@TARIXPLATON
O’ZBEKISTON TARIXI AZIZJON ALIJONOV
21. Qaysi davrda inson qadimgi Sharqning turli
hududlarida ishlab chiqaruvchi xo‘jaliklar –
ziroatchilik va chorvachilikka o‘ta boshlaydi?
A) mezolit B) neolit C) so’nggi paleolit D) eneolit
22. Qaysi davrda O‘rta Osiyo janubida sun’iy
sug‘orishga asoslangan dehqonchilik vujudga
keldi?
A) mezolit B) neolit C) so’nggi paleolit D) eneolit
23. Qaysi davr odamlari kulolchilik charxi va
g‘ildirakni kashf etdilar?
A) mezolit B) neolit C) bronza D) eneolit
24. Qaysi davrda qarindoshchilik erkak nomi bilan
belgilanadigan bo‘ldi va patriarxat davri
boshlandi?
A) mezolit B) neolit C) bronza D) eneolit
25. Bronza davriga oid Zamonbobo manzilgohi
qayerda joylashgan?
A) Buxoro B) Farg’ona
C) Samarqand D) Xorazm
26. Qaysi manzilgohdan olovga va suvga sig‘inish
e’tiqodi bilan bog‘liq ibodatxona qoldiqlari
arxeologlar tomonidan o‘rganilgan?
A) Zamonbobo B) Sopollitepa
C) Jarqo’ton D) Obishir
27. O‘rta Osiyodagi mezolit davriga oid manzilgoh
hisoblangan Machay qayerda joylashgan?
A) Qashqadaryo B) Farg’ona
C) Surxondaryo D) Xorazm
28. O‘rta Osiyoda temirdan yasalgan ilk mehnat
qurollari qaysi davrga tegishli?
A) mil. avv. XI–IX asrlarga
B) mil. avv. IX–VIII asrlarga
C) mil. avv. VIII–VII asrlarga
D) mil. avv. X–VII asrlarga
Do'stlaringiz bilan baham: