Majburiy ona tili



Download 19,86 Kb.
Sana26.01.2022
Hajmi19,86 Kb.
#411572
Bog'liq
16.01.2022 ga majburiy


MAJBURIY ONA TILI

1.Ko'plik qo'shimchasi -lar qaysi gapda umumlashtirish ma'nosini bildirgan?

A) Dadam keldilar.

B) Yigitcha " botir " bo'lib keldilar.

C) Alpomishlar maydonga tushdi.

D) Bolalar quvonchlarga to'ldi.

2. " O'zbek tilining izohli " lug'atidan olingan " suyurg'ol " so'zining qaysi qatorda to'g'ri izohi berilgan?

A) Shoh, xon, amir tomonidan amaldor va sarkardalarga saltanat oldida ko'rsatgan alohida xizmatlari uchun in'om qilingan yer- suv, mol - mulk.

B) O'zbekistonda hozir : biror soha vakillari ishtirokidagi respublika miqyosida o'tkaziladigan katta yig'ilish.

C) Mustahkamlangan qo'rg'onlarda soqchilar turadigan joy yoki bir - biridan ma'lum masofada joylashgan istehkom ; qo'rg'on.

D) Shahardan chetroq- dagi turarjoy.

3. Qaysi gapda // belgisi o'rniga ikki nuqta qo'yiladi?

A) Kitob // eng yaqin sadoqatli do'stimiz.

B) O'zbek, qirg'iz, qozoq, turkman, tojik // barchamiz bitta yurtning farzandlarimiz.

C) Foydali so'z go'dakdan chiqsa ham quloq sol // yomon so'z mo'ysafiddan chiqsa ham quloq solma.

D) Hozirgi yoshlarga aytar so'zimiz // o'tgan ajdodlarimizga munosib farzand bo'ling.

4. Qaysi so'zlarning ikkinchi bo'g'inida u yoziladi?

1 ) kul... shmoq ; 2 ) yug..rmoq ; 3 ) bur.. Imoq ; 4 ) ulg..rmoq.

A) 1,2, 4 B) 2, 3, 4 C) 1, 2, 3 D) 2, 4

5. Imloviy jihatdan xato yozilgan so'zlar qatorini toping.

A) xijolat, hijjalamoq, exson

B) hayol, hayot, harbiy

C) taxsin, tanbex, extirom

D) hasad, hasharot, hilqat

6. Qaysi gapdagi so'zlar imlosida faqat tovush ortishi hodisasi kuzatiladi?

A) Men undan so'radim : " Mehringni qo'yib, bunchalar saralab gul terding kimga? "

B) Och qornim – tinch qulog’im.

C) Yigitning chirog'i - qizi bilan o'g'li, bolam, tezroq farzandli bo'linglar

D) Bundan kuniga burningizga uch - to'rt tomchi tomizib tursangiz, darddan xalos bo'lasiz.

7. Qaysi gapda paronim bilan bog'liq xatolik kuzatiladi?

A) Bu kasallikning davosini topish uchun olimlar astoydil izlanishmoqda.

B) Yo'l yoqasidagi azm yong'oqlar, sizlar ham yaxshi qoling.

C) Xalqimiz uchun o'sha davrlarda bunday tushunchalar butunlay yot edi.

D) Mevasini ko'tara olmagan shox qarsillab sindi.

8. Qaysi gapda ko'makchini unga ma'nodosh boʻlgan kelishik qo'shimchasi bilan almashtirib boʻlmaydi?

A) Xatni olib, ko'k qalam bilan ostiga chizilgan satrni qayta o'qidi.

B) Men ham sizlar bilan shahar aylanishga boraman.

C) Bola uyalgani uchun ichkariga kirmadi.

D) Sen aytgan manzilga avtobus bila bir soatda borish mumkin.

9. Qaysi javobda kelasi zamon qo'shimchasining o'tgan zamon ma'nosida qoʻllanishi kuzatiladi?

A) Nazira xola juda xursand edi, chunki ertaga o'g'li shahardan keladi.

B) Uf - f... ! Endi nima qildim - a? Boshim qotdi - ku !

C) Shu Mamat polvon juda lanj ekan - da, nima dedingiz?

D) Bir to'yda Gulandomga ko'zi tushadi - yu, halovatini yo'qotadi.

10. Qaysi javobda uslubiy xoslangan so'zlarning o'zaro ma'nodoshlik hosil qilishi kuzatiladi?

A) Hammamiz quyoshda pishgan jizzamiz, qachon tiz cho'kuvdik, hamon izzamiz...

B) Yurganmisiz birga oy bilan. Oqshom payti ko'm – ko'k osmonda?

C) Barglarda raqs etar shabboda, O'ynar sabo shaklinda kecha.

D) Chiroylidir go'yo yosh kelin, Ikki daryo yuvar kokilin.

11. O'zaro zid ma'noli so'zlar juftligini aniqlang.

A) boy kambag'al B) uquvsiz - noshud.

C) mushkul - dushvor D) moziy - o'tmish

12. Bokschilarimiz jahon chempionatlarida o'z raqiblarini ilk raundlardayoq yutmoqda.

Qaysi gapda tagiga chizilgan so'zning ma'nodoshi qatnashmagan?

A) Biz bu gal ham, albatta, g'alaba qozonamiz, do'stim.

B) Muzaffar bo'l, g'olib bo'l, o'lkam, Do'st - u yor - u qardoshing bilan !

C) Ko'rinmas dushman ustidan zafar quchgan yurtdoshlarimiz bilan faxrlanamiz.

D) Shifokor bergan dorisini qoldirmasdan ichishni buyurdi.

13. Qaysi so'zlar qatorida boshqalari bilan o'zaro ma'nodoshlik hosil qila olmaydigan so'z ishtirok etgan?

A) hissa, tegish, ulush

B) husn, chiroy, ko'rk

C) ayyor, quv, mug'ombir

D) o'jar, qaysar, sezgir

14. Qaysi javobda tinish belgisi bilan bog'liq xatolik mavjud emas?

A) Sh.Rustaveli shunday degan edi : " Ulug ' yo'l kutayotgan boʻlsa sustkashlik jinoyatdir ".

B) " Baxtli bo'lmoq uchun baxtli bo'lish mumkinligiga ishonmoq kerak " - deb yozgan edi L.N.Tolstoy.

C) Abu Rayhon Beruniy shunday yozadi : " Inson hayvondan aql bilan farq qiladi ".

D) " Vaqt aqliy mehnat kishisining sarmoyasi ", - degan edi fransuz yozuvchsi O. Balzak.

15. Qaysi gapda so'zlarning teng bog'lanishli birikuvi ( so'z qo'shilmasi ) mavjud?

A) Aqlning teranligi jismning ko'rkamligidan ham yaxshiroq.

B) Kishilarning eng qadrlisi, albatta, saxovatli kishilardir.

C) Oltin o’tda bilinadi, odam mehnatda bilinadi.

D) Go'zallik - bu erkin qalb hamda mustahkam sog'liq samarasi.

Javobi:


1.c 2.a 3.d 4.d 5.c 6.a 7.b 8.b 9.d 10.c 11.a 12.d 13.d 14.c 15.d
Download 19,86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish