13.3. Uzoq muddatli majburiyatlar auditida amalga oshiriladigan audit amallari
Uzoq muddatli majburiyatlar auditida auditor qo’llaydigan audit amallari - bu har qanday yangi majburiyatlar bo’yicha kelishuvlarni o’rganib chiqish, qarz kelishuvlaridagi mijoz statusini aniqlash, qoldiqlarni tasdiqlash va uchinchi tomonlardan bog’liq axborotlarni to’plash va hk.
Foiz xarajatlarini aniqlashda qo’llaniladigan audit amallari e’lon qilingan foiz stavkasi va uzoq muddatli majburiyat summasi o’rtasida bog’liqlik nuqtai nazaridan ham foydalidir. Masalan, auditor 12 oylik majburiyatni o’rtacha foiz darajasiga ko’paytirib foiz xarajatlarini baholashi mumkin. Foiz xarajatlarining asoslanganligi kelib chiqqan summa bilan buxgalteriya kitobida yozilgan raqamlarni solishtirish yo’li bilan aniqlanadi. Agar solishtirilayotgan ikkala summa bir biridan farq qilmasa auditor korxonada foiz xarajatlari to’g’ri ko’rsatilgan deb ishonishi mumkin. Agar hisoblangan summa buxgalteriyada yozilgan summadan baland chiqsa, auditor mijoz hisoblangan foiz xarajatlarining bir qismi yozilmagandegan xulosaga kelishi mumkin. Boshqa tomondan, agar buxgalteriyada hisobga olingan summa auditor hisoblab chiqqan summadan baland bo’lsa auditor mijoz majburiyatni to’liq qayd etmagan degan xulosaga kelishi mumkin.
Auditor odatda uzoq muddatli majburiyatlar auditini majburiyatlarni to’lash, hisoblangan foizlarni to’lash bilan bog’liq bo’lgan tahliliy grafikni o’rganishdan boshlaydi.
Uzoq muddatli majburiyatlar schetlari bilan bog’liq operatsiyalar va qoldiqlarni aniqlash bo’yicha testlar
Tasdiqlash operatsiyasi turlari
|
Mustaqil audit amallari
|
Kelib chiqishi
|
Yangi qarz majburiyati bo’yicha kelishini o’rganish.
Yangi kredit olishni tasdiqlash uchun direktorlar kengashining sarflaydigan vaqtini o’rganish
|
To’liqlik
|
Yirik pul kirimlari va chiqimlarining boshlang’ich hujjatlari va buxgalteriya kitobidagi yozuvlarini o’rganish.
Tahliliy qarz grafiklarida ko’rsatilmagan Kreditorlarga to’lanayotgan foiz xarajatlarini ko’rib chiqing.
Yil oxirida yozuvlarda ko’rsatilmagan qarz mablag’lari bor yoki yo’qligini aniqlash uchun, balans e’lon qilingan sanadan keyin axborotlarni yangidan ko’rib chiqish.
Ijara shartnomalarini ular keraklicha qonuniy qilib tuzilgan yoki yo’qligini aniqlash
|
Ruxsat berilganlik
Aniqlik
Qisqalik
|
Mavjud uzoq muddatli majburiyat yoki obligatsiya uchun korxona kengashiniing yozma ruxsatnomasi borligini o’ganish kerak
Mablag’larning kelib tushish va chiqib ketish namunasini o’rganing
Yil yopilgungacha yoki yil yopilgandan keyingi bir necha kunlarni majburiyatlar yuzasidan operatsiyalar o’sha kunlarni ham qamrab olganmi yoki yo’qligini teshirib chiqing
|
Tasniflanishi
|
Qarz majburiyatlaridagi va obligatsiyalaridagi to’lanish muddatlarini o’rganib joriy va uzoq mudatli majburiyatlar to’g’ri klassifikatsiya qilingan yoki yo’qligini aniqlang
|
Davr oxirida schetlarda qolgan qoldiqlarni tasdiqlash
|
Schetlarda qolgan qolgan qoldiqlarni chuqur o’rganuvchi testlardan foydalanish
|
Mavjudligi
|
Qarz majburiyatlari yoki obligatsiyani to’g’ridan to’g’ri kreditordan tasdiqlatish (odatda kreditor bank, sug’urta tashkiloti bo’ladi)
|
Qarz kelishuvidagi huquq va majburiyatlar
|
Obligatsiya nusxasi va va uning tasdiqnomasini o’rganing
Qarz majburiyatining, uning foizlarining to’lanishi va hisoblanishini buxgalter kitobidan va majburiyatning tahliliy grafigidan o’rganing
Bank tasdiqnomasini talab qiladigan qarz qozozlarida ushbu ijobiy tasdiqnomaning bor yoki yo’qligini aniqlang
Qarz majburiyatini aynan o’sha kreditordan tasdiqlating
Mijoz rahbariyatidan balansdan tashqari faoliyatlar haqida so’rang
Kuzatuv kengashining qarz majburiyatiga aloqador majlis bayonnomasini so’rang
|
Baholash va taqsimlash
|
Yangi qarz majburiyatlarini ular to’lig’icha hisobga olinyaptimi yoki yo’qligini tekshiring
Hali yopilmagan qarz majburiyati yoki obligatsiyani oxirgi foiz hisoblangan va to’langan kun bilan tekshiring
Hisoblangan foizlarni qaytadan hisoblab tekshiring
Mukofot chegirmalarni to’g’ri amortizatsiya qilinganligini tekshiring
|
|
Eng muhim tasdiqnoma bu har bir qarz majburiyatidagi va so’nggi hisoblangan foiz summasini hamda foiz to’langan sanani qarzdordan tasdiqlatib olishdir. Qarzning va hisoblangan foizlarning tasdiqlanishi, majburiyatning to’liq hisobga olinganligi, haqiqatda mavjudligi, to’g’ri baholanganligiga dalil bo’la oladi. Agar mijozning majburiyati uchinchi tomondan kafolatlangan bo’lsa, kafolat xati haqiqiy ekanligini kafolatchidan tasdiqlatib olish maqsadga muvofiq.
Shuningdek, auditor qarzmajburiyatlarining to’lanish sanasini ham o’rganib chiqishi kerakki, ushbu sanalar uzoq muddatli majburiyat bilan qisqa muddatli majburiyatlarning to’g’ri tasniflanishini belgilaydi. Nihoyat, auditor har qanday qo’shimcha iqtiboslar, tushuntirishlar, ochib berishlar ilova qilinishi talab etiladigan qarz kelishuvlarini talab darajasida rasmiyoashtirilganligiga alohida e’tibor qaratishi kerak. Bunday qarz kelishuvlariga dividend to’lashda cheklovlar, qo’shimcha majburiyatlar chiqishi, ma’lum bir moliyaviy koeffitsientlar bilan ishlash misol bo’lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |