2. 8. Bank kreditlari va bankdan tashqari olingan qarzlar bo‘yicha hisob-kitoblar auditi.
Bank kreditlari va qarzlar bo‘yicha hisob-kitoblarni auditorlik tekshiruvidan o‘tkazish uchun auditor O‘zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini tartibga soladigan quyidagi me’yoriy hujjatlarga asoslanishi kerak:1
4-jedval.
№
|
Me’yoriy hujjat nomi
|
Kim tomonidan tasdiqlangan, sana. №
|
O‘z. R. Adliya Vazirligida ro‘yxatga olingan sana. №
|
1.
|
«O‘zbekiston Respublikasi hududida xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga bank tomonidan qisqa muddatli kreditlar berishni tashkil etish to‘g‘risida Nizom”2
|
O‘z R M B. №24
26. 12. 1998y
№33
|
№ 675
31 mart 1999y
|
2.
|
«O‘zbekiston hududida xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga banklar tomonidan o‘rta muddatli va uzoq muddatli kreditlar berishni tashkil etish to‘g‘risida Nizom»
|
O‘z R M B bayonnoma №198
9 oktyabr 1999y. №330
|
№ 892
8 fevral 2000y
|
3.
|
«Fermer xo‘jaliklari va o‘z faoliyatini huquqiy shaxs maqomini olgan holda amalga oshiradigan boshqa kichik biznes sub’ektlariga tijorat banklari tomonidan milliy va chet el valyutasida mikrokreditlar berish tartibi
|
O‘z R M B
№3 22 fevral 2000 y.
№ 464
|
№ 903 29 fevral 2000 y
|
4.
|
YAkka tadbirkorlar va o‘z faoliyatini huquqiy shaxs maqomini olmagan holda amalga oshiradigan dehqon xo‘jaliklariga tijorat banklari tomonidan milliy va chet el valyutasida mikrokreditlar berish tartibi
|
O‘z R M B
№3 22 favral 2000y
|
№ 902
29 fevral 2000y
|
5
|
№13 –AFMS «Tahliliy amallar»
|
O‘z. R. M. V.
4 avgust 1999y №64
|
3 sentyabr 1999y.
№814
|
6
|
№14 –AFMS «Auditorlik tanlash»
|
O‘z. R. M. V.
27 iyul 1999y №59
|
3 sentyabr 1999y.
№815
|
Bank kreditlari va qarzlar hisobini auditorlik tekshiruvidan o‘tkazishdan maqsad korxonaning olingan kreditlar va boshqa qarz mablag‘larini aks ettiruvchi hisobot ko‘rsatkichlarining ishonchliligi to‘g‘risida etarli dalil-isbotlarga ega bo‘lishdan iborat.
Ushbu maqsadga erishish uchun quyidagilar tekshirilishi kerak:
kreditlar va qarzlarning haqqoniyligi hamda hujjatlashtirilganligini;
kreditlar va qarzlar olinishining asoslanganligini aniqlash (qarz mablag‘larining olingan manbalari);
qarz mablag‘lardan maqsadli foydalanish va ularni to‘liq hamda o‘z vaqtida qaytarish (qarz mablag‘lari qaysi maqsadlar uchun ishlatilgan, kreditlar va qarzlar bo‘yicha qarzdorlik qanday qaytarilmoqda, muddati uzaytirilgan qarzdorlik mavjudligi);
qaytarilmagan kreditlar va qarzlarning qoldiqlari hamda ular bo‘yicha foizlar to‘lanishini baholash (kreditlar bo‘yicha foizlarni hisobga olish, mulklarni baholash va moliyaviy natijalarni shakllantirishga foizlarning ta’siri va h.k.);
kreditlar va qarzlar bo‘yicha sintetik hamda analitik hisobning yuritilishini tekshirish (kreditlar va qarzlarni hisobga oladigan schyotlarning qo‘llanilishi, qarz mablag‘larini olish va qaytarish muomalalarini aks ettirish, moliyaviy natijalarni shakllantirish tamoyillariga rioya qilinishi).
Auditorlik dalil – isbotlarga ega bo‘lish uchun turli usullar (hujjatlarni tekshirish, muomalalarni ko‘rib chiqish, o‘z mablag‘lari bilan qarz mablag‘larning nisbatini aniqlash maqsadida analitik amallarni bajarish) va axborot manbalaridan foydalaniladi.
Auditor korxonaning moliyaviy hisoboti bo‘yicha kredit layoqatini ham qisqacha tahlil qilishi zarur.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonaning kredit layoqatini tahlil qilish uchun mamlakatimiz iqtisodchi olimlari I.Abdukarimov, E.Akromov, E.Ergeshov, M.Pardaev, N. Xasanov va S. Najmiddinovlarning asarlaridan foydalanish tavsiya etiladi.
Bank kreditlari va qarzlarni auditorlik tekshiruvidan o‘tkazishda quyidagi ma’lumot manbalaridan foydalaniladi:
bank kreditlari va qarz olish masalalarini, buxgalteriya hisobini va soliqqa tortish muomalalarini tartibga soladigan me’yoriy hujjatlar;
bank kreditlari va qarzlar bo‘yicha muomalalarni rasmiylashtirish va hisobda aks ettirishga doir shartnomalar va dastlabki hujjatlar. Bularga: kredit shartnomalari va qarz shartnomalari, kreditlar bo‘yicha foiz stavkalarining o‘zgarishi to‘g‘risida kredit shartnomalariga qo‘shimcha qilinadigan bitimlar, kreditni qaytarish muddatlari, kredit shartnomalarining boshqa shartlari, korxona shaxsiy schyotlarining kredit va qarzlar harakatiga doir bank ko‘chirmalari, kredit shartnomasiga muvofiq qaytariladigan kredit va foiz summalarining akseptsiz (roziliksiz) hisobdan o‘chirilishini tasdiqlaydigan memorial-orderlar kiradi.
YUqorida ko‘rsatilgan muomalalarni hisobda aks ettirishga doir sintetik va analitik hisob registrlari hamda buxgalteriya hisobotlari puxta tekshiruvdan o‘tkaziladi. Mazkur sohani tekshirish uchun zarur axborotlar moliyaviy hisobotning quyidagi shakllarida aks ettiriladi: buxgalteriya balansida (I-shakl) (balans passividagi II-«Majburiyatlar» bo‘limining «Uzoq muddatli bank kreditlari» (570 satr), «Uzoq muddatli qarzlar» (580 satr), «Ќisqa muddatli qarzlar (740 satr) moddalari); Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot»(2-shakl)da («Foiz ko‘rinishidagi xarajatlar» (180 star), «Valyuta kursai farqidan daromadlar» (150 satr), «Foiz shaklidagi xarajatlar» (180 satr) modjdalari; «Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot»da (4-shakl) («Olingan va to‘langan foizlar» (110 satr), «Uzoq va qisqa muddatli kreditlar va qarzlar bo‘yicha pul tushumlari va to‘lovlari» (150 satr);
«Investitsion faoliyatning sof pul kirimi va chiqimi» (100 satrq 060 satr ± 070 satr ± 080 satr ± 090 satr) (agar ushbu maqsadlar uchun kreditlar va qarzlar jalb qilingan bo‘lsa).
Bularni tekshirish uchun auditorga korxonada qo‘llanilayotgan buxgalteriya hisobi shakliga xos quyidagi sintetik va analitik hisob registrlari taqdim qilinadi:
agar jurnal-order shakli qo‘llanilsa, 4 va 12 jurnal-orderlar;
agar hisob ishlari kompyuterlashtirilgan bo‘lsa, 6810, 6840, 7810, 7820, 7830, 7840 - schyotlar bo‘yicha kompyuter shakllari, analitik vedomostlar va Bosh daftar.
Olingan kredit va qarz qoldiqlarini inventarizatsiya qilish
|
|
|
|
|
|
|
Bank bilan shartnomalar, qarz to‘g‘risida shartnomalar
|
|
|
Tahlil
|
|
Muddatlari
|
|
|
|
Kredit berish va kreditlarni rasmiylashtirish tartibi
|
|
To‘langan foizlar
|
Valyuta qonunchiligi-ga rioya qilinishi
|
Ќonunchilikka rioya qilinishini tekshirish
|
Zarur ruxsatnomalar va litsenziyalar
|
O‘z maqsadiga sarf-lanishini tekshirish
|
Olingan kreditlar va qarzlarning to‘liqligi
|
|
²isob registrlarida aks ettirish
|
|
²isobotda aks etti-rish
|
Ќaytarishning o‘z vaqtidaligini tekshirish.
|
4. -chizma. Bank kreditlari va qarzlarni auditorlik tekshiruvidan o‘tkazish ketma-ketligi
Tekshiruvning ushbu sohasiga kirishishdan oldin auditor kredit va qarz shartnomalari o‘rtasidagi asosiy farqlarni bilishi lozim.
№ 21 - B²MS ga muvofiq kredit va qarzlardan foydalanganlik uchun to‘lanadigan foiz to‘lovlari moliyaviy faoliyatga doir chiqimlar tarkibida hisobga olinishi, ya’ni moliyaviy natijalarga - 9610 «Foiz ko‘rinishidagi xarajatlar» schyotining debetiga olib borilishi, soliqqa tortish maqsadida esa foyda solig‘i bo‘yicha qonunchilik talablariga muvofiq hisobga olinishi lozim.
Uzoq muddatli aktivlarni sotib olish uchun olingan kreditlar va qarzlar bo‘yicha foizlarni to‘lashga doir xarajatlar «Xarajatlar tarkibi …. to‘g‘risidagi Nizom»ga va №5 -«Asosiy vositalar» nomli B²MSga muvofiq ob’ektning dastlabki qiymatiga qo‘shilishi, ular hisobga qabul qilinganidan so‘ng to‘langan foizlar esa, umumiy tartibda 9610- schyot debetiga o‘tkazilib hisobdan o‘chiriladi.
Foizlarni hisobga olishning shunga o‘xshash tartibi ishlab chiqarish zahiralari sotib olish uchun olingan qarz mablag‘lari bo‘yicha ham qo‘llaniladi. № 4 -«Tovar-moddiy zahiralar» nomli B²MSga muvofiq korxonalar kredit uchun to‘lovlarga doir xarajatlarni, agar bular sotib olish bilan bog‘liq bo‘lsa, moddiy ishlab chiqarish zahiralarining haqiqiy tannarxiga qo‘shiladi. Bu tartibga sotib olingan tovar moddiy zahiralarni omborga kirim qilinishiga qadar rioya qilinadi, undan so‘ng esa foizlar odatdagi tartibda hisobga olinadi.
Kredit va qarzlarni hisobga olishning tashkil etilishini tekshirishda auditor olingan kreditlar bo‘yicha qoldiqlar qanday baholanayotganligini ham aniqlashi zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |