2. 4. Da’volar va olingan bo‘naklar bo‘yicha hisob-kitoblar auditi.
Da’volar bo‘yicha hisob-kitoblarni auditorlik tekshiruvidan o‘tkazishda 4890 -«Boshqa debitorlarning qarzlari» va 6960-«Da’volar bo‘yicha to‘lanadigan schyotlar»ning yozuvlari hamda unda hisobda to‘rgan har bir debitor va kreditor alohida da’volar bo‘yicha summalar tekshiruv ob’ektlari bo‘lib hisoblanadi.
Da’volar bo‘yicha hisob-kitoblarni tahlil qilishning maqsadi quyidagilarni aniqlashdan iborat:
-da’volar bo‘yicha qarzlarning katta-kichikligi;
-vujudga kelish muddatlari(muddati o‘tib ketganlari, muddati o‘tmaganlari)
-qaysi bosqichdaligi(da’vo qilingan va qarzdor tomonidan tan olingan);
-da’volar vujudga kelish sabablari.
Auditor debitor qarzlarni talab qilish faktlarining isboti (tovar (ish va xizmat)lar jo‘natilgani (bajarilgani)dan so‘ng 3 oy o‘tganidan so‘ng xo‘jalik sudiga da’vo arizasi berilganligi; davlat boji to‘langanligi haqidagi hujjatlar, qarzdorning bankrot deb tan olinishi, huquqni himoya qilish organlarining jinoiy ishni to‘xtatish to‘g‘risidagi qarori va shunga o‘xshash) mavjudligini tekshiradi.
Talab qilingan debitor qarz da’vo muddati - 3 yil o‘tgunga qadar balansda turishi mumkin (O‘zR. F. K 150-m. ).
Da’vo muddati o‘tib ketgan va undirib olish imkoni bo‘lmagan boshqa qarzlarning hisobdan o‘chirilishini tekshirish chog‘ida auditor O‘zR FK 150-163 moddalari va boshqa amaldagi me’yoriy hujjatlarning talablariga rioya qilinishini aniqlaydi. Xususan:
da’vo muddatini hisoblashning to‘g‘riligi O‘zR. F. K. 154-moddasiga muvofiq da’vo muddati davri shaxs o‘z huquqining buzilganligini bilgan yoki bilishi lozim bo‘lgan kundan boshlanadi. Muddati belgilab qo‘yilgan majburiyatlar bo‘yicha da’vo muddati o‘tishi ushbu muddat o‘tishi bilan boshlanadi;
hisobdan o‘chirish har bir majburiyat bo‘yicha amalga oshirilishi mumkin;
qarzdorliklarni inventarizatsiyadan o‘tkazish to‘g‘risidagi dalolatnomalar mavjudligi;
korxona rahbarining buyrug‘i (farmoyishi) va yozma asosi;
shubhali qarzlar bo‘yicha rezervlar hisobidan 4910-schyot yoki, agar rezerv yaratilmagan bo‘lsa, moliyaviy natijalar hisobidan 9430-schyot hisobdan o‘chirilishi mumkin;
007 - «Zararga olib borilib hisobdan o‘chirilgan to‘lovga layoqatsiz debitorlarning qarzlari» balansdan tashqari schyotida, 5 yil davomida hisobda turishi.
xaridorlardan talab qilib olinmagan debitor qarzlar, etkazib berilgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun hisob -kitoblar bo‘yicha majburiyatlarni bajarish muddatlarining eng so‘ngi muddati o‘tganligi munosabati bilan, hisobdan o‘chirish faktlari bo‘yicha soliqqa tortiladigan foydani aniqlashning to‘g‘riligi tekshiriladi. Bunday qarz summasining hisobdan o‘chirilishi foydani soliqqa tortishda hisobga olinadigan moliyaviy natijani kamaytirmaydi.
4890 va 6960 - schyotlar bo‘yicha qoldiqlar haqqoniyligini tekshirishda auditor, muddati o‘tib ketgan da’volar bo‘yicha summalar yo‘qligi, shartnomada ko‘rsatilgan muddatlari buzib qilingan da’volar; hujjat bilan tasdiqlanmagan da’volar va shunga o‘xshashlarni aniqlaydi.
Da’volar bo‘yicha hisob-kitoblarni hisobga olishga doir muomalalarni tekshirishda auditor da’vo hujjatlarining o‘z vaqtida va to‘g‘ri rasmiylashtirilganligini aniqlaydi.
Da’volar bo‘yicha hisob-kitoblarni aks ettirishning to‘g‘riligi qilingan da’volar bo‘yicha yozuvlarni 4890 va 6910 schyotlar bo‘yicha sintetik va analitik hisob registrlari hamda Bosh daftar ma’lumotlariga solishtirish yo‘li bilin aniqlanadi.
Ќilingan da’volarning summalari da’vo qilish fakti bo‘yicha hisobda aks ettirilishi lozim (Dt-4890 schyot va Kt-0710, 2810, 0810, 1010, 1110, 1510, 4010, 4110, 5110, 5210, 5510, 6210 va boshqa schyotlar).
Sotuvchi tashkilot tomonidan tan olingan da’vo summalari , ularning tan olinish (hisoblanish) fakti bo‘yicha hisobda aks ettirilishi lozim. Da’volar bo‘yicha olingan jarimalar, peniyalar va neustoikalar summalaridan ЌЌS hisoblangan bo‘lishi lozim. Da’volar bo‘yicha qarzlarni qaytarish to‘lov hujjatlari ma’lumotlari va bank ko‘chirmalari bo‘yicha, moddiy zahiralarni qo‘shimcha etkazib berish va umidsiz qarzlarni hisobdan o‘chirish hujjatlari bo‘yicha tekshiriladi.
Auditor olingan bo‘naklar va ularga doir ЌЌSni aks ettirishning o‘z vaqtidaligi va to‘liqligini, hamda bo‘naklarni hisobga o‘tkazish va ЌЌSni tiklashning asoslanganligini aniqlashi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |