Davlat majburiy sug'urtasi qonunda belgilab qo'yilgan tartibda fuqarolarning ijtimoiy manfaatlarini va davlatning manfaatlarini ta'minlash maqsadida hayot, sog’liq va mol-mulkning davlat byudjetidan ajratiladigan mablag’lar hisobiga amalga oshiriladigan majburiy sug'urtasi. Masalan, Harbiy xizmatchilar, davlat bojxona va soliq xizmati xodimlari hamda bir qatorda shunday toifadagi shaxslar baxtsiz hodisalardan majburiy davlat sug'urtasiga tortiladi. Bu sug'urta turi bo'yicha sug'urta mukofotlari Davlat byudjeti mablag’lari hisobidan amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |