energiyasiga aylantirish sxemasi



Download 17,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/105
Sana28.02.2022
Hajmi17,86 Mb.
#474367
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   105
Bog'liq
noanaviy va qayta tiklanuvchi energiya manbalari

65-rasm. Quyosh energiyasini elektr energiyasiga aylantirish sxemasi:
1-geliostatlar; 2- qozon; 3-turbina; 4- generator; 5- kondesator (bug‘ni suvga
aylantiruvchi qurilma).
SHunday kilib, fotoelektor yacheykalarida yoruglik nurlanish energiyasi
elektr energiyasiga aylantiriladi. Fotoelektr yacheykalarini tayyorlashda birinchi
bulib mono yoki polikristall kremniydan foydalanilgan (66-rasm). Hozirgi kunda
bu elementdan tayyorlanadigan yacheykalar, butun dunyoda urnatilgan
tizimlarning 80 foizini tashkil etadi. Ularning foydali ish koeffitsenti 11÷16 
foizni tashkil etadi.
Keyingi vaktlarda fotoelektor yacheykalaramorf kremniy, kadmiy – tellurid
yoki mis – indiy-selindan yupka plyonkalar shaklida tayyorlana boshladi. 
Ularning foydali ish koeffitsenti qariyb 8 foizni tashkil etadi, birok mono yoki
polikristall kremniydan tayyorlanadigan fotoelektr yacheykalarga qaraganda
tayyorlanishi arzonrokdir.
Hozirgi vaqtda fotoelektr yacheykalarining foydali ish koeffitsenti- ni 30÷60 
foizga oshirish ustida ilmiy-tadkikot ishlari olib borilmokda. Buning uchun
plyonkalarni 4÷8 marta ustma- ust o‘rnatish zarur buladi. Ushbu tadkikotlar
natijasida qurilma quvvati oshiriladi hamda ishlab chikarish narxi keskin pasayadi.
Fotoelektr tizimi doimiy elektr tokini ishlab chiqaradi va invertor yordamida
doimiy elektr toki, o‘zgaruvchan tokka aylantiriladi (67-rasm).


115
66-rasm. Kremniy plastinkalarini ishlab chikarish jarayoni.
67-rasm. Quyosh batareyasidan elektroenergiya olish sxemasi
7.5 Quyosh elektrostansiyalari. 
Bir
necha
quyosh
qurilma(batareya)larini
bir-biriga ulab
quyosh
elektrostansiyalarini tashkil qilish mumkin. Hozirgi kunda dunyoda juda ko‘plab


116
quyosh elektrostansiyalari qurilib ishga tushirilgan. 2.5-paragrafda dunyodagi eng
katta quyosh elektrostansiyasi haqida ma’lumot keltirilgan.
Mamlakatimizning Samarqand viloyatida, Osiyo taraqqiyot bankining
yordamida, dunyoda eng yirik quyosh fotoelektrik stansiyasi qurilishi
rejalashtirildi. Quyosh elektrostansiyasi 400 ga maydonga joylashib, uning
quvvati 100 MVt ni, yillik elektroenergiya ishlab chiqarish esa, 
200 mln. 
kVt/soatni tashkil qiladi. Elektrostansiyaning qurilishi 5 yil davom etib, 2019 
yilning mart oyida ishga tushirilishi kutilmoqda
[5].
«O‘zbekenergo»
DAK
mutaxassislarining
hisoblariga
qaraganda
O‘zbekiston Respublikasi hududi, quyosh energiyasi bo‘yicha juda katta
imkoniyatlarga
ega. Mamlakatdagi
barcha
qayta
tiklanuvchi
energiya
manbalarining 99 % ni quyosh energiyasi tashkil qilib, 50mlrd. tonna neft
ekvivalentiga teng ekanligi aniqlandi. Hukumatning noana’naviy va qayta
tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish bo‘yicha olib borayotgan tadbirlari
natijasida 2031 yilda mamlakatda iste’mol qilinayotgan elektroenergiyaning 21 %
qayta tiklanuvchi energiya manbalarida ishlab chiqariladigan elektroenergiya
bilan qoplanadi.
Xalqaro
hamjamiyatning
qayta
tiklanuvchi
energiya manbalaridan
foydalanish bo‘yicha tajribalari bilan tanishish uchun, Hukumatimiz tomonidan
ko‘plab halqaro ilmiy anjumanlar tashkil qilinmoqda. «Qayta tiklanuvchi energiya
manbalari Markaziy Osiyoda, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda hamda uzoqda
joylashgan aholi punktlarini ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarini yaxshilovchi muhim
omildir» mavzusida 2008 yil noyabr oyida o‘tkazilgan halqaro anjuman ham, 
ushbu sohada olib borilayotgan ilmiy, ilmiy-tadqiqot, konstruktorlik va
qaytalanuvchi energiya manbalariga o‘rnatilgan energetik qurilmalar bilan
tanishish imkonini berdi [58].
. Hozirgi kunda quyosh energiyasidan foydalanish uchun juda katta investitsion
mablag‘lar kiritilmoqda. 2013 yilning noyabr oyida mamalakatimiz Prezidentining
tashabbusi bilan Toshkentda, «Quyosh energetikasi texnologiyalarining istiqbollari
va yo‘nalishlari» mavzusi-da «Quyosh energiyasi bo‘yicha Osiyo forumi»ning 6-


117
yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
[
28
].
Ushbu yig‘ilishda Prezidentimiz, oxirgi 5 yilda quyosh
energiyasidan foydalanishga kiritilayotgan investitsiyalar miqdori 520 mlrd. 
dollarni, shundan 2012 yilda 143 mlrd. dollarni tashkil qilganini, 2012 yilda
quyosh energiyasidan elektroenergiya ishlab chiqarish 113 mlrd. kVt/soatni, 
shundan fotoelektrik quyosh stansiyalari bilan 110 mlrd. kVt/soat elektroenergiya
ishlab chiqarilganini ta’kidlab o‘tdilar [28, 53-bet]. 

Download 17,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish