Majburiyatlar auditi Reja


yo) Mahalliy soliqlar va yig‘imlarni tekshirish



Download 181,96 Kb.
bet18/24
Sana22.06.2022
Hajmi181,96 Kb.
#690319
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   24
Bog'liq
Majburiyatlar auditi

yo) Mahalliy soliqlar va yig‘imlarni tekshirish.
Mol-mulk solig‘ini tekshirish. Bu soliq korxonalarni mavjud aktivlardan samarali foydalanishga va keraksiz mulklar to‘planib qolishiga yo‘l qo‘ymaslikni rag‘batlantirish uchun joriy qilingan. Bu soliqni soliqqa tortiladigan mulki, bankda muddatsiz depozit schyoti bo‘lgan va mustaqil balansdagi huquqiy shaxslar to‘laydi.
Soliq Kodeksining 90-moddasiga muvofiq huquqiy shaxslar uchun mol-mulk solig‘i u qaysi manbadan olinganidan qat’iy nazar, korxona balansida turgan barcha asosiy vositalar va nommoddiy aktivlarning yillik o‘rtacha qiymatiga nisbatan hisoblanadi. Bunda auditor soliqqa tortiladigan ob’ektlarning summasini va har choraklikda yil boshidan o‘sib boruvchi jami bilan hisoblanadigan soliq summasining to‘g‘riligini tekshirishi lozim. Jismoniy shaxslar uchun esa, ularning mulki hisoblangan kvartiralar, chorbog‘ va bog‘ uylari, garajlar va boshqa imoratlar, binolar va inshootlar qiymati, shuningdek avtomobillar, motorli qayiqlar, vertolyotlar, samolyotlar va boshqa transport vositalari dvigatellarining quvvati soliq ob’ekti hisoblanadi. Auditor jismoniy shaxslarning mol-mulkini soliqqa tortishni tekshirishda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan soliq stavkalariga rioya qilinishiga alohida e’tibor berishi lozim.
Soliq stavkasi korxonaning balansidagi asosiy vositalar (lizing shartnomasi bo‘yicha olinganlari ham qo‘shilgan) va nomoddiy aktivlarning eskirishi ayrilmagan o‘rtacha yillik qiymatiga nisbatan qo‘llaniladi. Mulk summasi uning o‘tgan har oyning 1sanasiga bo‘lgan qoldig‘i bo‘yicha hisoblanadi. Bunda choraklikning boshi va oxiriga bo‘lgan qoldiqlarning yarmi bilan qolgan oylarning 1-sanasiga bo‘lgan qoldiqlar qo‘shilib, 12ga taqsimlanadi. Masalan, balansning tegishli moddalari bo‘yicha summalarning qoldiqlari (ming so‘m hisobida) 01. 01. ga 10800, 01. 02. ga 11000, 01. 03. ga 10500, 01. 04. ga 12000 bo‘lsa, bu ma’lumotlar bo‘yicha mulklarning o‘rtacha yillik qiymati quyidagicha aniqlanadi:
(10800:2)Ќ11000Ќ10500Ќ (12000:2) q2742 ming so‘m
12
Bu holda mulk solig‘i amaldagi 4%lik stavka bilan 109680 so‘mni tashkil etadi.
(2742, 0 : 100) x 4% q 109680 so‘m.

Berilgan qoldiqlarga asosan shunday tartib bilan yarim yillik uchun soliqni hisoblaymiz:


01. 04. ga 12000, 0 01. 05. ga 13000, 0 01. 06. ga 12900, 0 01. 07. ga 13100, 0 ming so‘m bo‘lsa, yillik o‘rtacha qoldiq 5945, 1 ming so‘m bo‘ladi:

(10800,0:2)Ќ11000,0Ќ10500,0Ќ12000,0Ќ13000,0Ќ12900,0Ќ(13100,0:2) q5945,1


12

soliq summasi esa 237804 so‘m bo‘ladi (5945, 1 ming so‘m:100x4 foiz 237804 so‘m).


SHunday qilib, korxona II choraklik uchun korxona 128124 so‘m (237804-109680) mulk solig‘i to‘lashi lozim.
IV-chorak uchun to‘lanadigan soliq yillik balansning tegishli -moddalari bo‘yicha o‘rtacha qoldiqlardan hisoblangan soliqdan 9 oy uchun to‘langan soliq summalarini ayrish bilan aniqlanadi.
Auditor huquqiy va jismoniy shaxslar mulkiga solinadigan soliqlar bo‘yicha belgilangan imtiyozlarning to‘g‘ri qo‘llanilishini tekshiradi. Bunda u Soliq Kodeksining 92 va 93-moddalariga rioya qilinganligini aniqlashi lozim. Auditor huquqiy va jismoniy shaxslarning mulkiga solinadigan soliqni hisoblash va to‘lash tartibiga qanday rioya qilinayotganligiga ham alohida e’tibor berishi zarur. Bunda u Soliq kodeksining 94-moddasiga muvofiq huquqiy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq bo‘yicha joriy to‘lovlar byudjetga har oyning 20-kunidan kechiktirmasdan, yillik to‘lov summasining o‘n ikkidan bir qismi miqdorida to‘lanib kelinayotganligini aniqlashi kerak. SHu bilan birga soliq to‘lovchilar tomonidan mol-mulk solig‘i bo‘yicha hisoblash varaqalarini soliq organlariga yilning choraklari bo‘yicha va yillik moliyaviy hisobotlarni taqdim etish muddatida topshirilishini ham o‘rganish zarur.
Jismoniy shaxslarning imorat, bino va inshoatlari uchun mol-mulk solig‘i ularning har yil 1 yanvardagi holati yuzasidan kommunal xizmat ko‘rsatish idoralari beradigan inventarizatsiya qiymatiga doir ma’lumotlar asosida, bunday ma’lumotlar bo‘lmagan takdirda esa mazkur ob’ektlarning majburiy sug‘urtasi bo‘yicha to‘lovlarni hisoblab chiqarish uchun qo‘llaniladigan baholar asosida hisoblanishi tekshiriladi.
Auditor, agar korxonadagi mol-mulklar bir necha mulkdorlarning ulushbay asosida umumiy mulki bo‘lgan holatlarni tekshirganda mol-mulk solig‘i har bir mulkdor tomonidan umumiy mulkdagi ulushiga mutanosib ravishda to‘langanligini aniqlashi lozim. YAngi qurilgan imoratlar, binolar va inshootlar bo‘yicha soliq ular barpo etilgan yoki olingan yildan boshlab to‘lanishini e’tibordan chiqarmaslik kerak.
Bulardan tashqari, meros bo‘lib o‘tgan yoki bir mulkdordan ikkinchisiga o‘tgan mol-mulklarning soliqqa tortilish tartibi ham tekshiriladi
Tabiiy ofat yoki boshqa sabablarga ko‘ra yo‘qolgan mol-mulklar bo‘yicha soliq undirish ular yo‘q qilingan yoki butunlay vayron bo‘lgan oydan boshlab to‘xtatiladi.
Mol-mulk solig‘i bo‘yicha imtiyozlarning to‘g‘ri qo‘llanilishi va to‘lov muddatlariga rioya qilinishi ham tekshirilishi zarur.

Download 181,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish